YeTTI XAZINANING BIRI – IPAK QURTI BOQIŞ MAVSUMI BOŞLANDI
Har yilgi rejalarini ortiği bilan ado etib kelayotgan amudaryolik pillakorlar bu yilgi mavsumni ham möl hosil umidi bilan boşlab yuborişdi.
Mana bu tutzordagi daraxtlar oraliğida ekilgan ekinlarning rivojini körib, ham peşona teri evaziga möl hosil yetiştirayotgan, ham ipak qurti boqişdek maşaqqatli işning uddasidan çiqayotgan mehnatkaş insonlarga könglingizda hurmat-ehtirom uyğonişi tabiiy. Erkin Rasulov rahbarligidagi fermer xöjaligi hududidagi bu manzara, barq urib rivojlangan tutzor boğ körgan közni quvnatadi.
Aytiş joizki, 7-10-may kunlari oraliğida tumanimizning turli hududlarida taşkil etilgan 16 ta inkubatoriyalarda 3768 quti xorijiy navli ipak qurti uruğlari jonlantirilib, 1492 nafar kasanaçilarga va 266 ta fermer xöjaliklariga tarqatildi. Mavsum boşida pillakorlarga har bir quti ipak qurti uçun 240 ming sömdan bönak puli berildi. Hosil yiğiştirib olingaç, topşirilgan har bir kilogramm pilla uçun 20 ming 400 sömdan haq tölanişi rejalaştirilgan.
Hozir parvariş qilinayotgan ipak qurtlari ikkinçi yoşida. Pillakorlar uçun kunni-kun, tunni-tun demay mehnat qiladigan kunlar boşlanayapti. Boisi, ipak qurtlari kun ötgani, ulğaygani sayin ozuqaga, yaʼni tut bargiga köproq ehtiyoj seza boşlaydi.
Mavsum davomida ozuqa taqçilligi yuz bermasligi uçun tumanimizda tut plantatsiyalari tobora kengaytirilmoqda, mavjud tut daraxatlari sifatli parvariş qilinib, möl ipak qurtlari ozuqa bazasi yaratilmoqda.
Bu yil köklamda ham 343 ming dona tut köçatlari yangidan ekildi va 50 gektarga yaqin maydonda yangi tutzorlar barpo etildi. Avvalgi yillarda tut köçatlari dala çetlariga, ariqlar böylariga ekilgan bölsa, keyingi yillarda gektarlab ekiş yölga qöyildi. Buning afzalligi köp, gektarlab ekilgan niholni parvarişlaş, qator oralarini yumşatiş, oziqlantiriş oson böladi va daraxtlar mahsuldor böladi. Qolaversa, pillakorlarga tut köçatlari ekilgan maydonlar boqayotgan ipak qurti miqdoriga qarab bölib berilgaç, manfaatdorligi ortadi. Yaʼni, tutlar oralariga turli ekinlar ekib, hosil olişadi va qöşimça daromadga ega bölişadi.
Qiliçboy ovulining “Xizr eli” mahallasida istiqomat qiluvçi Rohatoy Qurbonovaning asl kasbi pillaçilik agronomi. Kasbini ado etiş bilan çeklanmay, öz uyida har yili bir quti ipak qurtini parvarişlab, rejadagidan ziyod va sifatli pilla yetiştiradi.
U bu yil ham bir quti ipak qurti boqayapti. Bu işda unga turmuş örtoği, öğli, qizi yordam berayapti. Sababi tutzordan barg olib keliş, bir tekis qilib qurtlarga soliş, qurt boqilayotgan xona haroratini bir maromda saqlaş lozim.
Hozir Rohatoy Qurbonova parvarişlayotgan ipak qurtlari tez rivojlanmoqda va uçinçi yoşiga kiriş arafasida. Ayni paytda ipak qurtlari bir maromda oziqlanmoqda. Xonadagi harorat va namlikning bir meʼyorda saqlanişiga ham alohida eʼtibor berilmoqda. Tajribali pillakor közlayotgan marra esa yuksak.
Tumanimizda muhim tarmoqlardan biri hisoblanmiş pillaçilikdan yuqori hosil yetiştiriş va möl daromad oliş yölidagi işlar tobora qizğin tus olmoqda.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶