Jayxun ilhomlari
Albatta, işonç zör!
Körinmas yov bilan ketmoqdadir jang,
Uni taslim etmoq muşkul bölmoqda.
Man-man degan davlat ahvolidir tang,
Bemorlarga şifo uyi tölmoqda.
Jahonga tanilgan olimlar hayron,
Tezda daf qiluvçi dori topolmay.
Virus etmoqdadir dillarni vayron,
Giryonmiz ajdaho oğzin yopolmay.
Ne-ne odamlarni gumdon etdi u,
Bormagan yurti-yu joyi qolmadi.
Oçiği, haddidan oşib ketdi u,
Hattoki, şohlar ham yöqotolmadi.
Niyat-u umidlar hali sönmadi,
Dorisi topilib bölgusidir mot.
Ogoh bölgan elda qayta unmaydi,
Kun kelur, qutular undan odamzod.
Saʼdulla XÖJANIYoZOV.
Yodgorlik qoşida
Xitoy qişloğida yodgorlik – bitik:
Har ovuldan ketgan yigitlar nomi.
Örozgul enaning uç öğli qani:
Eşimboy, Qöşimboy, Pajabboyjoni?!
Pömol uçin tişlab, yuz yoşli momo –
Yigirma yoşida tul qolgan kelin –
Yolğiz yodgorining avlodlari-la
Taʼzimda,töldirib öngin va sölin.
Möysafid.Uruşdan omonda qaytgan,
Vujudi qaltiroq,ovozi titroq,
Töqson töqqiz yoşli sönggi guvoh u
Kuç töplab, tik qotib “çest” berar biroq!
Beparvo ötmagin, ey yigit, ey qiz,
Qaytgan,qaytmaganlar bovring böladi.
Xotirla,qadrla,unutma hargiz
Ular bu kunlar deb garov töladi!
Bular yurt boşiga kelganda balo
Otlangan kökragi qalqon yovqurlar.
Qaytmaganlar böldi şahidi aʼlo,
Ularning barçasi qahramondurlar!
Tursunboy ABDULLAYeV.
BIP YuZU BIP
Köhna tarix bağri sirlarga töla,
Barça tadqiqotlar şuni taʼkidlar.
Va şular sababli aniq bölmoqda,
Jonin qurbon qilgan qança şahidlar.
Iroda,jasorat,eʼtiqod kabi,
Xalqona xislatni ayon qilgandek.
Azoblarni yengib butun dunyoga,
Özligin tanitgan bir yuz bir özbek.
Golland yerlarida kontslagerda,
Irqi afzalligin isbotlaş uçun,
Asirlar içidan tanlab olindi,
Özbek tuproğidan bir yuz bir tutqun.
Manfur bosqinçida na insoniy his,
Na-da odamga xos boşqa xislat bor –
Sinov maqsadga mos çiqişi uçun,
Mahbuslar saqlandi uç kun oç nahor.
Nihoyat Berlindan neça kinoçi,
Neça jurnalistlar keldilar yetib.
Mahbuslarni saflab ular oldiga,
Taşlaşdi bir bulka nonni itqitib.
Faşistlar fikriça bu oç mahbuslar,
Janjal boşlaşardi nonni talaşib.
Irqi afzalligin isbot qilişga,
Şu lavha tuşardi juda yaraşib.
Lekin bu malʼunlar qaydanam bilsin,
Kimlar avlodiga duç kelganini.
Yurtiga Boyazid xavf solganida,
Buyuk Temur uni yöq qilganini.
Ne köz bilan körsin – şum niyat faşist,
Safdan non tomonga heç kim jilmadi.
Oçlik qança kuçli azob bermasin
Özin yöqotişga majbur qilmadi.
Oxiri yoşulli bir mahbus çiqib,
Nonni bir burdadan berdi teng bölib.
Agar faşistlarga şu kun tuşganda,
Bir-birin yeyişar edi non qolib.
Kutilgan niyatlar çippakka çiqdi
Bölmadi kaltaklar, qança döq bilan.
Oxiri faşistlar öçini oldi,
Asirlar tomonga yoqqan öq bilan.
Iymon-eʼtiqodga doğ tuşirmagan
Bu mardlar hammasi bizga vatandoş.
Bugun ruhlarini şod qilmoq uçun
Eslaylik barini lahza egib boş.
Odamzod tarixda köp uruş körgan,
Ilohim bularni takror qilmasin.
Hamjihat yaşaylik yerning yuzida,
Heç millat özini ustun bilmasin.
Har qanday holatda hamki, yurtdoşim,
Xalqimiz nomiga loyiq bölib qol.
Har safar qölingga non olganingda,
Bir yuz bir özbekni albat, esga ol!
Ahmad Nafasov.
Bitiruvçi tuyğulari
36-sonli maktabning 2015-yilgi bitiruvçilariga bağişlanadi
Seni yaxşi köraman maktab,
Senda şirin xotiralar bor.
Dilga yaqin qalin qor – yanvar
Gözal tuyğu muhabbat – bahor.
Bilmas edim muhabbat nima,
Işq sehri ham edi begona.
Sinfdoş qiz juda çiroyli
Kördim. Sevdim. Böldim devona.
Seni yaxşi köraman maktab,
Şöxliklarim keçirgansan sen.
Şu hayotning butun saboğin
Yuragimga köçirgansan sen.
Taniganman şu uzun yillar
Taʼlim berdi ziyokor ustoz.
Qonimizda unib tafakkur
Hayotimda bu inson mumtoz.
Seni yaxşi köraman maktab,
Umrim qadar hamrohlarim bor.
Ular kabi yaqinlarni ayt
Yana qaydan topaman takror.
Yaşayapman turfa qiyofa
Turfa inson köradi közim.
Senda topgan idrok zaboni
Tili ila aytaman sözim.
Seni yaxşi köraman maktab,
Yillar ötdi bugun sönggi kun.
Ostonangga qöyib boşimni
Yuragimni tökayin butun...
Seni yaxşi köraman maktab...
Şohzod Anvar.
Özbekistonim
(Qöşiq)
Yastansam tuproğim,
Çanqasam buloğim,
Suyansam toğim,
Kuylasam boğim
Naqorat
Mening Özbekistonim.
Bahori çeçagim,
Yozlari şarbatim,
Kuzi rizq-rözim,
Qişi oq durim.
Naqorat
Şamollar yeladi,
Buğdoy hid taratib,
Tun tongni ulaydi,
Ufqni alangalatib.
Naqorat
Jami jonzot yaşar,
Xotirjam, hamdam.
Kun sayin yaşnar,
Kun sayin körkam.
Naqorat
Tabiat tarovati,
Köçgay yuraklarga.
Köçgay, aylangay,
Eng yaxşi tilaklarga
Naqorat
Mening Özbekistonim.
Mehribon IŞAYeVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶