16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 08:46
Salomatlik 👁 5,646

Quturish – xavfli kasallik

Quturish – xavfli kasallik

Quturish - hayvonlar va odamda uchraydigan, asab tizimining ogʻir shikastlanishi bilan kechadigan hamda oʻlim bilan yakun topadigan - oʻta xavfli yuqumli virusli kasallikdir.           Kasallikning asosiy manbai quturgan uy hayvonlari – it, mushuk, sigir, ot, eshak, choʻchqa, yovvoyi hayvonlardan - chiyaboʻri, tulki, boʻrsiq va boshqa hayvonlar hisoblanadi. Quturish kasalligi yilning barcha fasllarida, ayniqsa bahor va kuz oylarida koʻproq uchraydi. Odamlarga quturish kasalligi 90-95 foiz holatlarda itlardan yuqadi. Kasallik odamga quturish kasalligiga chalingan hayvonlarning tishlashi, tirnashi, tishlarining qadalishi, shuningdek, jarohatlangan teri va shilliq qavatlariga soʻlagi tushishi paytida yuqadi. Odamning boshi va yuzini it tishlashi, oyoq va qoʻllarini tishlagandan koʻra ancha xavfli. Itning kiyim-kechak ustidan odamni tishlashi ham xatarli. Odamning jarohatlangan terisiga tushgan hayvonlarning soʻlagidagi virus nerv tolalari boʻylab bosh va orqa miyaga yetib boradi va ularda koʻpayib, chuqur oʻzgarishlar yuz berishiga sabab boʻladi. Ayniqsa, adashgan nerv - tomoqtil nervi va til osti nervlarining yadrolari koʻproq zararlanadi. Yutish va nafasda qatnashadigan muskullarning tortishib qisqarish, talvasaga tushib, tirishish, qattiq terlash va soʻlak oqishi ana shu nervlarning zararlanishiga bogʻliq. Bosh miyada koʻpaygan viruslar nerv tolalari orqali ichki organlarga, jumladan soʻlak bezlariga oʻtadi. Kasallik oʻta ogʻir kechib, doimo oʻlim bilan tugaydi.

Kasallikning yashirin davri 1-2 oy davom etadi, baʼzan 2 haftagacha qisqarishi yoki 1-yilgacha uzayishi mumkin. Yashirin davrning qisqa yoki uzoq boʻlishi quturgan hayvon tishlaganida yuzaga kelgan jarohatning qayerda joylashgani, katta-kichikligi va chuqur-yuzakiligiga bogʻliq. Jarohat bosh yoki yuzda boʻlsa, yashirin davr qisqaradi. Bolalarda esa bu davr kattalardagiga qaraganda umuman qisqaroq davom etadi.

Quturish kasalligi asosan uch davrga ajratiladi:

- boshlangʻich yoki prodroma davri;       

- qoʻzgʻalish davri;

- falaj davri.

Quturish kasalligiga chalingan hayvonlar tajovuzkor boʻlib, duch kelgan hayvonlar va odamlarga tashlanadi, tishlashga, tirnashga harakat qiladi. Yorugʻlikdan qoʻrqadi, qorongʻu joyga kirib olishga harakat qiladi, egasi chaqirganida oldiga kelmaydi. Ovqatlanishdan bosh tortadi, toʻgʻri kelgan jismlarni ogʻziga solib, yutadi, ogʻzidan juda koʻp soʻlak oqadi, bezovta boʻladi, tovushi boʻgʻilib boshlaydi va orqa oyoqlarida yurolmay qoladi, yaʼni falajlanish holatlari kuzatiladi. Kasallik oʻlim bilan yakun topadi.

Quturish kasalligining oldini olish uchun itni doimo bogʻlangan holda saqlash, koʻchaga olib chiqilganda tumshuq tasmasini taqish, itni tunda koʻchaga chiqarib yubormaslik va koʻchada qarovsiz qolishiga yoʻl qoʻymaslik kerak. Itlarni sotib olishda va boshqa joyga koʻchganda ularni tegishli davlat veterinariya boʻlimlarida roʻyxatdan oʻtkazish hamda quturish kasalligiga qarshi ehtiyotdan emlash ishlarini olib borish zarur. Bundan tashqari, uyda saqlanayotgan uy hayvonlarini muntazam ravishda veterinariya koʻrigidan oʻtkazish zarur. Aziz fuqarolar! Mabodo, sizni hayvon tishlasa yoki soʻlagi jarohatlangan teri va shilliq qavatingizga tushsa, unda siz zudlik bilan shifokorga murojaat qilishingiz hamda mutaxassis tavsiyasiga koʻra, quturishga qarshi oʻz vaqtida va toʻliq emlanishingiz kerak.

T.Boboniyozov,

tuman DSENM bosh vrachi.

(Foto: http://www.uzssgzt.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026