BUĞDOY ÖRIM-YIĞIMINI SIFATLI ÖTKAZIŞ BÖYIÇA TAKTIK ÖQUV MAŞĞULOTI ÖTKAZILDI
Sönggi yillarda mamlakatimizda boşoqli don ekinlarini parvarişlaş, gektarlarda hosildorlikni oşiriş, ğallaçilikda zamonaviy, intensiv texnologiyalardan samarali foydalanişga qaratilayotgan eʼtibor tufayli sohada katta yutuqlarga erişilmoqda.
Ayniqsa, buğdoy yetiştiriş, pişib-yetilgan hosilni nest-nobud qilmay sifatli örib-yiğib, zahira omborlariga taşib oliş, ğallani sifatli saqlaş borasidagi işlar öz vaqtida olib borilayotgani bois, qayta işlaş korxonalari bir maromda işlaşi taʼminlanmoqda.
Aslida sifatli ğalla yetiştirişga eʼtibor ğallaçilik fermer xöjaliklarida işning qanday taşkil etilişiga boğliq. Buning uçun buğdoy ekiladigan dalalar tekis, suv taraşda qiyinçilik tuğdirmaydigan, begona ötlardan xoli bölişi talab etiladi. Bundan taşqari, kuzgi buğdoy sentyabr oyining boşida, yer harorati pasaymasdan burun tobida ekilişi kerak.
Bu borada Xolimbeg ovulidagi “Usta Olloyor” fermer xöjaligi raisi Rajabboy Sultonovning tajribasi alohida eʼtiborga loyiq. Xöjalik dalalarining 40 gektariga paxta, 10 gektariga kuzgi buğdoy ekilgan. 4 gektar yerdagi intensiv boğda esa olma va uzum şiğil mevaga kirgan.
Ayni kunda fermer xöjaligi dalalarida buğdoy hosili örib-yiğib olişga taxt qilib qöyildi. Har boşoği naq bir qariç keladigan buğdoy hosili yetilgunga qadar xöjalik işçilari Muzaffar Abdukarimov, Qutlimurod Abdukarimov va traktorçi Hamro Çorşamovlar tinim bilmay mehnat qilişdi. Unib çiqqan buğdoy maysalari kuzda va bahorda begona ötlardan tozalanib, oziqlantirildi. Vaqtida suv berildi. Natija esa kutilganidan ziyoda. Fermer xöjaligi raisi Rajabboy Sultonov gektaridan kamida 40 tsentnerdan, 160 tonna buğdoy olişni rejalaştirgan.
Darvoqe, nafaqat xolimbeglik, balki tumanimizdagi barça fermer xöjaliklari dalalarida el-yurt rizqi balandligidan dalolat berib, buğdoyzorlarda möl-köl hosil yetiştirildi.
Har galgidek ğalla örim-yiğimi oldidan yetiştirilgan hosilni nest-nobud qilmasdan yiğiştirib oliş, zahira omborlariga taşiş bilan boğliq muhim işlarni muvaffaqiyatli ado etiş maqsadida joriy yilning 2-iyun sanasida Qipçoq ovuli hududidagi fermer xöjaliklari dalalarida “Ğalla hosilini örib-yiğib oliş bilan boğliq Davlat vazifalarini bajarişda FVDT tizimlari xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus taktik-öquv maşğulotlari ötkazildi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaş raisi – Fuqaro muhofazasi boşliğining 2020 yil 13-yanvardagi 1-sonli buyruğiga asosan karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda boşoqli don ekişlarini uyuşqoqlik bilan örib-yiğib oliş maqsadida FVDT hududiy quyi tizimlari xizmatlari bilan hamkorlikda ötkazilgan mazkur taktik-öquv maşğulotlarida Qoraqalpoğiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi boşliği örinbosari, podpolkovnik Mahmud Seydullayev, Qoraqalpoğiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi bölim boşliği, podpolkovnik Uluğbek Maşaripov, Amudaryo tuman hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari Fayzulla Saʼdullayev, Respublika va tuman Favqulodda vaziyatlar bölimidan Begzod Nurmatov, Begzod Tajiboyev, Begzod Allaberganovlar iştirokida bölib ötgan taktik-öquv maşğuloti 4 bosqiçda olib borildi.

Birinçi bosqiçda ğallani örib-yiğib oliş uçun jalb etiladigan texnikalar va avtotexnik vositalarning texnik holati hamda tayyorligi közdan keçirildi. Bunda 4 ta kombayn, 2 ta ğalla taşiş yuk maşinasi, 1 ta yoqilği-moylaş materiallari taşiş traktori, 1 ta işçilarga oziq-ovqat taşiş traktori, 7 ta maxsus texnikalar hamda 48 ta şaxsiy tarkib jalb qilindi.
Ikkinçi bosqiçda ğallani örib-yiğib oliş uçun jalb etiladigan işçilarga yetarli şart-şaroitlarni yaratiş işlari közdan keçirildi. Bunda işçi va xizmatçilarning dam oliş şaroitlari, madaniy va maişiy xizmatning qanday taşkil etilganligi, zaruriy tovarlar bilan taʼminlanganligi, içimlik suvi mavjudligi, oziq-ovqat va tibbiyot punktlarining işlari taşkillaştirilganligi va boşqalar közdan keçirilib, aniqlangan kamçiliklar joyida bartaraf qilindi.
Uçinçi bosqiçda ğallani qabul qiliş şoxobçalaridan ğallani örib-yiğib oliş maydonlarigaça bölgan yönalişlardagi içki işlar bölimining qöşimça nazorat postlarining iş faoliyati taşkillaştirilib, közdan keçirildi. Bunda ğalla taşuvçi texnika vositalarini ğalla qabul qiliş şoxobçasigaça içki işlar xodimlari tomonidan kuzatib boriş, öğirliklarning oldini oliş borasida tuşuntiriş işlari olib borildi.

Törtinçi bosqiçda ğallani qabul qiliş va saqlaş böyiça tayyorgarlik holati tekşirildi. Ğallani qabul qilişda tarozixonalar, don saqlaş joylari, yonğinga qarşi qalqonlar, suv saqlaş manbalari közdan keçirilib, aniqlangan kamçiliklar şu joyning özida bartaraf qilindi va işçilarga yöriqnomalar tarqatildi.
Bölib ötgan taktik öquv maşğulotlarida tumanimizdagi barça MTP rahbarlari, ğallaçilik fermer xöjaliklari raislari, yetiştirilgan ğalla hosilini zahira omborlariga taşişda iştirok etadigan texnika vositalari haydovçilari, yuk ortuvçi işçilar, şuningdek hududlarga birkitilgan profilaktika inspektorlari iştirok etdilar.
Taktik öquv maşğulotlari jarayonida iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va ularga mutaxassislar tomonidan batafsil tuşunça va tavsiyalar berildi.
Şu kunning özida tumanda ğalla örim-yiğimida iştirok etadigan asosiy texnika vositalarining tayyorgarlik holatlari masʼullar tomonidan közdan keçirilib, mavjud kamçiliklar bartaraf etildi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶