15.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.10.2026, 23:30
Qishloq xoʻjaligi 👁 469

AMUDARYoDA 208 TONNALIK PILLA XIRMONINI BUNYoD ETIShGA KIRIShILDI

AMUDARYoDA 208 TONNALIK PILLA XIRMONINI BUNYoD ETIShGA KIRIShILDI

Pillachilikni yetti xazinaning biri deya taʼriflashadi. Haqiqatan ham shu soha fidoyilari boʻlgan pillakorlar bilan suhbatlashsangiz, ipak qurti boqishning mashaqqatlaridan koʻra, foydali jihatlari haqida gapiradilar. 40-50-yillab oʻz xonadonlaridan bu moʻʼjizakor jonivorga joy berib, mehr bilan parvarish qilayotgan kasanachi pillakorlar: “Ipak qurti boqilgan xonadonda fayz-baraka boʻladi”, - deyishadi va har yili Qoraqalpogʻistonda birinchilardan boʻlib yuksak pilla xirmonini yaratadilar. Shuning uchun ham amudaryolik pillakorlar nomini nafaqat Qoraqalpogʻistonda, balki mamlakatimiz miqyosida hurmat-eʼtibor bilan tilga olishadi.

Buning oʻziga xos sababi ham bor, albatta. Chunki Amudaryo tumani mamlakatimizda eng koʻp pilla yetishtirib beruvchi tumanlardan biri hisoblanadi va har yili davlatga 208 tonnadan ziyod sifatli pilla xom ashyosini yetkazib beradi.

Joriy yilgi pillachilik mavsumiga ham amudaryolik pillakorlar jiddiy tayyorgarlik koʻrishdi. Avvalo, mavjud tut plantatsiyalari oʻz vaqtida oziqlantirilib, zarur agrotexnik tadbirlar amalga oshirildi. “Jayxun Silk” MChJ korxonasi tomonidan yangi va serhosil navli tut koʻchatlari yetkazib berilib, fermer xoʻjaliklari dalalari chekkalariga hamda yangidan tashkil etilgan tut plantatsiyalariga 343 ming dona serhosil tut koʻchatlari oʻtqazildi.

Pillachilikda yuqori va sifatli hosil olishning birdan-bir omili – ipak qurti urugʻini jonlantirish jarayonini agrotexnika talablari darajasida tashkil etishga bogʻliq. Shuni inobatga olgan holda tumanimizda yuqori saviyadagi 16 ta inkubatoriy tanlanib, ipak qurti urugʻini jonlantirish jarayoniga eng malakali mutaxassislar jalb etildi. Inkubatoriylar zamonaviy asbob-uskunalar, zarur jihozlar bilan taʼminlandi. Natijada ipak qurti urugʻlari oʻz vaqtida sifatli jonlantirilib, tumanimizdagi pillachilik tarmogʻini tashkil etgan fermer xoʻjaliklariga va kasanachi pillakorlarga jami 3768 quti ipak qurti urugʻi tarqatildi. Albatta, har bir sohada iqtisodiy manfaatdorlik masalasi muhim oʻrinda turadi. Shu bois, shartnoma boʻyicha 1495 nafar kasanachilarga tarqatilgan 1582 quti, 266 ta fermer xoʻjaliklariga tarqatilgan 2186 quti ipak qurti parvarishi uchun har bir quti ipak qurti hisobiga 240 ming soʻmdan boʻnak pullari berildi. Mavsum davomida har bir qurtxona holati mutaxassislar tomonidan qatʼiy jadval asosida nazorat qilib borildi. Zarur holatlarda maslahat va tavsiyalar berildi. Natijada tumanimizdagi barcha qurtxonalarda yaxshi toʻyingan, agrotexnika qoidalari asosida parvarish qilingan ipak qurtiga sifatli dasta qoʻyilib, pilla oʻrash jarayoni nihoyasiga yetmoqda.

5-iyun sanasida Mangʻit va Xitoy pilla qabul qilish maskanlarida mavsumining ilk hosili – pillani qabul qilish jarayoni boshlandi.

Pillakorlarimiz tomonidan yetishtirilgan moʻl hosildan darak beruvchi kumushrang pilla mahsulotining  sifati ham, salmogʻi ham yuqori, ipakchanlik holatidan mutaxassislarning koʻngli toʻq. Bu yilgi mavsumda 208 tonna yuqori sifatli Amudaryo pillasini yetishtirishga ahd qilgan “kumush tola” ijodkorlarining pilla karvoni qutlugʻ yoʻlda. Koʻzlangan manzil esa juda yaqin. 208 tonnalik Amudaryo pilla xirmoni bunyodkorlarining ahdlari ulugʻ, shashtlari qatʼiy!

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026