Yurtimizda dorivor ösimliklar klasteri taşkil etiladi
Maʼlumki, oxirgi yillarda qişloq xöjaligi sohasida amalga oşirilayotgan izçil islohotlar uşbu sohaning köplab yönalişlariga yangiça nafas olib kirmoqda. Bunda klaster tizimi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu yangi tizim mazkur sohada faoliyat yurituvçi korxonalarning eksport salohiyatini oşiriş bilan birga, ularning iqtisodiy mustaqilligini, huquqiy himoyasini taʼminlaşga ham katta hissa qöşmoqda.
Quvonarlisi, klaster tizimi qöllanilayotgan sohalar qatoriga endilikda yuritimizda boy bölgan dorivor ösimliklar sohasi ham kiritildi. Statistik maʼlumotlarga köra mahalliy floraga mansub 4,3 mingdan ortiq ösimliklarning 750 ta turi dorivor hisoblanib, ulardan 112 ta turi ilmiy tibbiyotda foydalaniş uçun röyxatga olingan, şundan 70 ta turi farmatsevtika sanoatida faol qöllanib kelinmoqda. Farmatsevtika sanoatining bu yönalişidagi eksport salohiyati ham eʼtiborga molik. Masalan, qayta işlangan dorivor ösimliklardan olingan mahsulotlar eksporti 2019-yilda 48 mln. AQŞ dollarini taşkil qilgan. Ammo boşqa sohalardagi singari mazkur sohaga ham yangiça yondoşuv va zamonaviy marketing qoidalarini tadbiq qiliş zamon talab edi.
Prezidentimizning “Yovvoyi holda ösuvçi dorivor ösimliklarni muhofaza qiliş, madaniy holda yetiştiriş, qayta işlaş va mavjud resurslardan oqilona foydalaniş çora-tadbirlari töğrisida”gi 2020-yil 10-apreldagi PQ-4670-son qarori mazkur masalaga tamal toşini qöyib berdi. Qaror bilan 2020-yil 1-maydan boşlab dorivor ösimliklarni yetiştiriş, saqlaş, birlamçi yoki çuqur qayta işlaş klasterlari taşkil etiladigan böldi. Yurtimiz hududlari dorivor ösimliklar yetiştiriş böyiça ixtisoslaştirildi. Qoraqalpoğiston Respublikasi esa Qizilmiya (şirinmiya) va Oddiy igr kabi dorivor ösimliklariga ixtisoslaştirildi.
Yangi tizimning alohida ahamiyati yana şunda körinadiki, endilikda dorivor ösimliklar plantatsiyalari resurs tejovçi texnologiyalarni qöllagan holda, «Har bir oila — tadbirkor» dasturi doirasida ajratiladigan, Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasi, Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalarini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi, xalqaro moliya institutlari mablağlari hisobidan barpo etiladi.
Dorivor ösimliklar klasterlariga yer maydonlarini foydalanişga kiritişda Prezidentimizning «Qişloq xöjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalaniş çora-tadbirlari töğrisida»gi PF-5742-son Farmonida belgilangan talablarga amal qilinadi. Qayta tiklanuvçi energiya manbalari qurilmalari, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar va qozonlar, şuningdek, energiya samarador boşqa uskunalarni xarid qiliş ham Prezidentning «Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oşiriş, energiya tejovçi texnologiyalarni joriy etiş va qayta tiklanuvçi energiya manbalarini rivojlantirişning tezkor çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ-4422-son qarori asosida amalga oşiriladi.
Şuningdek, qişloq xöjaligi texnikalarini xarid qilişda Prezidentimizning «Agrar sektorni qişloq xöjaligi texnikalari bilan öz vaqtida taʼminlaşga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi PQ-4268-son qarorida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etiladi.
Qaror bilan Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi va Innovatsion rivojlaniş vazirliklari tomonidan dori vositalari bilan bir qatorda kimyoviy dori vositalarining organizmga salbiy taʼsirining oldini oliş xususiyatlariga qarab dorivor ösimliklarni minimum standart retseptlariga kiritiş böyiça tegişli hujjatlarga özgartirişlar kiritiladi. 2020-yilning 1-iyundan boşlab, tibbiyot muassasalari, şu jumladan oilaviy poliklinikalar va qişloq, ovul vraçlik punktlarida fitobarlar taşkil etiladi.
Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi qoşidagi Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş va qöllab-quvvatlaş fondi mablağlari hisobidan xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat körsatuvçi taşkilotlar va mutaxassislar, ularning iş tajribasi, körsatadigan xizmat turlari haqidagi maʼlumotlarni öz içiga olgan yagona maʼlumotlar bazasini şakllantiriş vazifalari yuklatildi.
Yangilikning yana bir quvonarli jihati 2020/2021 öquv yilidan boşlab, maktab va oliy taʼlim muassasalarida fitobarlar taşkil etiladigan böldi. Şuningdek, bu tartib 2020-yilning 1-iyunidan boşlab bosqiçma-bosqiç barça vazirlik va idoralarda, Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroporti hamda mahalliy aeroportlarda, barça turdagi avtovokzal, temir yöl vokzallarida, bozorlar, sanatoriy-kurort muassasalarida hamda boşqa aholi gavjum joylarda taşkil etiladi.
Muhimi tadbirkorlik subʼektlari tomonidan davlat muassasalarida fitobarlar taşkil etilganda, davlat mulki obʼektlaridan foydalanganlik uçun ijara tölovi belgilangan miqdorlari 50 foizga kamaytirilgan holda hisoblanadigan böldi. Bunda, fitobarlar vending avtomatlari orqali taşkil qilingan hollarda, davlat mulki obʼektlaridan foydalanganlik uçun ijara tölovlari hisoblanmaydi.
Xulosa örnida şuni işonç bilan aytiş mumkinki dorivor ösimliklarga bölayotgan bu yangiça yondoşuv nafaqat soğligimizga, balki aholining tadbirkorlik faoliyatiga ham, işsizlar soni kamayişiga ham ijobiy taʼsir körsatadi.
M.Matyusupov, tuman Adliya bölimi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶