ONA ZAMIN – RIZQ-RÖZIMIZ MANBAI
Tumanimizda aholi bandligi va daromadlari ösişini taʼminlaydigan sohalardan biri – bu şubhasiz, qişloq xöjaligidir. Qadim-qadimdan ota-bobolarimiz ne bir maşaqqatlar evaziga tilsiz zamin bağridan rizqini undirib kelgan. Amu sohilida yastangan tumanimiz ekin maydonlari bugungi kunga kelib, qişloq xöjalik mahsulotlari bilan nainki aholini, balki, Respublikamiz bozorlari möl-kölligini ham taʼminlaydigan, totli mevalari, poliz mahsulotlari, sabzavotlari xorijga ham eksport qilinadigan hududga aylandi.
Xöş, joriy yilda tumanimiz fermerlari, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalarining rejalari qanday? Bu savolimizga tuman Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi raisi Ilhom Polvonov şunday javob berdi:
– Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 30-yanvarda qabul qilingan “Dehqon xöjaliklari va aholi tomorqalari yer uçastkalaridan yanada samarali foydalaniş çora-tadbirlari töğrisida”gi 53-sonli Qarori, tuman hokimining şu xususidagi 2020-yil 7-fevral kungi qaroriga asosan 2020-yilda dehqon xöjaliklari va tomorqa yer uçastkalarida bahorgi, örtagi (takroriy) qişloq xöjaligi ekinlarini joylaştiriş körsatkiçlari hamda ekinlardan yetiştiriladigan qişloq xöjaligi mahsulotlarining prognoz körsatkiçlari tasdiqlandi.
Tumanimizda jami 32570 nafar tomorqa yer egalarining 5217,3 gektar ekin maydonlari mavjud.
Bahor mavsumida 158 gektar yerga sabzi, 180,5 gektar yerga piyoz, 15,8 gektar yerga sarimsoq piyoz, 225,6 gektar yerga bodring, 169,2 gektar yerga kökatlar, 694,3 gektar yerga kartoşka, 477,3 gektar yerga poliz ekinlari, 631,8 gektar yerga pomidor ekinlarini ekiş va möl hosil oliş uçun qizğin harakat boşlanib ketdi. Şu yerlardan 69546,1 tonna hosil olinişi, olingan hosilning 59114,2 tonnasi içki bozorlarda sotilişi rejalaştirilgan.
Takroriy ekinlar qişloq xöjalik mahsulotlari yetiştirişning muhim manbalaridan ekanligi hisobga olinib, takroriy ekin sifatida 71,1 gektar yerga sabzi, 95,9 gektar yerga bodring, 224,3 gektar yerga kökatlar, 318,3 gektar yerga kartoşka, 240 gektar yerga poliz ekinlari, 119,9 gektar yerga pomidor, 981,8 gektar yerga boşqa ekinlar ekilişi közda tutilmoqda.
Ayni kunlarda tumanimiz böyiça 5,4 gektar yer maydonida 450 ta ixçam issiqxonalar taşkil qilinib, ertagi ekinlar köçatlari yetiştirilayapti. Bu köçatlar kunlar isişi bilan oçiq dalalarga köçirib ötqaziladi va möl hosil yetiştiriş çoralari köriladi.
Şuningdek, 2020-yil hosili uçun ötgan yilning avgust-sentyabr oylarida aholi tomorqalarining 878 gektar yeriga piyoz, sarimsoq piyoz, 233 gektar yeriga esa kuzgi boşoqli don ekinlari ekilgan edi. Uşbu maydonlardagi ekinlarni parvarişlaş işlari olib borilayapti, suğorib, oziqlantirilib, möl hosil oliş çoralari körilayapti.
Tumanda “Amudaryo tomorqa xizmat” masʼuliyati çeklangan jamiyati tomonidan tomorqa yer egalarining ekin maydonlariga motokultivatorlar orqali va kimyoviy işlov beriş, şuningdek, mineral öğitlar, uruğlar, mevali daraxtlar köçatlarini yetkazib beriş yölga qöyildi.
Körilayotgan çora-tadbirlarning barçasi xalqimizning möl-köl va xavfsiz oziq-ovqat, qişloq xöjaligi mahsulotlari bilan taʼminlanişiga, dasturxoni tökin-soçin bölişiga qaratilgan.
Zamonaviy ilm-fan yutuqlari keng joriy etilayotgan mazkur sohada mamlakatimiz aholisining köpçilik qismi maşğul ekanligi eʼtiborga molik. Ha, ona zamin rizq-rözimiz manbai.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶