ELIM MENING...
Elim mening, sinovlarga boş egmagan,
Maydonlarda yelkasi heç yer körmagan,
Bir-birining bolasini ayirmagan.
Qiyos bölsa toğlar uning bardoşiga,
Toğ nuragan, el yuragi nuramagan.
Neça-neça qirğinlardan omon ötib,
Orzu-umid, armonlarin toşga bitib,
Asrlardan-asrlarga nomi ötib.
Aylandi el maʼrifatning Quyoşiga,
Jahon aro ilm-u irfon tuğin tutib.
Öşal tuğ-la birlaşmoqqa davʼat böldi,
Dunyo uçun tojli virus kulfat böldi.
Yuraklarda bugun mehr qudrat böldi,
Bağrin oçib elim döst-u qardoşiga,
Möʼmiyo-i malham kabi quvvat böldi.
Dard kelganda fidoyilar saylanadi,
Xalq yukini kötarmoqqa şaylanadi.
Bu bir sinov, sinovda jon qiynaladi,
Fidoyilik meros elning bolasiga,
Kim el desa, el mardiga aylanadi.
Bir yuz öttiz olti millat – ahil xalqmiz,
Mahallalar aro tinçlik hokim xalqmiz.
Erk atalgan saltanatga doxil xalqmiz,
Haq yölida körinmas yov kuraşida,
Muştarak dil – daryolarga sohil xalqmiz.
Yurt soğligi şior bugun yuraklarga,
Gard yuqmagay yoş, navnihol kurtaklarga.
Bir nido bor şom-u sahar tilaklarda:
Yo Allohim, izn berma köz yoşiga
Elim yetsin soğ-u omon yuksaklarga!
Yaxşi kunlar oldimizda, xuş keladi,
Bu sinovlar köngillarda tuş böladi.
Köpkarilar qizgan eng zör kun keladi,
Aylanadi şunda elim töyboşiga –
Har kun Navröz, har tun Qadr tun böladi.
Uyda qoling! Uyga köçdi dorilfunun,
Uyga köçdi ilmi imon – masjid bugun.
Kezib yurar dunyo böylab makkor, malʼun.
Xalqim, degan köngillarning Kaʼbasiga,
Inşooloh, baxt yöllagay çarxi gardun.
Uyda qoling! Taʼqiqlarni hikmat bilib,
Yuraklardan vahimali hisni quvib.
Haqni panoh va mehribon Xollaq bilib.
Siltov böling, mardonlarning bardoşiga,
Har dilga yor – Pasulini barhaq bilib.
Hikmat uqdim, men yuz burib Navoiyga,
Hikmat budir, demiş: “Quloq tut Öziga,
Söngra Pasulullohu podşoh söziga”.
Elim mening qanot bölgay Yurtboşiga,
Qanot bölgay soğlom hayot parvoziga!
Pobiya YÖLDOŞEVA.
2020-yil 31-mart

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶