6-mart kuni ayol-qizlar örtasida sport musobaqalari taşkil qilindi
Ayol-qizlar salomatligini mustahkamlaş, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlaşda sportning ahamiyati katta. Sport – qizlar salomatligini mustahkamlaş bilan birga ularning dunyoqaraşini kengaytirib, tibbiy madaniyatini yuksaltirmoqda. Maşğulotlarda toblangan qizlar oila, jamiyat, Vatan oldidagi masʼuliyatini teran anglab, soğlom va baxtli turmuş qurmoqda.
Şu yil 6-mart sanasida tumanimizdagi 16-sonli ixtisoslaştirilgan davlat umumtaʼlim maktabining sport zalida ayol-qizlar örtasida sport musobaqasi taşkil etildi. Uşbu musobaqa “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş yili” dasturini amalga oşiriş, öqituvçi, murabbiylar va boşqa xodimlarni sport turlariga kengroq jalb qiliş, xodimlarning faolligini oşiriş va salomatligini mustahkamlaş, ularning sport bilan şuğullanişiga imkoniyat va şaroit yaratiş maqsadida taşkil qilindi.
Tuman Xalq taʼlimi bölimiga qaraşli umumtaʼlim maktablari, maktabgaça taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan ayol-qizlar uşbu musobaqalarda sportning voleybol, 100 metrga yuguriş, stol tennisi, şaxmat va şaşka turlari böyiça özaro kuç sinaşdilar.
Aytiş joizki, mamlakatimizda soğlom va barkamol avlodni tarbiyalaş, yoşlarning ijodiy, intellektual salohiyatini röyobga çiqariş, komil, har tomonlama yetuk insonlar qilib voyaga yetkaziş maqsadida yetarli şart-şaroitlar va imkoniyatlar yaratilmoqda. Mamlakatimizning barça hududlarida zamonaviy sport komplekslari, jumladan, gimnastika zallari, tennis kortlari, suziş havzalari, fitnes zallari bunyod etilgani, ularda xotin-qiz murabbiylar faoliyat yuritayotgani, qizlar örtasida sportning ommalaşişida muhim omil bölmoqda. Qurib bitkazilgan va rekonstruktsiya qilinayotgan sport inşootlari, mamlakatimizda işlab çiqarilayotgan sport anjomlarning çekka-çekka qişloqlargaça yetkazib berilayotganligi farzandlarimiz, ayniqsa, xotin-qizlarimizning maʼnan va jismonan barkamol bölib tarbiyalanişida muhim omil bölib xizmat qiladi.
Tadbirda xotin-qizlar örtasida sportni ommalaştiriş, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etiş, ayol murabbiyalar safini kengaytirişga alohida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlandi. Zero, xotin-qizlarni sportga jalb etiş, nafaqat ular salomatligida, balki kelajakda farzandlari soğlom bölib tuğilişi va ulğayişida muhim ahamiyatga ega.
Ötkazilgan sport musobaqalarining yakuniy natijalariga köra sportning şaxmat turi böyiça 22-sonli umumtaʼlim maktabi öqituvçisi Pavşanoy Paimova, şaşka böyiça 65-sonli umumtaʼlim maktabi öqituvçisi Payhon Gaipova, stol tennis turi böyiça 56-sonli umumtaʼlim maktabi öqituvçisi Dilşoda Pajapova, 100 metrga yuguriş böyiça 19-sonli umumtaʼlim maktabi öqituvçisi Şukurjon Jumamurodova, sportning darts turi buyiça 19-sonli umumtaʼlim maktabi öqituvçisi Muhabbat Şamayevalarga faxrli 1-örin nasib qildi. Şuningdek, musobaqada ayol-kizlar jamoalari örtasida ötkazilgan voleybol sport turi böyiça faxrli 1-örinni 28-sonli umumtaʼlim maktabi jamoasi egalladi.
Sport musobaqalari qizğin bahslarga boy böldi. Musobaqalar mobaynida taʼlim sohasida faoliyat olib borayotgan ayol-qizlarning sportga bölgan qiziqişlari yanada ortdi.
Musobaqa ğoliblari Taʼlim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyuşmasi tuman Kengaşi tomonidan “Faxriy yorliq” va esdalik sovğalar bilan takdirlanişdi.
U.Abdurahmonov, Taʼlim, fan va madaniyat xodimlari kasaba
uyuşmasi tuman Kengaşi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶