ĞÖZANI SUĞORIŞDA EGILUVÇAN QUVURLARDAN FOYDALANIŞ ENG MAQBUL VA TEJAMKOR USUL
Ziroatçilikda möl-köl daromad topaman, degan dehqon har bir işda tadbir işlatadi. Dehqon tadbirkor bölsa, muammolar yeçimini ham özi topib, joyida özi hal qiladi.
Tölqin ovulida ana şunday tadbirkor dehqonlar köp. Xususan, “Amet Törayev” fermer xöjaligi rahbari Erkinboy Törayev sohada olib borilayotgan islohotlar, innovatsion loyihalarni öz faoliyatiga joriy etiş orqali paxta va boşqa qişloq xöjalik mahsulotlari yetiştirişda öz tajriba maktabini yaratganlardan. Ayniqsa, tejamkorlik daromadiga-daromad qöşişini fermer juda yaxşi biladi. Şu bois, u joriy yilgi ziroatçilik mavsumida tuman fermer xöjaliklari orasida birinçilardan bölib, ğözani şarbat usulida suğorişda egiluvçan quvurlardan foydalaniş usulini boşlab berdi.

Joriy yilning 1-iyun kuni mazkur fermer xöjaligida “Ğözani şarbat usulida suğorişda egiluvçan quvurlardan foydalanişning afzalliklari” mavzusida körgazmali seminar-kengaş ötkazildi.
Körgazmali seminar-kengaş işida tuman hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari Fayzulla Saʼdullayev, tuman fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi raisi Ilhom Polvonov, “Amydaryo tex” MÇJ boşliği örinbosari Rahimboy Jumaboyev, MTP rahbarlari, sohaning boşqa mutaxassislari hamda Tölqin ovuli hududidagi fermer xöjaliklari raislari iştirok etişdi.

Körgazmali seminar-kengaş jarayonida bir tekis egat olingan dalalarga egiluvçan quvurlar orqali suv taraşning afzalliklari, ğöza qator oralariga beriladigan suv sarfi va tejaladigan suv miqdori hamda işçi kuçi, bundan xöjalik iqtisodiyotiga keladigan foyda xususida yetakçi mutaxassislar tomonidan zarur maʼlumotlar va tavsiyalar berildi.
Şuningdek, uşbu tejamkor texnologiyaning yana bir afzallik tomoni, yaʼni, oddiy suğoriş jarayonida yuz berişi mumkin bölgan ğözani suv bosiş holatiga barham berilişi, har bir tup ğöza zarur miqdordagi suv bilan taʼminlanişi, natijada hosil nişonalari yuz foiz saqlab qolinişiga erişiş mumkinligiga alohida eʼtibor qaratildi. Çunki köpçilik fermer xöjaliklarida suvbosdi bölgan ğözalar hosil nişonalarini taşlab yuborişi oqibatida hosildorlik kamayib ketişi tajribalardan ayon. Egiluvçan quvurlardan foydalanilganda ana şunday noxuş holatning oldi olinadi va xöjalik iqtisodiga ijobiy samara beradi.


Körgazmali seminar-kengaş davomida fermer xöjaliklari raislari özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va mutaxassislar tomonidan zarur tavsiyalar oldilar. Şu bilan birga ğözani şarbat usulida suğorişda egiluvçan quvurlardan foydalaniş texnologiyasini öz faoliyatlarida joriy etiş böyiça fikrlarini bildirdilar.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶