Xalq deputatlari Amudaryo tuman kengaşining 13-sessiyasi töğrisida axborot
Joriy yilning 27-avgust sanasida Xalq deputatlari Amudaryo tuman kengaşining 13-sessiyasi bölib ötdi. Sessiya majlisi Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning joriy yil 20-avgust kuni ötkazilgan videoselektor yiğilişida belgilab bergan vazifalar ijrosini taʼminlaş yuzasidan taşkil qilindi.
Sessiyada Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korruptsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi raisi Batir Matmuratov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi qömitasi raisi Şukurulla Ataniyazov va tumandan saylangan Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputatlari, şuningdek, Xalq deputatlari tuman Kengaşining deputatlari, tuman hokimi örinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquq-tartibot organlari, bölimlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok qildilar. Sessiya işini tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev oçdi hamda olib bordi.
Sessiyada Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korruptsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi raisi Batir Matmuratov sözga çiqib, karantin talablari yumşatilgani tufayli mamlakatimizda iqtisodiy faollik oşa boşlagani, savdo, işlab çiqariş, xizmat körsatiş va boşqa sohalardagi tadbirkorlik faoliyati tiklanib, daromadlarni köpaytirişga imkoniyat paydo bölganligi, mamlakatda “Yaşirin iqtisodiyot”ni qisqartiriş va şu orqali qöşimça zaxiralarni şakllantiriş zarurligi, bunday qöşimça zaxiralar aholining ehtiyojmand qatlamini qöllab-quvvatlaş uçun muhim manba bölişini alohida taʼkidladi.
Şundan söng sessiya majlisi kun tartibidagi masalalar muhokamasiga ötildi. Sessiya kun tartibidan aholining ehtiyojmand qatlamini qöllab-quvvatlaş, tadbirkorlikni rivojlantiriş, byudjet daromadlarini oşiriş va xorijda mehnat qilgan işsiz fuqarolarni işga joylaştiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar töğrisidagi masalalar örin oldi.
Dastlab kun tartibidagi masala yuzasidan tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari Maʼmurjon Temirbayevning hisoboti tinglandi. Hokim örinbosarining hisobotida tuman axolisining özini özi band qilişi maqsadida tijorat banklari tomonidan “Xar bir oila tadbirkor” dasturi doirasida imtiyozli kreditlar ajratilayotgani va ularning maqsadli foydalanilayotganligi xususida monitoring işlari olib borilayotgani qayd etib ötildi.
Taʼkidlanganidek, tumanda pandemiya şaroitida 1234 ta oilalar “temir daftarga” kiritilib, tumandagi saxovatpeşa tadbirkorlar va mutasaddi taşkilotlar tomonidan olib borilgan işlar natijasida, 109 ta oilaga qoramol, 4 ta oilaga qöy-eçkilar, 13 ta oilaga parranda, 5 ta oilaga asalari qutilari, 135 ta oilaga ixçam issiqxonalar berilgan, şuningdek, 615 nafar işsiz fuqarolar va 445 ta daromadsiz qolgan oilalardagi işsiz fuqarolarning bandligi taʼminlanişi natijasida 446 ta oilalar ehtiyojmand oilalar röhatidan çiqarilgan bölib, jami 891 ta oilalar “temir daftar”dan çiqarilgan. Qolgan 343 ta oilalar yil yakuniga qadar çiqariş çoralari körilmoqda.

Şundan söng mazkur masalalar böyiça tuman Davlat soliq inspektsiyasi boşliği Aydos Seitovning hisoboti tinglandi.Hisobotda Amudaryo tumanida byudjet daromadlarini oşiriş borasida salmoqli işlar olib borilayotgani qayd etilib, joriy yilning 8 oyi uçun byudjet tuşumlari rejasi 53,7 mlrd. söm bölib, reja 86,0 foizga bajarilganligi, “Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytiriş uçun aholi, tadbirkorlik subʼektlari, umumiy ovqatlaniş, savdo va xizmatlar sohasini qöllab-quvvatlaşning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident Farmoni ijrosini taʼminlaş maqsadida tumandagi mikrofirma va kiçik korxonalarning 206 tasiga yer va mol-mulk soliqlaridan 1,2 mlrd söm miqdorida imtiyozlar berilganligi töğrisida maʼlumotlar keltirildi.
Kun tartibidagi masalalar böyiça tuman Aholi bandligiga kömaklaşiş markazi direktori örinbosari Farxod Axmedovning hisobotida tumanda joriy yilning şu davriga qadar vaktinçalik mehnat faoliyatini çet elda amalga oşirayotgan fuqarolar soni 5 698 nafarni taşkil qilib, şulardan avgust holatiga 1 419 nafar fuqarolar qaytib kelganligi, ulardan 735 nafari iş bilan taʼminlanganligi xususida maʼlumot berildi.
Şuningdek, pandemiya davrida çarter reys orqali tumanimizga 25 nafar fuqaro qaytib kelgan bölib, ulardan 4 nafari haq tölanadigan jamoat işlarida, 11 nafari mustaqil ravişda işga joylaşgani, 10 nafari esa norasmiy sektorda band ekanligi qayd etildi.
Sessiyada kun tartibidagi masalalar xususida Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi qömitasi raisi Şukurulla Ataniyazov nutq sözladi. U öz sözida “Xorijda vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan fuqarolarni va ularning oila aʼzolarini himoya qiliş kafolatlarini yanada kuçaytiriş çoralari töğrisida”gi Prezident farmonining ijrosini taʼminlaş borasida qilinişi lozim bölgan işlar xususida töxtaldi.
Sessiya işidagi masalalar muhokamasida Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliğining örinbosari, tuman Kengaşi deputati Bahadir Baltabayev va "Taraqqiyot közgusi" gazetasi hamda "Amudaryo televideniyesi" boş muharriri, tuman Kengaşi deputati Ğulomjan Yeşniyozovlar öz fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Xalq deputatlari tuman kengaşi raisi, tuman hokimi S.Yöldaşev sözga çiqib, aholining ehtiyojmand qatlamini qöllab-quvvatlaş, tadbirkorlikni rivojlantiriş, byudjet daromadlarini oşiriş va xorijda mehnat qilgan işsiz fuqarolarni işga joylaştiriş borasida tegişli çora-tadbirlar belgilanganligini hamda bu böyiça tizimli işlar amalga oşirilayotganligini maʼlum qildi. Uşbu vazifalarning ijrosi böyiça mutasaddilarga zarur topşiriq va tavsiyalar berildi.
Şuningdek, tumandagi sektorlar rahbarlari sözga çaqib, mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantiriş hamda aholining turmuş farovonligini oşiriş borasida sektorlar kesimida ham zarur çora-tadbirlar amalga oşirilişini taʼkidlab ötdilar.
Sessiyada kun tartibidagi masala böyiça tegişli qaror qabul qilindi. Şuning bilan sessiya öz işini yakunladi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶