Pillaçilik - daromad manbai
Tumanimizda ipak qurti boqib, pilla yetiştirayotgan va daromad olayotgan yurtdoşlarimiz talaygina. Xususan, Tölqin ovulida yaşovçi Azima Örozboyeva oila aʼzolari bilan birgalikda
Ipak qurti boqiş juda katta, mehnat hamda masʼuliyat talab qilişi bois, uni parvarişlaşga köp qöl kuçi kerak böladi. Azima Örozboyeva turmuş örtoği hamda farzandlari bilan birgalikda uşbu maşaqqatli işning uddasidan çiqişmoqda. Har yili rejadagi pillani ortiği bilan topşiradigan pillakor Azima Örozboyevaning bu yilgi hosildan ham umidi katta.
Ovulning ana şunday mehnatsevarlaridan biri Qunduz Sultonova ham ipak qurti parvarişi bilan şuğullanmoqda. Oilaviy pilla yetiştiriş işiga kirişgan yurtdoşlarimiz bu yilgi rejani ortiği bilan bajariş hamda köproq daromad oliş niyatida keça-yu kunduz tinimsiz mehnat qilişmoqda. U oila aʼzolari bilan 8-may kuni olingan
Şu örinda taʼkidlaş joizki, yurtimizda ipakçilik sohasini yanada rivojlantirişga katta eʼtibor qaratilmoqda. Mamlakatimizning iqlim şaroiti va mavjud salohiyati qişloq xöjaligining har bir tarmoği kabi pillaçilikni ham yanada rivojlantirişda muhim omildir. Yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalaniş, qişloq joylarda aholi bandligini taʼminlaş, tarmoqning eksport salohiyatini oşiriş, jahon bozorida ipak mahsulotlarimizning salmoğini köpaytiriş va ularning raqobatdoşligini oşiriş uçun davlatimiz rahbariyati tomonidan bir qança amaliy işlar olib borilmoqda.
Prezidentimizning joriy yil 17-yanvardagi “Pillaçilik tarmoğida ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Qarori mamlakatimizda pilla yetiştirişni köpaytiriş va uning sifatini yaxşilaşda muhim dasturilamal bölib xizmat qilmoqda.
Uşbu qarorda pillaçilik sohasi korxonalarini moliyaviy qöllab-quvvatlaş, modernizatsiya qiliş, ozuqa bazasini mustahkamlaş, pilla yetiştiriş hajmini köpaytiriş, uni qayta işlaş va tayyor mahsulotlar işlab çiqarişni keng yölga qöyiş maqsadida 2023-yil 1-yanvargaça mazkur yönalişdagi korxonalar yagona soliq, yagona ijtimoiy tölovdan ozod qilinişi közda tutilgan.
Şuningdek, kasanaçilarning jismoniy şaxslarga hisoblanadigan daromad soliğidan ozod qilinişi, pilla boquvçilar va kasanaçilarning pilla mavsumidagi davrda bajargan işlari ularga pensiya tayinlaşda bir yillik iş staji deb hisoblanişi alohida belgilab qöyilgan. Uşbu imtiyozlar pillaçilik sohasi, ipak qurti uruği va pilla yetiştiruvçilar, ikkinçi tomondan pillani qayta işlaş va tayyor mahsulotlar işlab çiqariş sanoati uçun katta imkoniyat va qulayliklar yaratib beradi. Natijada pilla yetiştiriş bilan band aholining moddiy manfaatdorligi ortadi.
Pilla – bu daromad manbai. Hozirgi kunda bir quti ipak qurti boqqan oila 2 million sömga yaqin daromad olişga imkoniyati böladi. Bandlikka kömaklaşiş markazi tomonidan 1 quti ipak qurti parvarişlagan boquvçilarga pilla yetiştirişdan olingan daromaddan taşqari 200 ming sömdan qöşimça haq olişi belgilangan.
Hozirda mazkur imkoniyatlardan samarali foydalanayotgan Tölqin ovulidagi 133 nafar kasanaçiga jami 228 quti ipak qurti parvarişlab pilla yetiştiriş uçun berilgan bölib, pillakorlarning ipak qurtlari uç yoki tört yoşiga kirgan, iş ayni qizigan palla. Tumanimizdagi barça pillakorlar özlari kutgan möl hosilni olib, rejani ortiği bilan bajarişlariga işonamiz.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶