Bolalar salomatligi - eʼtiborimizda
Bizning har kungi hayotimizda va ishimizda "Oʻzbekiston – kelajagi buyuk davlat” shioriga amal qilayotganimiz bejiz emas. Yetti ming bir yuz nafardan ortiq ovulimiz aholisining yildan-yilga toʻq, farovon, tinch-xotirjam va totuv hayot kechirishlari uchun saʼy-harakatlar qilayotirmiz. Tomorqa yerlardan unumli foydalanish tajribalari boyib, tobora ommalashib bormoqda. Buni aholining toʻkin dasturxonlari, toʻy-tomoshalarning yildan-yilga koʻpayishi misolida ham yaqqol koʻrishimiz mumkin.
Qishlogʻimiz bolalari va yoshlarining taʼlim-tarbiya olishlari uchun toʻrtta maktabgacha taʼlim muassasalari, uchta umumtaʼlim maktablari ishlab turibdi. Bu taʼlim muassasalarida muhtaram Prezidentimizning: "Farzandlarimiz bizdan koʻra bilimli, kuchli, dono va albatta baxtli boʻlishlari shart”, - degan purhikmat soʻzlariga amal qilinmoqda. "”Sogʻlom bola yili” Davlat dasturida belgilangan ulugʻvor vazifalarni amalga oshirish borasida ham koʻlamdor ishlar qilinmoqda. Eng avallo bolalarning ham jismonan, ham maʼnan sogʻlom boʻlishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berishga harakat qilmoqdamiz. "Toʻlqin” qishloq vrachlik punkti, qolaversa tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlarning, jon-kuyarliklari tufayli "Salomatlik haftaliklari” oʻtkazilishi barobarida mavjud toʻrtta maktabgacha taʼlim muassasalarida va uchta umumtaʼlim maktablarida bolalarning sogʻliklari tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Kasalliklari aniqlangan bolalar sogʻlomlashtirish muassasalari nazoratiga olindi.
Qishlogʻimiz markazidagi 1-sonli bolalar va oʻsmirlar sport maktabining boks sektsiyasi, mana, chorak asrdan buyon muvaffaqiyatli ishlab turibdi. Bu yerdan shu kungacha boks boʻyicha sakkiz nafar Qoraqalpogʻiston chempionlari yetishib chiqdi. Bunday yuksak koʻrsatkichni qoʻlga kiritishda tajribali va malakali jonkuyar murabbiy Azimjon Muxtorovning xizmatlari har qancha tahsinlarga loyiqdir.
Bahor kelishi bilan tabiatda jonlanish, koʻkarish, yasharish va yangilanish boshlanadi. Dehqonlarimiz dala boshlariga. Bogʻbonlarimiz esa bogʻlariga shoshiladilar. Tadbirkor dehqonlarimiz oʻzlarining tomorqa yerlaridan unumli foydalanish taraddudini koʻradilar.
Ayni shu kunda mahallalarni, koʻchalarni va xonadonlarni obodonlashtirish, supirib-sidirib saranjom-sarishta qilish, manzarali va mevali daraxt koʻchatlarini oʻtkazish ishlari qizgʻin tus olmoqda. Har bolaga ikki tup mevali daraxt koʻchati oʻtkazish tashabbusi amalga oshirilmoqda.
Nurulla XOʻJAMETOV. "Toʻlqin” OFY raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶