22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 00:41
Qishloq xoʻjaligi 👁 468

ChORVAChILIK MAHSULOTLARI YeTIShTIRIShNI KOʻPAYTIRISh VA SIFATINI OShIRIShGA XIZMAT QILAMIZ

ChORVAChILIK MAHSULOTLARI YeTIShTIRIShNI KOʻPAYTIRISh VA SIFATINI OShIRIShGA XIZMAT QILAMIZ

Tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi mutaxassislari tomonidan qishloq xoʻjalik va uy hayvonlarini kasalliklardan himoya qilish, aholini odam va hayvonlar uchun umumiy boʻlgan kasalliklardan muhofaza qilish, tuman hududini boshqa hududlardan hayvonlarning yuqumli kasalliklari kirib kelishidan muhofaza qilish kabi vazifalar amalga oshirilmoqda. Shu bois xodimlarning malakalarini oshirish, fan hamda texnika yutuqlarini veterinariya amaliyotiga tatbiq etishga ahamiyat berilmoqda.

Bugungi kunda boʻlimda 29 nafar xodim, jumladan, 24 nafar veterinariya mutaxassisi faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Shundan 9 nafari oliy, 20 nafari oʻrta-maxsus maʼlumotli mutaxassislardir.

Tumandagi mavjud 49 ta ovul va mahallalar hududlarida 9 ta veterinariya boʻlinmalari faoliyat koʻrsatmoqda. 2020-yilning 1-yanvar holatiga tuman hududidagi chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklari va aholi qaramogʻidagi 150 247 bosh yirik shoxli mol, 41 491 bosh sigirlar, 98 358 bosh qoʻy va echkilar, 861 153 bosh parranda,  578 bosh otlarga veterinariya xizmatlari koʻrsatildi. Shuningdek, hayvonlarni diagnostik tekshirish, ehtiyotdan emlash, dezinfektsiya, dezinsektsiya va deratizatsiya ishlari ham olib borildi.

Tuman Veterinariya boʻlimi tomonidan 2019-yil davomida 43 376 bosh yirik shoxli, 1837 bosh mayda shoxli mollarga brutsellyoz kasalligiga diagnostik tekshirish oʻtkazilib, ehtiyotdan emlandi. Oqsil kasalligiga 144 800 bosh yirik shoxli, 60 400 bosh mayda shoxli mollar, kuydirgi kasalligiga qarshi 149 040 bosh yirik shoxli, 98920 bosh mayda shoxli mollar, 572 bosh otlar emlandi. Shuningdek, chechak kasalligiga qarshi, 47 000 bosh mayda shoxli, qorason kasalligiga qarshi 60 500 bosh yirik shoxli, 18 437 bosh mayda shoxli mollar, 10 594 bosh qoramol esa fatsiolyoz kasalligiga qarshi emlandi va chorva mollarining yaxshi oʻsishiga sharoit yaratildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya qoʻmitasi tomonidan berilgan biopreparatlar boʻlim dorixonasidan boʻlinma  mudirlariga yuk xati asosida tarqatilmoqda va biopreparatlarning ishlatilishi ustidan veterinariya mutaxassislari nazorati olib borilmoqda. Sohani rivojlantirish va veterinariya xizmati koʻrsatish darajasini yaxshilash boʻyicha boʻlim mutaxassislarini ragʻbatlantirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya qoʻmitasi va tuman hokimligi  tomonidan veterinariya sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlarga 2 ta xizmat mototsikli, 15 ta maxsus kiyim, 14 ta termojamlama, 25 ta veterinariya sumkasi va 19 ta xizmat velosipedlari berildi.

Tumandagi mavjud 1 ta zamonaviy koʻrinishdagi avtomatlashtirilgan kushxonada veterinariya mutaxassislari nazorati ostida 2019-yilda 3015 bosh qoramollar goʻsht  sifatida soʻyildi.

Bugungi kunda tuman Tashxis markazi tomonidan brutsellyoz, leykoz, trixomonoz, askolizatsiya va vibrioz kasalliklariga qarshi diagnostik tekshirish ishlari olib borilmoqda.

Tumandagi “Mangʻit-dehqon bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyatida veterinariya sanitariya-ekspertiza laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan bozorga olib kelingan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining sifati ustidan doimiy nazorat ishlari olib borilmoqda.
 Hududiy “Nasl xizmat” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan 8 ta sunʼiy urugʻlantirish nuqtalari tashkil etilgan boʻlib, bugungi kunda ular toʻliq faoliyat yuritayapti.  

Veterinariya tadbirlarini amalga oshirish uchun 49 ta chorvachilik, 8 ta parrandachilik fermer xoʻjaliklari va aholi qaramogʻidagi qoramollar uchun ovul va mahallalar bilan shartnomalar tuzilib, shu asosda veterinariya xizmatlari amalga oshirilmoqda.

Tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi mutaxassislari  aholining sifatli chorvachilik mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini qondirishga oʻz hissalarini qoʻshib kelmoqda.

A.MATKARIMOV,
tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026