“Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkilotining grant loyihasi doirasida Nukusda spektakl namoyiş etildi
Joriy yilning fevral oyida “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi huzuridagi nodavlat notijorat taşkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan eʼlon qilingan tanlovda öz loyihasi bilan iştirok etib, davlat granti sohibi bölgan edi. Grant loyihasi iş rejasiga köra taşkilot Qoraqalpoğiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda korruptsiyaga qarşi kuraşişning zamonaviy usullaridan foydalangan holda uşbu illatning oldini olişga kömaklaşiş maqsadida eng sara sahna asarini aniqlaş böyiça stsenariylar tanlovini eʼlon qildi. Joriy yilning may oyida esa hakamlar hayʼati tomonidan Bayjan Uzaqov qalamiga mansub “Davr dardi” nomli spektakl stsenariysi tanlov ğolibi deb eʼlon qilindi.
Korruptsiyaning davlat va jamiyat taraqqiyotiga salbiy taʼsirini va poraxör hamda taʼmagir insonlarning taqdiri qançalik ayançli tugaşini hayotiy misollar bilan ifoda etuvçi mazkur sahna asari ikki oy davomida rejissyor Mars Nuratdinov boşçiligidagi ijodkorlar guruhi tomonidan sahnalaştirildi.
17-iyul kuni Qoraqalpoq davlat yoş tomoşabinlar teatrida “Davr dardi” nomli uşbu spektaklning premerasi bölib ötdi. Premerada Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, Madaniyat vazirligi masʼullari, grant loyihasining ijroçilari hamda keng jamoatçilik vakillari iştirok etişdi.
Korruptsiya va taʼmagirlik, afsuski, jamiyat va davlat rivojiga jiddiy salbiy taʼsir körsatuvçi global muammolardan biri hisoblanadi. Bu illatlar iqtisodiy ösişni sekinlaştiradi, investitsiyalarni kamaytiradi va davlatning institutsional tizimiga putur yetkazadi. Şuningdek, korruptsiya fuqarolarning ijtimoiy adolatga, haqiqatga va davlat organlariga bölgan işonçining yöqolişiga olib keladi.
Özbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarşi kuraşiş masalasi davlat rahbariyatining doimiy diqqat markazida. Davlatimiz korruptsiyaning oldini oliş va uning ildizlariga barham beriş maqsadida köplab tadbirlarni amalga oşirmoqda. Jumladan, qonunçilik asoslarini takomillaştiriş, davlat organlarining oçiqligini taʼminlaş va axborotlardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş borasida muhim işlar amalga oşirilmoqda. Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi huzuridagi nodavlat notijorat taşkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan aynan şu masalada davlat granti ajratilgani ham fikrimizning isbotidir.
Bayjan Uzaqov qalamiga mansub uşbu asarda oliy taʼlim muassasasi öqituvçilaridan birining kirdikorlari foş etiladi hamda uning ayançli taqdiri ibrat sifatida ifoda etiladi. Asarda taʼmagir öqituvçi talabalardan biriga “Seni öqişga men kiritdim” deb, undan pora talab qiladi. Belgilangan pulni bermasa, turli yöllar bilan öqişdan çetlatişini aytib, talabaga bosim ötkazadi. Fakultet rahbariyati, hamkasblari hamda halol va töğrisöz öqituvçi döstining ogohlantirişlari va tanbehlariga qaramasdan qinğir yöldan qaytmagan “qahramon”, nihoyat huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari tomonidan qölga olinadi. Spektakl söngida uning farzandlari hamda turmuş örtoğining monologlari har qanday tomoşabinni tölqinlantirib, taʼmagirlik kabi illatga nisbatan keskin murosasizlikka çorlaydi.
Spektakldagi barça rollarni Qoraqalpoq davlat yoş tomoşabinlar teatrining isteʼdodli aktyor va aktrisalari maromiga yetkazib ijro qilgan.
“Jayxun ilhomlari” NNTning grant loyihasi iş rejasida mazkur sahna asarini davlat organlari xodimlari va keng jamoatçilik uçun bir neça oy davomida namoyiş qiliş, şu orqali aholi ongida korruptsiyaga qarşi murosasizlik tuyğusini şakllantirişga hissa qöşiş rejalaştirilgan.
Premera söngida Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining qömita boşliği Tajibay Romanov sözga çiqib, spektaklga dolzarb mavzu tanlangani, uning mahorat bilan sahnalaştirilgani, ijro etilgani hamda muvaffaqiyatli namoyişi bilan loyiha ijroçilarini, ijodiy guruhni tabrikladi va kelgusi işlariga muvaffaqiyatlar tiladi.
X.Aytboyeva, loyiha koordinatori

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶