Amudaryoda 90-örinli yangi MTT binosi qurilmoqda
Mamlakatimizda davom etayotgan koronavirus pandemiyasi tufayli köpgina faoliyat turlariga çeklovlar örnatildi. Jumladan, Maktabgaça taʼlim taşkilotlarining ham faoliyati vaqtinça töxtatildi. Barça hududlardagi bolalar dunyosiga xos bezatilgan, kiçkintoylar yayrab-quvnab ösib-ulğayayotgan Maktabgaça taʼlim taşkilotlari binolari hozir kimsasiz. Biroq kasallik tarqalib ketişining oldini oliş, jilovlaşga erişiş borasida mamlakatimizda körilayotgan çoralar tufayli yurtimizda sanitariya epidemilogik ahvol birmunça yaxşilanmoqda.
Olib borilayotgan çora-tadbirlar tufayli kasallik bartaraf etiladigan, xalqimiz tinç-osoyişta hayotga qaytadigan kunlar umidida pandemiya şaroitida ham yurtdoşlarimiz ezgu niyatlar bilan mehnat qilişmoqda.
Toşyop ovulida Prezidentimizning qaroriga muvofiq Investitsiya dasturi asosida maktabgaça taʼlim taşkilotining 90-örinli yangi binosi qurilişi jarayoni bilan tanişgan kişi buni sidqidildan his qilişi mumkin.
Davlatimizning ikki milliard olti yuz sakson beş million sömdan ziyod mablaği hisobiga qurilişi möljallangan binoni “Manğit Servis” masʼuliyati çeklangan jamiyati işçilari bunyod etmoqda.
Uşbu obʼektda ayni kunlarda ovulning öttiz nafardan ziyod qöli gul usta yigitlari yoz jarizamasini ham pisand qilmay, mehnat qilişmoqda.
Obʼekt quriliş muddati 225 kunga möljallanganligi bois, iş unumi yuqori bölişi uçun quruvçilarga munosib şaroitlar yaratilgan bölib, tuşlikda issiq ovqat, çoy taşkil etilgan.
Hozirgi kungaça bino devorlari kötarilgan bölib, tomi beton plitalar bilan yopilayapti, deraza va eşiklariga zamonaviy romlar örnatilayotir. Suvoq işlariga ham kirişilgan bölib, jami 5 ta brigada quruvçilari inşootni öz muddatida, sifatli qurib bitkazişga harakat qilişmoqda.
Şunisi eʼtiborliki, Toşyop ovuli aholisi hududda şu vaqtgaça davlat Maktabgaça taʼlim taşkiloti yöqligidan, yoş bolali onalar işlaşi uçun farzandlarini olis hududlardagi Maktabgaça taʼlim taşkilotlariga olib borişidan aziyat çekişar edi. Endilikda ovulning markazida qad rostlayotgan 90 nafar kiçkintoylarga taʼlim-tarbiya berişga möljallangan bolalar maskani binosi ularga çeksiz quvonç bağişlamoqda.
Közga körinmas yov - tojdor virusga qarşi olib borilayotgan umumxalq kuraşi samara berib, yurtimizda tinçlik-osoyiştalik hukm suradigan damlar ham oz qolganiga umid qilamiz. Şunday damlarda Toşyopda qurilişi davom etayotgan mana bu davlat Maktabgaça taʼlim taşkiloti binosi ham muhtaşam körinişda, ovulning kiçkintoy öğil-qizlarini öz bağriga çorlaydi, bolajonlarning yayrab-quvnab ösib-ulğayişlari uçun munosib şaroitlar yaratiladi.
Bu kabi işlar mamlakatimizda bolajonlarni maktabgaça taʼlim taşkilotlariga töliq qamrab oliş maqsadida amalga oşirilayotgan islohotlarning amaliy namunasidir. Bolajonlarimizni boğçaga töliq qamrab oliş esa ularning maktabga tayyor holda borişiga, öz navbatida maktabda aʼlo baholarga öqib, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qöşadigan barkamol avlod bölib voyaga yetişiga xizmat qiladi.
Oygul PAJABOVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶