21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 21:37
Iqtisodiyot 👁 585

Avtomobil transportida yo’lovchi va yuklarni tashish xizmatini litsenziyalash tartibidan xabardormisiz?

Avtomobil transportida yo’lovchi va yuklarni tashish xizmatini litsenziyalash tartibidan xabardormisiz?

Davlat xizmatlarini ko’rsatish sohasini jadal rivojlantirish hamda aholi ehtiyojlaridan biri bo’lgan transport xizmati sohasidagi yangiliklar yaratish xalq uchun zarur sharoit yaratilgan bo’lsa ajabmas.

Transport xizmati ko’rsatishni tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish, qulay sharoit yaratish, shuningdek respublikaning transport salohiyatini oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yuk va yo’lovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 2019-yil 6-martdagi PQ-4230-son qarori qabul qilindi hamda ushbu qarorga muvofiq avtomobil transportida yo’lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo’nalishlar bo’yicha tashish faoliyatini litsenziyalash jarayonini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-iyul kungi 636-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorning birinchi ilovasida «Avtomobil transportida yo’lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo’nalishlar bo’yicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlarini ko’rsatishning» Ma’muriy reglamenti tasdiqlangan. Reglamentga muvofiq avtomobil transportida yo’lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo’nalishlar bo’yicha tashish faoliyatini litsenziyalash, tijorat asosida amalga oshiriladigan yo’lovchi va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo’nalishlar bo’yicha tashish faoliyatini litsenziyalanadi.

Shuningdek reglamentda tijorat asosida yo’lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo’nalishlar bo’yicha tashish faoliyati yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo’yilgan.

         Reglament talablari aholining hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘ygan tabiiy ofatlar, epidemiyalar, yirik avariyalar oqibatlarini tugatish hamda Hukumatning qarorlari bo‘yicha avariya-qutqarish va tiklash ishlari amalga oshirilishi va muruvvat yuklari yetkazib berilishi talab etilishi bilan bog‘liq tashishlarni amalga oshirishga, elektron tijorat orqali realizatsiya qilingan tovarlarni sotuvchiga va yetkazib beruvchiga shaxsiy mulk, ijara va boshqa foydalanish huquqiga asosan tegishli bo‘lgan avtomobil transportida O‘zbekiston hududi bo‘ylab yetkazib berishga, aeroportdan, temir yo‘l vokzallari va avtostansiyalardan mehmonxonaga va undan qaytishga, o‘z ehtiyojlari uchun yuklarni texnologik tashish uchun, shuningdek, turizm obyektlariga o‘zining ijarachilariga transport xizmatini ko‘rsatish uchun hamda “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasida nazarda tutilgan tashkilotlarga litsenziya olish uchun talab etilmaydi, qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.

 Litsenziya berish, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari tomonidan tegishli qarorlar qabul qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan— yo‘lovchilarni va yuklarni xalqaro tashish bo‘yicha litsenziyalar berish, litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish, shuningdek, ularni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish amalga oshiriladi.

Reglamentning 1-ilovasiga muvofiq avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish huquqi uchun namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.

Ariza beruvchining so‘rovnomasiga ko‘ra litsenziya quyidagi faoliyat turlari uchun beriladi:

- yo‘lovchilarni shaharda avtobuslarda tashish;

- yo‘lovchilarni shaharda mikroavtobuslarda tashish;

- yo‘lovchilarni shaharda yengil avtomobillarda tashish;

- yo‘lovchilarni shahar atrofida avtobuslarda tashish;

- yo‘lovchilarni shahar atrofida mikroavtobuslarda tashish;

- yo‘lovchilarni shahar atrofida yengil avtomobillarda tashish;

- yo‘lovchilarni shaharlararo avtobuslarda tashish;

- yo‘lovchilarni shaharlararo mikroavtobuslarda tashish;

- yo‘lovchilarni shaharlararo yengil avtomobillarda tashish;

- yo‘lovchilarni xalqaro avtobuslarda tashish;

- yo‘lovchilarni xalqaro mikroavtobuslarda tashish;

- yo‘lovchilarni xalqaro yengil avtomobillarda tashish;

- yuklarni avtomobil transportida shaharda va shahar atrofida tashish;

- yuklarni avtomobil transportida shaharlararo tashish;

  - yuklarni avtomobil transportida xalqaro tashish.

Xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha yuklarni tashishni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya varaqasiga ega bo‘lgan avtomobilda milliy yuk tashuvchilar unga muvofiq shaharlararo yo‘nalishlarda yuk tashishni amalga oshirish huquqiga ham egadirlar.

Ariza beruvchining so‘rovnomasiga ko‘ra litsenziyalovchi organ qaroriga binoan — faoliyat turiga litsenziya;

ariza beruvchining so‘rovnomasiga ko‘ra avtotransport vositalarining harakatdagi tarkibiga faoliyat turiga berilgan litsenziya asosida — litsenziya varaqalari;

mazkur Reglamentning 32-bandida nazarda tutilgan holatlarda qayta rasmiylashtirilgan ariza beruvchining so‘rovnomasiga ko‘ra — litsenziya/litsenziya varaqalari;

avtotransport vositasining davlat raqami belgisi o‘zgarganda, avtotransport vositasining yuk ko‘tarish yoki yo‘lovchi sig‘imi ko‘payganda (kamayganda), bir avtotransport vositasi shu turdagi boshqa avtotransport vositasiga almashtirilganda ushbu avtotransport vositasidagi mavjud litsenziya varaqalari asosida ariza beruvchining litsenziya varaqalarini qayta rasmiylashtirish bo‘yicha arizasiga ko‘ra — qayta rasmiylashtirilgan litsenziya varaqalari beriladi.

Ushbu bandda belgilangan har bir holatda ariza beruvchi (yoki litsenziat) avtotransport vositalari mavjud bo‘lgan taqdirda, ularning mulk huquqi, ashyoviy huquqlar yoki ijara asosida tegishliligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan birga avtotransport vositalarining ro‘yxatini so‘rovnomada ko‘rsatadi.

Mazkur reglamentga ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadi:

a) yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami; jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) uchun yuk tashish huquqiga litsenziya olishda — familiyasi, ismi, otasining ismi, pasportga hamda haydovchilik guvohnomasiga oid ma’lumotlar; faoliyatning litsenziyalanadigan turi (yoxud uning bir qismi) ko‘rsatilgan holda litsenziya berish to‘g‘risidagi so‘rovnoma va/yoki litsenziya varaqalari olish uchun korxona ixtiyorida bo‘lgan avtotransport vositalarining ro‘yxati bilan birga avtotransport vositalarining mulk huquqi, ashyoviy huquqlar yoki ijara asosida tegishliligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

b) ariza beruvchida haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan va avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish yoxud ariza beruvchining tegishli ixtisoslikdagi tashkilot bilan unga tibbiy ko‘rik va texnik ko‘rikdan o‘tish imkoniyati yaratib berilishi to‘g‘risidagi shartnomasi mavjudligi haqidagi ma’lumotlar.

Davlat xizmati ko’rsatish ushbu Reglamentning 3-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.

Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro‘yxatdan o‘tadi.

Ariza beruvchi shaxsan o‘zi borgan taqdirda davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida orqali murojaat qilingan taqdirda esa, ariza beruvchi shaxsan o’zi  mazkur Reglamentning 4-ilovasiga muvofiq shaklda avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatiga litsenziya berish bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun so‘rovnoma, 5-ilovasiga muvofiq shaklda litsenziya varaqalarini olish uchun korxona ixtiyorida bo‘lgan avtotransport vositalari to‘g‘risida ma’lumotlar to‘ldiriladi.

Ariza beruvchidan mazkur reglamentda ko‘rsatilmagan ma’lumotlar va hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.

Ariza beruvchi ma’lumotlarni rasmiylashtirgandan va so‘rovnomaga kiritgandan so‘ng uni o‘z elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yig‘im va avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini amalga oshirish yuzasidan litsenziya varaqalarini berish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorlarda davlat boji undiriladi.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatganligi uchun yig‘im va davlat boji to‘langanligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.

Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishning har qanday bosqichida bosh tortishga haqlidir.

Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortgan taqdirda, uning so‘rovnomasi ko‘rib chiqilmaydi va to‘langan yig‘imlar miqdori qaytarilmaydi.

Davlat xizmatlari markaziga shaxsan borib murojaat qilinganda so‘rovnoma to‘ldirilgandan keyin bir soat mobaynida so‘rovnoma litsenziyalovchi organga yuboriladi.

Litsenziyalovchi organ so‘rovnoma tushgan paytdan boshlab bir ish kuni mobaynida:

elektron hamkorlik yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasidan litsenziya varaqasi olish uchun taqdim etilayotgan avtotransport vositasi(lar)ga tegishli ma’lumotlarni elektron so‘rov orqali oladi;

elektron hamkorlik yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquq yoki ijara shartnomasi asosida mavjud avtotransport vositalari to‘g‘risida ma’lumotlarni oladi;

litsenziyalovchi organ mazkur Reglament asosida ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘liqligini va litsenziya talablariga muvofiqligini o‘rganib chiqadi.

Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal orqali tushgan so‘rovnomada ma’lumotlar to‘liq taqdim qilingandan hamda yig‘im va davlat bojlari to‘liq to‘langanligi tasdiqlangandan keyin litsenziya/litsenziya varaqalari rasmiylashtirib beriladi.

Litsenziyalovchi organ davlat boji tushgan vaqtdan boshlab bir ish kunida QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan litsenziya/litsenziya varaqalarini rasmiylashtiradi hamda uni litsenziyalovchi organ vakolatli shaxsining ERIsi bilan tasdiqlab, tegishli davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron ravishda yuboradi.

Davlat xizmatlari markazi, QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan litsenziya/litsenziya varaqalari tushgandan so‘ng 10 daqiqada uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra, unga QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan litsenziya/litsenziya varaqalarini elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda muhrini bosib berish yo‘li bilan taqdim etishi mumkin.

Yangi qabul qilingan qarorlar bilan tartibga solingan tamoyillarga asos davlat xizmatlari ko’rsatish  xalqning davlat idoralariga bo’lgan ishonchini oshiradi.

Umida Saparbayeva, Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazi bo’lim boshlig’i

 

 

 

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026