22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 01:34
Siyosat 👁 441

Amudaryoda Oʻzbekiston Pespublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari profilaktik tadbir oʻtkazishdi

Amudaryoda Oʻzbekiston Pespublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari profilaktik tadbir oʻtkazishdi

Ob-havo haroratining pasayib borishi natijasida gaz va boshqa turdagi muqobil yoqilgʻi isitish moslamalaridan foydalanishga boʻlgan ehtiyoj ortib boradi. Bunday paytlarda isitish moslamalaridan notoʻgʻri foydalanish oqibatida yongʻinlar hamda is gazidan zaharlanishlarga doir favqulodda hodisalar sodir boʻlib, insonlarning hayoti xavf ostida qoladi.

Mamlakatimizda shu kabi favqulodda holatlarning oldini olish yuzasidan FVV tomonidan keng koʻlamli profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Tumanimizda ham favqulodda sodir boʻladigan hodisalarning oldini olish, shunday vaziyatlarda xavfdan saqlanish, atrofdagilarga ham yordam koʻrsatish choralarini tushuntirish boʻyicha profilaktik tadbir oʻtkazildi. Tadbirda Oʻzbekiston Pespublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidan polkovnik Sardor Atamuhamedov, tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari, tuman gaz va elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari hamda aholi vakillari ishtirok etdilar. Profilaktik tadbirlar doirasida masʼullar, aholi yashash joylarida tabiiy va is gazidan zaharlanish, yongʻinlar, quturish kasalligi va boshqa favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida tumandagi Navoiy hamda Boʻston mahallalaridagi xonadonlarda aholining yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar.

Maʼlumot tariqasida aytish kerakki, shu davrga qadar tuman hududida 49 ta mahallada is gazidan zaharlanishning oldini olish boʻyicha 49 ta tushuntirish- targʻibot tadbirlari tashkil qilinib, 12466 ta aholi xonadonlarining yongʻinga qarshi holati oʻrganib chiqilgan. Oʻrganishlar natijasida 809 ta kamchilik holati aniqlanib, 714 tasi joyida bartaraf etilgan hamda 24 ta fuqarolarga tabiiy resurslardan qonun doirasida foydalanmaganligi sababli maʼmuriy javobgarlik belgilangan.

Tadbir davomida tabiiy gazning toʻliq yonmasligi, bexosdan uzilib qolishi, xona ichida toʻplanishi, yoqib qarovsiz qoldirish, ulashda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida portlash, yongʻin, hamda tabiiy va is gazidan zaharlanish holatlari bilan bogʻliq sodir boʻlayotgan favqulodda vaziyatlar haqida soʻz yuritildi. Bunday holatlar hatto insonlarning turli xil tan jarohati olishi yoki oʻlimi bilan yakunlanayotganligi ham qayd etildi.

Shuningdek, aholi oʻrtasida is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashi bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini, ularning bu boradagi savodxonligini oshirish maqsadida oʻtkazilgan targʻibot tadbirida bunday holatlarning oldini olish uchun qilinishi lozim boʻlgan choralar, ushbu holatlarning ayanchli oqibatlari xususida koʻplab savollar berildi. Tadbir tashkilotchilari barcha savollarga hayotiy misollar bilan javob berdilar.

Qolaversa, aholining tabiiy va is gazi, elektr energiyasi masalalarida qiynayotgan murojaatlari tinglandi. Murojaatlardagi masalalarni hal qilish boʻyicha tegishli tashkilotlar bilan kelishib olindi.

Taʼkidlash kerakki, elektr va gaz taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish, bozor mexanizmlarini keng joriy qilish orqali energiya resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash, shuningdek, mazkur sohada koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash bugungi kundagi dolzarb vazifalardan biriga aylangan. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish esa har birimizning insoniylik burchimizdir.

Charos Arslonova,

tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026