TOMOPQA – KONI FOYDA, OILA IQTISODINI KÖTAPUVÇI XAZINA
Tomorqa – koni foyda, oila iqtisodini kötaruvçi xazina. Bilmaganga esa... Bilmaganga şunçaki hosil bermaydigan yer yoki mehnat qilmaslik uçun bahona. Agar kimningdir 5-6 sotix tomorqasi bölsa, demak, u kambağal emas. Astoydil harakat qilinsa, har bir oila öz tomorqasini möl-köl daromad manbaiga aylantirişi mumkin.

Uyşin mahallasida istiqomat qiluvçi aka-uka Olloyor va Oybek Madiyorovlar özaro maslahatlaşib, tomorqa yerida 16 sotixlik issiqxona barpo etişdi-yu, butun oila aʼzolari uçun iş topildi. Köpçilik “qiş ğamini yozda kör”, degan ibratli maqolga amal qilib, qiş böyi, hatto yanagi yilning ilk hosili yetilgunça öz oilasi dasturxonini tökin qilişni qoyillatişadi: höl-u quruq meva va sabzavotlarni qişga ğamlab qöyişadi. Ana şu yoz-u kuzda yetiladigan hosilning möl-köl bölişi uçun esa asl dehqon yil böyi tinim bilmaydi.

Olloyor Madiyorov ham ukasi Oybekjon bilan issiqxona xöjaligini taşkil etdi-yu, mehnatga oşno böldi. Yoz böyi aka-ukalar oçiq maydondagi ekin-tikinlarni yaxşi parvarişlab, kuzda hosil yiğib olingaç, issiqxona anjomlarini örnatişni boşlaydilar. Uzoği bilan 1-1,5 oy dam olgan yerga qayta işlov berilib, bahorga tayyorgarlik körişadi, turli xil poliz va sabzavot ekinlarining nihollarini yetiştirişadi.
Ayni kunda aka-ukalarning 16 sotixli issiqxonasida pomidor va bodringning bir neça xil navlari, bulğor qalampiri va ertagi tarvuz nihollari barq urib rivojlanmoqda. Ularning asosiy daromad manbaiga aylangan tomorqa xöjaligida möʼjazgina boğ ham mavjud. Olma va örikning ertapişar, keçpişar navlari, şaftoli va uzumning eng sara, serhosil navlaridan har yili möl-köl hosil yiğadigan aka-ukalarning daromadlari oila iqtisodini yaxşigina kötarayotgani ularning turmuş tarzida yaqqol namoyon. Oilaning öz çorvasi, parrandasi borligi esa daromadga yana daromad qöşayotganidan bildikki, oila aʼzolarining barçasi halol va fidoyi mehnatning gaşti – tökin-soçinlikda yaşaşmoqda. Bir söz bilan aytganda ularning yillik daromadi, mehnatining samarasidan köngli töq.
Köngilning töqligi – davlatmandlikdan nişona. Ahil-inoqlikda, biri-biridan örganib va örgatib mehnat qilayotgan aka-ukalarning tomorqa xöjaligini yuritiş tajribasi tahsinga loyiq.
Uyşinlik yana bir aka-uka Nuraddin va Omonboy Jalolovlar esa tomorqasida gulçilik bilan şuğullanişadi. Dastlab Nuraddin öz tomorqasida ixçamgina issiqxona qurib, gul uruğlarini undirişga kirişganida köpçilik: “bizning şaroitda gulçilikdan ham daromad oliş mumkinmi, juda mayda iş-ku?” deya işonmadi. Lekin Nuraddin birinçi yiliyoq sarf-xarajatlarini tiklaşdan taşqari, ançagina foyda ham körganini bilganlar halol va fidoyi mehnatning samarasi yuqori bölişini anglaşdi.

Bundan 4-yil oldin öz tomorqasining bir qismida gulçilik xöjaligini yurita boşlagan Nuraddin Jalolovning issiqxonasida ayni kunda 8 ming tupga yaqin turli xil iforli va manzarali gul navlari mavjud. Bu işlarda Nuraddin Jalolovga butun oila aʼzolari, ayniqsa, qizlari Ozoda va Maftuna yaqin kömakdoş. Oila faqat gulçilikning özidan yiliga 15-20 mln. söm daromad olişadi. Xonadon çorvasi, parrandasi-yu boğ-roği, boşqa ekin-tikinlardan keladigan daromad esa bunga qöşimça.
Darvoqe, Nuraddin Jalolov gulçilikni aslida ukasi Omonboydan örgangan edi. Eʼtibor qilsa, ukasi uyidan çiqmay, öz tomorqasida butun oilasini, farzandlarini iş bilan taʼminlab, yaxşigina daromad topayotir. Omonboy akasiga gulçilik sirlarini örgatdi. Aka ukadan örganib, gulçi böldi. Omonboy esa gulçilik xöjaligi orqasidan umr yöldoşi va farzandlarining barça orzularini röyobga çiqardi, xonadonini jihozladi. Faqat gulçilikning özidan keladigan yillik daromadini 20 mln.ga yetkazdi.


Ayni kunda xonadon tomorqasida 15000 tupdan ziyod gul navlari östirilmoqda. Şofran, petunya, solviya, katrandu, bonanza kabi gul navlari juda xaridorgir bölganligi sababli ularni köproq yetiştirişadi.
Omonboy Jalolovning tomorqasida ayni iş qizigan payt. Gulçilikdan taşqari, ertagi sabzavot va poliz ekinlari ekişda va parvarişlaşda unga umr yöldoşi Zebogul Yusupova, farzandlari Mohiraxon va Dilşodbeklar yaqindan yordam berişmoqda.
Pobiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶