Agrar soha xodimlari pandemiya davrida ham möl qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiriş yölida mehnat qilişmoqda
Ayni kunlarda amudaryolik fermer xöjaliklari ijaraçilari ğöza nihollarini suğoriş, ğalladan böşagan maydonlarga takroriy ekinlar ekiş işlarini jadallik bilan olib borişib, möl hosil yetiştiriş orqali tuman iqtisodini yuksaltirişga harakat qilişayapti.
Qangli ovulidagi “Aytimbetov Qurbonboy” fermer xöjaligida 60 gektar maydonga ekilgan ğöza nihollarini birinçi suğoriş tadbiri sifatli yakunlandi.
Paxtaçilikdan közlanganiday hosil olişda ğöza parvarişi davridagi agrotexnik tadbirlarning, ayniqsa, suğorişning öz vaqtida va sifatli ötkazilişi juda muhim. Buni yaxşi his qilgan xöjalik ijaraçilari barça dalalardagi ğöza nihollarining meʼyorida suğorilişiga erişdilar. Natijada barça dalalardagi nihollar gullab, hosil nişonalarini tugmoqda.
Mazkur xöjalikda paxtadan taşqari boğdorçilik, asalariçilik va baliqçilik tarmoqlari ham bor. 3 gektarlik maydonni egallagan boğda olma, anor, uzum, örik, nok, behi kabi turli daraxtlar meva berib turibdi. Har bir mevali daraxtning ertagi va kuzgi navlari mavjud. Barça tarmoqlardan olinayotgan daromad esa xöjalik iqtisodining yana ham yuksalişiga, 22 nafar ijaraçilarning mehnat haqlari öz vaqtida hisob-kitob qilinişiga asos bölayotir. Qolaversa, xöjalikning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanib, surim, çopiq traktorlari xarid qilindi. Buğdoydan böşagan 8 gektar yerlarga uşbu texnikalar yordamida takroriy ekinlar ekilmoqda.
Şunisi eʼtiborliki, may oyida ğöza nihollari unib çiqqan vaqtida yoqqan kuçli yomğirdan talofat körilgan 2 ta kartadagi 5 gektarça maydondagi ğöza nihollari alohida parvariş qilinib, oziqlantirilib, yaxşi rivojlanişiga erişildi.
Anvar Kamolov Oq oltin ovulidagi “Kamolov Yendir” fermer xöjaligini 7-yildan beri boşqarib keladi. Xöjalikning 70 gektar paxta maydoni 65 nafar ijaraçiga bölib berilgan. Barça ijaraçilar ham özlariga birkitilgan maydonlardagi ğöza nihollarini begona ötlardan tozalab, qondirib suğordilar va yaxşi rivojlanişiga erişmoqdalar.
Xöjalikda hosili yiğiştirib olingan 7 gektar buğdoy maydonining 3 gektariga kuzgi sabzi ekiş uçun tayyorlandi. Qolgan maydonlarga esa xöjalik çorvasi uçun ozuqabop ekinlar ekildi. Yerlarni suriş, ekişga tayyorlaş kabi işlarning barçasi xöjalikning öz texnikalari yordamida bajarilmoqda.
Xöjalik ijaraçilari barça ekin maydonlardan möl hosil oliş, xalqimiz dasturxoni tökin-soçin bölişiga hissa qöşişga astoydil harakat qilişmoqda.
Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi tufayli örnatilgan karantin çeklovlari davrida tumanimiz agrar soha xodimlari barça ekinlardan möl hosil yetiştirib, xalqimiz dasturxoni tökin bölişi yölida mehnat qilmoqdalar. Bu esa nafaqat fermer xöjaliklarining iqtisodi yuksalib, işçilarning moddiy manfaatdorligi oşişiga, balki mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojiga ham munosib hissa bölib qöşilmoqda.
O.PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶