14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 13:08
Adabiyot 👁 407

“Ulugʻ mutafakkir xotirasiga ehtirom” nomli badiiy kecha oʻtkazildi

“Ulugʻ mutafakkir xotirasiga ehtirom” nomli badiiy kecha oʻtkazildi

Tumanimizdagi barcha taʼlim muassasalari qatorida 53-sonli umumtaʼlim maktabida ham gʻazal mulkining sultoni Nizomiddin mir Alisher Navoiy tavalludi keng nishonlandi.

Taʼlim maskanida 9-fevral Alisher Navoiy tavalludiga 579-yil toʻlishi munosabati bilan ajoyib bayram tadbiri tashkil etildi.  

Aytish joizki, adib oʻzbek mumtoz adabiyotida munosib iz qoldirgan. Uning buyuk merosi avlodlar maʼnaviyatini yuksaltirishga xizmat qilib kelmoqda. Tadbirni ochib bergan maktab direktori Hakimboy Madaminov Navoiyning avlodlarga qoldirgan maʼnaviy merosi, uning lirik hamda nasriy asarlari xususida soʻzladi.
Taʼkidlanganidek, ulugʻ mutafakkir, soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiyning boy maʼnaviy merosi asrlar osha butun bashariyatni hayratga solib kelmoqda. Alisher Navoiy dunyo adabiyoti tarixida tengi topilmas bir siymo hisoblanadi. Isteʼdodining ulugʻvorligi-yu teranligi jihatidan ham, xalqparvar davlat arbobi sifatida jamiyatda tutgan yuksak mavqei yuzasidan ham, ilm-fan, madaniyat va sanʼat, adabiyot ahliga koʻrsatgan homiyligi jihatidan ham oʻxshashi yoʻq siymodir.

Shuningdek, mamlakatimizda mustaqillik yillarida shoir xotirasi abadiylashtirilgani uning jahon adabiyoti xazinasiga qoʻshgan buyuk hissasi hamda isteʼdodiga boʻlgan yuksak hurmat ifodasi ekani taʼkidlandi.

Badiiy kechada maktabning maʼnaviyat-maʼrifat ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Nurimmat Eshboyev soʻzga chiqib, oʻquvchilarni shunday buyuk ajdodlarga munosib farzand boʻlishga, oʻqib, ilm oʻrganib kelajakda Vatan ravnaqiga hissa qoʻshadigan avlod boʻlishga daʼvat qildi. Shuningdek, shoirning tengsiz maʼnaviy merosini qunt bilan oʻrganishga, asarlaridagi chuqur maʼno-mazmunni anglab, dunyoqarashlarini yanada kengaytirishga chorladi hamda u zotning tavalludi sanasini munosib nishonlash har birimizning burchimiz ekanligini alohida taʼkidladi.  

Darhaqiqat, Alisher Navoiyning tavallud ayyomi xalqimiz, butun dunyo uchun adabiyot bayrami, desak, arziydi. Boisi, Alisher Navoiy oʻzining ijodi, insoniy gʻoyalari bilan butun dunyoda ezgulikni, insonparvarlikni, yaxshilikni tarannum etgan. Hazratning soʻz mulkining sultoni, deb atalishi ham bejiz emas. Shu paytgacha dunyo adabiyotida ulugʻ mutafakkir bobomizchalik biron ijodkor oʻz ijodida koʻp va xoʻb soʻz ishlatgan emas. U kishining maʼnaviy merosi xalqimiz uchun bitmas-tuganmas xazinadir.

Tadbirda oʻquvchilar tomonidan shoirning gʻazallari, ruboiylaridan parchalar aytildi. Oʻquvchilar adibning nasriy asarlaridagi qahramonlar obrazlariga kirib qiziqarli sahna koʻrinishlarini ijro qildilar. Badiiy kechani maktabning deyarli barcha fan oʻqituvchilari yuqori qiziqish bilan tomosha qildilar. Oʻquvchi qizlarning Navoiy gʻazallariga bastalangan qoʻshiqlariga ijro qilgan raqslari barchaga koʻtarinki ruh bagʻishladi.
Badiiy kecha Vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar bilan yakunlandi.

Charos Arslonova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019