“SOFLOM BOLA YILI” yangiliklari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 18 apreldagi "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida"gi Farmoniga asosan 9-may umumxalq bayrami - Xotira va qadrlash kuni, shuningdek 1941-1945-yillardagi ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabaning 69-yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tumanimizda ham qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, 9 may kuni oʻtkaziladigan bayram tadbiriga qizgʻin tayyorgarlik koʻrilib, "Nuroniy” va "Mahalla” jamgʻarmalari tomonidan urush qatnashchilari, Vatanimiz ozodligi va shaʼni-sharafi himoyachilari bilan uchrashuvlar tashkil qilinmoqda.
Xitoy xalq Respublikasi bilan hamkorlikdagi "Chang Qing group” masʼuliyati cheklangan jamiyati bilan tuzilgan shartnomaga asosan Amudaryo tumani suv isteʼmolchilari assosatsiyasiga 15 dona LF200ZH-2 rusumli 3 gʻildirakli yuk mototsikllari xarid qilindi. Har birining qiymati 10 million 300 ming soʻm boʻlgan mazkur 3 gʻildirakli mototsikllar tumanimizdagi 15 ta suv isteʼmolchilari uyushmalariga xizmat bobida foydalanish uchun berildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶