14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 09:49
Adabiyot 👁 437

JAYXUN ILXOMLAPI

JAYXUN ILXOMLAPI

Yaxshilar yodi

(“Sintez” guruhi musiqachisi

B.Xudoyberganov xotirasiga)

Ohanglarga joylab sohir navolarni,

Erkalatib tongda mayin sabolarni,

Muxlislari bergan edi baholarni

Hamon yangrar dilbar qoʻshiq, kuy-sozlari

Unutmaydi doʻstu shogird, ustozlari.

 

Ortib borar elda yodi – hurmatlari,

Yetti yoshu yetmish yoshli ulfatlari,

Hazillari, dilkash, shirin suhbatlari

Hamon yangrar dilbar qoʻshiq, kuy-sozlari

Unutmaydi doʻstu shogird, ustozlari.

 

Yashaydi el toʻyi, bayram, bazmida ham,

“Sintez”, ”Navo” – estrada vaznida ham,

Zamonaviy shoʻx oʻynoqi nazmida ham

Hamon yangrar dilbar qoʻshiq, kuy-sozlari

Unutmaydi doʻstu shogird, ustozlari.

 

Yorqin yulduz porlab chiqdi zamonida

Sanʼat arshi, sahna koʻshki – boʻstonida,

Oʻchmas yodgor nomi tarix maydonida

Hamon yangrar dilbar qoʻshiq, kuy-sozlari,

Unutmaydi doʻstu shogird, ustozlari!

Tursunboy

Abdullayev.

ZULFIYaGA

Zulfiya sheʼrida bir ajib sir bor,

Qandaydir diltortar, sokin, begʻubor.

Gohi shoʻx, koʻngilni ketar quvnatib,

Gohida koʻz yoshlab, qalbni tilkalar.

 

Xayolan kimgadir talpinaverar,

Qalban izlayverar qay bir makonni.

Oʻtmish va bugunning ichida yurar,

Sogʻinchlar oʻrtaydi oʻrtangan jonni.

 

Oʻqisam, tabassum inar yuzimga,

Baʼzan achchiq yoshlar toʻlar koʻzimga.

Zulfiya yangidan jonlanaverar,

Sheʼrlarin oʻqisam, mening nazdimda.

Mehribon ShOMUPODOVA,

1-sonli maktab oʻquvchisi.

OTAGA TIK BOQQAN ODAMNING...

Iymoni yoʻq, yoʻqdir Xudoyi,

Otaga tik boqqan odamning.

Ochilmagay aslo chiroyi,

Otaga tik boqqan odamning.

 

Osmonida quyosh porlamas,

Suhbatiga shayton chorlamas.

Yuzi qora, derlar yaramas,

Otaga tik boqqan odamni.

 

Qirqqa kirmay qarib qoladi,

Gʻam-alamdan qad bukiladi.

Har qadamda bir qoqiladi,

Umri xarob bunday odamning.

 

Olgʻa qarab yurmaydi ishi,

Boshida bor mudom tashvishi.

Odam qator koʻrmas hech kishi,

Otaga tik boqqan odamni.

 

Bir tekisda boʻlmas hayoti,

Baʼzan koʻkka yetar faryodi.

Shomurod der, bormi murodi,

Otaga tik boqqan odamning?!

Shomurod XOʻJANOV.

ISTAK

Qoʻllarim hech tinim bilmaydi,

Bilmadim, u neni koʻzlaydi.

Kelajakka olgʻa qadamni

Tashlamoqni  koʻngil istaydi.

 

Ezgulikni koʻzlayman har dam,

Yaxshilarni albat, qoʻllayman.

Yalqovlikka hech hushim yoʻqdir,

Kecha-kunduz tinim bilmayman.

 

Oq qogʻozni toʻldirib baʼzan,

Oʻylarimni toʻkib olaman.

Osmonlarga uchib xayolda,

Tinim bilmay ijod qilaman.

Dildora PAJABOVA, “Doʻstlik” mahallasi.

ZULFIYaXONIMGA

Qorlarning tagida,

Bahor uygʻondi.

Bahorni kuylovchi,

Koʻnglim toʻlgʻondi.

 

Boshimda doʻppi,

Egnimda atlas.

Oʻzbekning qiziman,

Taʼrif kerakmas.

 

Bahor kuychisi,

Ulugʻ Zulfiya.

Odamlar qalbiga,

Bitgan madhiya.

Nafisa Hamroyeva,

46-maktab oʻquvchisi.

ONAMGA

Hayot goh zulmat,

Goho qorongʻi.

Mehr-muhabbat,

Bu hayot tongi.

 

Yonimda bedor,

Aziz va suyuk.

Onajonim bor,

Men uchun buyuk.

 

Dardim olar u,

Yurak gʻashlansa.

Tunlar bedor u,

Koʻzlar yoshlansa.

 

Shukurlar boʻlsin,

Allohimga ham.

Mening jannatimdir,

Mehribon onam.

Latofat Boltaboyeva.

OTA-ONAM

Dunyoda bor bir odam,

Qalbiga sigʻar olam.

Soʻzlari dilga malham,

Udir mehribon onam.

Suyangan togʻim otam.

 

Soʻzlarida hikmat jam,

Bizni deb yashar har dam.

Omon boʻlsin deb bolam

Duo qilguvchi otam.

Va mehri ummon onam!

Olmagul TOʻLIBOYeVA, 40-sonli maktab oʻquvchisi.

Yurakdagi dard

(Dadasi tashlab ketgan qiz tilidan)

Dada! Bugun sizni juda sogʻindim,

Koʻzlarim sizni koʻrishga mushtoq.

Yana suratingiz bilan ovundim,

Bir joydamiz, lek koʻngillar yiroq.

 

Mana, uch oydirki, sizdan xabar yoʻq,

Yoʻqlamadingiz hech, munis qizingiz.

Yurakka otdingiz sogʻinch degan oʻq,

Izlab topolmadim bosgan izingiz.

 

“Qizlarim ahvoli ne ekan”? deya,

Kelmadingiz, bir bor izlab bizlarni.

Hayot charxpalagi aylanib, bir kun,

Juda sogʻinasiz mungli koʻzlarni.

 

Men va singillarim aybimiz nedir?

Javobsiz bu savol yuragim tigʻlar.

Sogʻina-sogʻina sizni qizingiz,

Alam va dard ila sadosiz izlar.

 

Ha! Men tugʻildim qiz bola boʻlib,

Nahot  shudir,  mening katta gunohim?

Yuragim bormoqda alamga toʻlib,

Hech kimsa bilmaydi faryod-u ohim.

 

Faqat qalam-qogʻoz boʻlar sirdoshim,

Unga toʻkiladi koʻngildagi dard.

Balki bu ham Alloh yuborgan sinov,

Barchasiga koʻnib yashamogʻim shart!

 

Men va singillarim – sizning qizingiz,

Biz baxtli boʻlishga haqqimiz yoʻqmi?

Axir bizlar sizning hayot izingiz,

Pavo koʻrganingiz gʻam degan oʻqmi?

 

Bugun bagʻringizda gul emas, alaf,

Guldek qizlaringiz sizdan olisda…

Yillar oʻtib, aslo kelmang biz taraf,

“Kechir”, demang yana mayin ovozda.

 

Alloh menga omad etganda hadya,

Bir kun tanilaman, shoira boʻlib.

Eslaysiz: “U mening qizginam”, deya,

Mening yutugʻimdan faxrga toʻlib.

 

Dada! Sizga uchta qiz berdi  Xudo!

Lek; “oʻgʻil emas”, deb kechdingiz bizdan.

Barcha otalarga eng soʻnggi soʻzim –

Ustun koʻrmang aslo, oʻgʻilni qizdan!  

Iroda EPDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019