“Navoiy siymosiga uluğ ehtirom” nomli tadbir bölib ötdi
Alişer Navoiy - özbek xalqining uluğ şoiri va buyuk mutaffakiri bölib, uning nomi dunyoning eng maşhur şoirlari qatorida tilga olinadi. Navoiy butun ijodiy faoliyatini insoniyatning baxti uçun kuraşga, xalqning osoyiştaligi, obodonçilik işlari, sanʼat hamda adabiyot taraqqiyotiga bağişladi.
Uluğ mutafakkir, söz mulkining sultoni Alişer Navoiyning boy maʼnaviy merosi asrlar oşa butun başariyatni hayratga solib, insonlar qalbiga, ong-u şuuriga ezgulik, insonparvarlik, saxovat, mehr-muruvvat ziyosini taratib kelmoqda. Mamlakatimizda uluğ bobokalonimizga ehtirom körsatiş, asarlarini örganiş, uni dunyoda keng tarğib etişga doimiy eʼtibor qaratilmoqda.
9-fevral sanasi buyuk siymo tavalludi sifatida har yili keng miqyosda nişonlanadi. Barça taʼlim muassasalarida ababiy-badiiy keçalar taşkil qilinadi.
Xususan, tumanimizdagi 65-sonli umumtaʼlim maktabida ham Alişer Navoiy tavalludining 579 yilligi munosabatiga bağişlangan badiiy keça bölib ötdi.
Şu örinda taʼkidlaş kerakki, bunday tadbirlar taşkil qilinişi uluğ bobokalonimizning boy adabiy merosini örganiş va tarğib etişni keng yölga qöyiş, öquvçi-yoşlar qalbi va ongiga Navoiy asarlarining mazmun-mohiyatini, badiiy xususiyatini va tarbiyaviy ahamiyatini çuqur singdirişga xizmat qiladi.

Şu maqsadda ötkazilgan “Navoiy siymosiga uluğ ehtirom” deya nomlangan tadbirda maktabning 6-sinf öquvçilari ajoyib çiqişlar qildilar. Badiiy keça 6-“B” sinf öquvçilari hamda sinf rahbari, ona tili va adabiyot fani öqituvçisi Dilnoza Xudoyberganova taşabbuskorligida bölib ötdi. Tadbirni maktabning maʼnaviyat-maʼrifat işlari böyiça direktor örinbosari Baxtiyor Nasrullayev oçib berdi hamda mutafakkir isteʼdodi va ijodi haqida iliq fikrlar bildirdi.
Badiiy keça boşida öquvçilar buyuk siymo maşaqqatli hayoti hamda betakror ijodi xususida qiziqarli maʼlumotlar bayon qildilar.
Darhaqiqat, Alişer Navoiy ham şeʼriyatda, ham nasrda mislsiz maʼnaviy meros qoldirdi. Uning asarlarini butun jahon xalqlari sevib mutolaa qiladi. Navoiy ijodining gultoji, turkiy tilda yozilgan ilk “Xamsa” asari beşta dostonni öz içiga olib, bular “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Şirin”, “Layli va Majnun”, “Sabbai sayyor”, “Saddi Iskandariy” dostonlaridir.
Şuningdek, Navoiy asarlarining barçasida asosiy mavzusi komil insonni tarbiyalaş bölib, bunga esa faqatgina ilm örganiş orqaligina erişiş mumkinligi taʼkidlandi.
Darhaqiqat, xalqimizning uluğ mutafakkiri, maʼrifatparvari va buyuk şoiri Alişer Navoiy yoşlarni tarbiyalaş işiga alohida eʼtibor bergan. U har bir asari orqali farzandlarni ilm-hunarni, mehnatni sevişga undab, örganilgan ilm va hunarni xalq, Vatan ravnaqi yölida sarf qiliş zarurligini uqtirgan.
Badiiy keçada öquvçilar Alişer Navoiy ğazallari, ruboiylaridan parçalar aytdilar. Şuningdek, öquvçilar tomonidan Navoiy va Guli suhbati, Husayn Boyqaro va Navoiy suhbati sahna körinişlari ijro qilindi. Keçada iştirok etayotganlar sahna körinişlarini maroq bilan tomoşa qildilar. Ayniqsa, sinf qizlari ijrosidagi “Bibixonim” raqsi barçaga kötarinki kayfiyat bağişladi. Tadbirda nafaqat öquvçilarning, balki iştirok qilayotgan boşqa fanlar öqituvçilarining adabiyotga va badiiy söz sanʼatiga bölgan qiziqişlari yanada oşdi.
Badiiy keça barçada katta taassurot qoldirdi.
Çaros Arslonova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶