Gulnoza Özbekiston çempioni böldi
19-umumtaʼlim maktabida sportga qiziquvçi öquvçilar köplab topiladi. Ular böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş uçun futbol, voleybol, basketbol tögaraklariga qatnaşişadi. Sportçi öquvçilarimiz maktabimiz şarafini himoya qilib kelişmoqda.
Sportga alohida mehr qöygan öquvçilardan biri Gulnoza Ahmedovadir. U 8-sinfning aʼloçi öquvçilaridan biri bölib, nafaqat maktabimizning, balki qişloğimizning ham faxridir. U 9 yoşidan boşlab, sportning Taekvando WTF turi bilan muntazam şuğullanib kelmoqda. Köpgina musobaqalarda iştirok etib, faxrli örinlarni egallagan. 2019-yilning 18-21-iyun kunlari Toşkent şahrida ötkazilgan taekvando böyiça Toşkent oçiq turnirida iştirok etib, faxrli 3-örinni qölga kiritdi. Şuningdek, Gulnoza 2019-yil 6-7-sentyabr kunlari Nukus şahrida bölib ötgan turnirda 1-örinni qölga kiritib, Özbekiston çempionatiga yöllanmani qölga kiritdi. Sportçi qizimiz Gulnoza Özbekiston çempionatida ham muvaffaqiyatli qatnaşib, 2-darajali diplom bilan taqdirlandi.

2020-yil ham Gulnoza uçun omadli keldi. U 22-23-fevral kunlari yoş ösmirlar va qizlar örtasida ötkazilgan Qoraqalpoğiston Pespublikasi çempionatida qatnaşib, faxrli 1-örinni egallab, Qoraqalpoğiston çempioni böldi. Gulnozaning bunday yutuqlarni qölga kiritişida uning murabbiyi Oybek Abdullayevning xizmati kattadir. U şogirdiga sportning sir-asrorlarini qunt bilan örgatib kelmoqda.
Biz Qoraqalpoğiston va Özbekiston çemioni, yoş iqtidorli sportçi qizimizga zafarlar tilab, uning ğalabalari bardavom bölişini, tilaymiz, Özbekiston sport şarafini yanada yuksaklarga kötarişiga işonamiz.
Muhabbat ŞAMAYeVA,
19-sonli maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶