16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 04:07
Adabiyot 👁 396

“JAYXUN ILHOMLAPI” NNT AHLI ShUAPONI NAVPOʻZ MUShOIPASIGA ChOPLADI

“JAYXUN ILHOMLAPI” NNT AHLI ShUAPONI NAVPOʻZ MUShOIPASIGA ChOPLADI

Baʼzan davralarda koʻngillarni tebratuvchi bir savol tegrasida qalblar hayajonlar ogʻushiga singiydi:

- Nega ahli ashʼor eng yaxshi sheʼrlarini bahorda yozadilar va fasli navbahorni madh etadilar? Ajab! Shoir qalbi bilan bahorning uygʻunligi bormi yo?

- Ha, bor, azizlar. Qadamlar kengliklarga eltadi shoirni bu faslda. Nainki shoir, inson bolasi borki, yashillanib, tobora chiroy ochayotgan bogʻlar bagʻriga oshiqadi. Dillarni shukrona chulgʻaydi:

- Koʻkingga yetkazganingga shukur, Tangrim!

Ana endi ayting, ahli shuaro bunday pallada qanday uyiga sigʻsin?! Yaratganning irodasi ila qalbiga quyilib kelayotgan bahoriy baytlarda ham orzular, tugʻyonlar gʻalayoni!

Uyim mening hamma joydan keng edi,
Arshi aʼlo, jannatlarga teng edi.
Sigʻmay qoldim shu makonga men endi,
Azizlar navbahor keldi!

Bahorning goʻzal tashrifi Amudaryo elining shoiru shoiralarini yana bir davraga jam etdi. “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati qoshidagi “Jayxun ilhomlari” notijorat nodavlat tashkiloti rahbari, taniqli jurnalist Oʻrozali Peyimov hamda Qoraqalpogʻiston Pespublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist Saʼdulla Xoʻjaniyozovlarning tashabbusi bilan tashkilot aʼzolari ishtirokida “Sen bahorni sogʻinmadingmi?” deb nomlangan bahor mushoirasi boʻlib oʻtdi. Bir piyola choy ustida boshlangan mushoirada shoir va el sevgan salomchi Tursunboy Abdullayev, shoir Ahmad Nafasov, shoira qizlardan Zulfiya Ollayorova, Zuhra Ahmedova, Gulnora Yusupova, Muhayyo Oʻrinboyeva hamda havaskor shoira, 27-sonli maktab oʻquvchisi Tursunoy Jiyanboyevalar ishtirok etishdi.

Navroʻzona sheʼriyat bazmi ahli shuaroni sheʼr bahsiga chorlovchi satrlari bilan boshlandi.

Azizim, boshlandi bahor ayyomi,
Martning etagida koʻrindi rizq-roʻz.
Qaldirgʻochga toʻldi Vatan ayvoni.
Umrga zeb berib keldi gul Navroʻz!
Sen ham davraga kel, koʻnglingni ochib,
Yana Navroʻz keldi rizqqa yoʻl ochib!

Qalblariga bahor joʻshqinligi ingan shoir ogʻalar Tursunboy Abdullayev va Ahmad Nafasovlar biri-biridan oʻzib sheʼr oʻqidilar. Sheʼriyat bazmi davrasi kengaygandan-kengaydi, mushoira gali qizlarga yetdi. Zulfiyaxon Ollayorova sheʼr bahsida oʻzini namoyon qildi. Latif, oʻynoqi, xalqona satrlari dillarga jo boʻldi. Zuhraxon Ahmedova ochilib-sochilib bahorni madh etarkan, har bir qalb tubida betakror bolalik xotiralari uygʻondi. Halinchaklar sollangan baland gujumlar, sumalakka chogʻlangan momolar mushoira davrasiga sumalakning xush iforini  ufurganday boʻldi goʻyo.

Gulnora Yusupova, Muhayyo Oʻrinboyevalarning baxshiyona ijod namunalari sheʼriyat ixlosmandlarini maftun etdi. Eng jajji ijodkor Tursunoy Jiyanboyevaning qalbidan toʻkilgan oʻynoqi satrlar bahor jilgʻalari kabi koʻngillarga goʻzallik bagʻishladi.
“Sen bahorni sogʻinmadingmi?” mushoira bazmi tashkilotchilari Saʼdulla Xoʻjaniyozov va “Jayxun ilhomlari” NNT rahbari Oʻrozali Peyimovlarning bahoriy baytlari koʻklamga yetgan koʻngillarga shukronalik, orastalik, samimiyat bagʻishladi. Haqiqatan ham bahorni sogʻingan koʻngillar yanada tozardi, yangi ijod lahzalariga oshno boʻldi. Tursunboy Abdullayev shu yerning oʻzida doston yoʻllarida tabriklar bitib, tumanimizning ardoqli farzandlariga, shu barobarida mushoira ishtirokchilariga ham sheʼriy salomlar yoʻlladi. Bahorni sogʻingan koʻngillar yuksalib bu qutlugʻ kunga shukronalar aytildi.

Amuning suvlariga toʻsh urib uchgan qushim,
Bolajonlar quvonchin pirpirab, quchgan qushim –
Varraklarmi!? Yoʻq, ular EPK nurin ichgan qushim,
E-hey! Yashil boʻrk ila chulgʻandi oʻng-u tushim.
Koʻklandi qir-u dalam! Koʻzlarga surtdik, shukur!

Tashkilot aʼzolari, badiiy ijod ahli tomonidan oʻtkazilgan ushbu mushoira har bir qalbga joʻshqinlik, bahoriy ilhom va shukurona bagʻishladi.

Pobiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026