MENING ÖZ BOFIM BOR
Tabiat - aslida nima? Tabiat borliğimiz, hayotimiz asosi hamda inson yaşaşi uçun muhim bölgan şart-şaroit. Uni faqat şu sözlar bilan çeklab bölmaydi. Çunki u har tomonlama mukammaldir. Tabiatda inson tasavvuriga siğmaydigan sir-sinoat köp, undagi möʼjizalarning çek-çegarasi yöq. U şunday jilvakor, maftunkor, nafis va şu bilan birga betakrordir. Binobarin, tabiatdagi barça jonli va jonsiz narsalar bir-biri bilan uzviy boğliq. Jumladan, ösimliklar, hayvonlar, quşlar, haşoratlar hamda yer bilan osmon, şu qatori inson ham özaro çambarças boğliq. Agar tabiatdagi tirik mavjudotlar nafas olmasa, oziqlanmasa, harakatlanmasa, köpayiş jarayonini amalga oşirmasa, ularning nobud bölişi muqarrar. Bu biologik jarayonlar uzluksiz amalga oşişi sababli tabiat mavjud va u muntazam özgarib, yangilanib turadi.
Odam hayoti davomida tabiat neʼmatlaridan töğri foydalanişga intilib yaşaydi.Çunki odam tabiat bolasi. Insonni tabiatsiz tasavvur etib bölmaydi. Tabiatdagi har bir unsur inson yaşaşi uçun muhim omil hisoblanadi. Hatto inson ham tabiat unsurlaridan yaralgan.
Hozirgi arxeologlarimizning bergan maʼlumotlariga köra, odamlar eramizdan avvalgi II-III asrlarda rivojlana boşlagan va hayot keçirgan. Bora-bora odam köp narsalarni, şu qatorda ekin ekiş, hayvonlarni ovlaş kabi işlar bilan şuğullana boşlagan. Tabiatda insonning yaratilişiga qoyil qoliş mumkin. Çunki har bir narsa mukammal darajada yaratilgan. Insonning köriş, eşitiş, gapiriş kabi xususiyatlari baʼzi hayvonlarda bor, lekin inson ongining rivojlanişi uni yuksak poğonalarga kötargan. Nima bölişidan qatʼiy nazar tabiat insonning haqiqiy onasi.
Tabiatda fasllar, jilvalanişiga tasanno aytiş kerak. Masalan, butun bir yilni olaylik. Uni inson umriga qiyoslaş mumkin. Bahor - yoşlik, gözallik fasli. Yoz bu – yetiliş davri, kuz - xazonrezgilik, inson umrining sölişiga öxşaydi. Qiş - söngisi qarilik, yaʼni ölim. Bundan taşqari tabiatda yana turli gözalliklar mavjud. Quyoş botişi şunday çiroyli va ajoyib manzaraki, u qizaradi va yerning boşqa tarafiga ötib ketadi. Tongda gulga şudring tuşişi betakror manzarani hosil qiladi. Muhimi, inson bu gözallikning qadriga yetişi, uni ardoqlaşi lozim.
Atrofimizdagi bu gözal olamni qanday ardoqlaymiz? Biz uçun ana şunisi muhim. Tabiatni boyitiş, mevali va manzarali daraxt köçatlarini ekib, parvarişlaş, boğ-roğlarni köpaytiriş-atmosfera azon qatlamini mustahkamlaş ekologik toza hayot tarzini qaror toptiriş degani. Tabiat bağridagi har bitta giyoh insonning soğlomligini taʼminlaşga xizmat qiladi. Tabiat bizni kiyintiradi, töydiradi, uyimizni, hayotimizni bezaydi.
Men ham boğ taşkil qilişga, tabiat muhofazasiga hissa qöşişga qaror qildim. Menda boğ yaratişga intiliş bolaligimdan, bobomning boğiga havas qilişimdan paydo bölgan. Uning boği biram çiroyli ediki, bahorda örik qiyğos gullardi, yozda uzum pişib, olma, olça uzardik. Sarhil mevalarni terib har xil şarbat va murabbolar qilardim. Men öz boğimga köçat ekdim va bu mehnatlarim besamar ketmadi. Öşa ekkan köçatlarim hozir hosilga kirgan. Men tabiat muhofazasiga biroz bölsa-da hissa qöşganimdan juda xursandman. Bu yil boğni yanada kengaytirişni rejalaştiryapman.
Xulosa qilib aytganda bu borliq, nabotot olamining siri, gözalligi, jilvasi hamma vaqt insonni öziga tortadi. Xuddi gulga oşufta bölgan bulbul misol. Çunki tabiat onamiz, biz uni asraşimiz himoya qilişimiz kerak!
Mohigul Erdaşeva,
26-maktabning 8a-sinf öquvçisi, "Eng yaxşi inşo" tanlovining "Tabiat va men" mavzusi böyiça ğolib.
(Foto - http://www.eco.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶