«Soğlom bola yili» Davlat dasturi – yurt istiqboli yölidagi muhim hujjatdir
Soğlom farzand – millat kelajagi. Şu sababli mustaqillikning ilk yillaridan boşlab yurtimizda soğlom ona – soğlom bola tamoyili asosida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda.
Muhtaram Yurtboşimiz tomonidan har tomonlama soğlom avlodni voyaga yetkaziş borasidagi tizimli işlarni izçil davom ettiriş va yangi bosqiçga kötariş maqsadida 2014-yil mamlakatimizda "Soğlom bola yili” deb eʼlon qilingan edi.
Şu munosabat bilan 2014-yil 19-fevral kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Soğlom bola yili» Davlat dasturi töğrisida»gi PQ-2133-sonli Qarori qabul qilindi.
Mamlakatimizda jismoniy soğlom, maʼnaviy yetuk, har tomonlama uyğun va barkamol rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, intellektual salohiyatga, çuqur bilim va zamonaviy dunyoqaraşga ega, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uçun masʼuliyatni öz zimmasiga olişga qodir bölgan yoş avlodni tarbiyalab voyaga yetkaziş vazifasini izçil davom ettiriş uçun aniq maqsadga qaratilgan keng kölamdagi kompleks çora-tadbirlarni amalga oşiriş, davlat va jamiyatning barça kuç va imkoniyatlarini şu yölda safarbar etiş maqsadida qabul qilingan uşbu dastur 7 bölim va 125 banddan iborat.
Prezidentimizning yuqoridagi qarori bilan «Soğlom bola yili» Davlat dasturini amalga oşirişning ustuvor vazifalari va yönalişlari belgilab berildi. Jumladan, soğlom va har tomonlama barkamol avlodni şakllantiriş uçun qonunçilik va normativ-huquqiy bazani yanada takomillaştiriş, soğlom bolaning dunyoga kelişi masalasiga soğlom va ahil oilaning mevasi sifatida qarab, oilalarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, soğlom bolani voyaga yetkazişda soğliqni saqlaş tizimi va tibbiyot xodimlarining roli va masʼuliyatini oşiriş, bu borada taʼlim-tarbiya tizimi va sportning rolini kuçaytiriş, soğlom va barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazişda davlat va jamiyat tomonidan körsatiladigan yordam va madadni kuçaytiriş, soğlom bolani, ayniqsa, qiz bolalarni tarbiyalab voyaga yetkazişda mahalla va boşqa jamoat tuzilmalarining rolini oşiriş hamda Davlat dasturining maqsad va vazifalari hamda uning bajarilişi töğrisida keng axborot-tuşuntiriş işlari olib boriş kabi masalalar şular jumlasidandir.
Soğlom va har tomonlama barkamol avlodni şakllantiriş uçun qonunçilik va normativ-huquqiy bazani yanada takomillaştiriş maqsadida «Bolalarni ularning jismoniy va maʼnaviy rivojlanişiga salbiy taʼsir körsatuvçi axborotdan himoya qiliş töğrisida»gi, «Aholining sanitariya-epidemiologik xotirjamligi töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini işlab çiqiş, yangi tahrirdagi «Jismoniy tarbiya va sport töğrisida»gi, «Özbekiston Respublikasida yoşlarga oid davlat siyosati asoslari töğrisida»gi qonunlari loyihalarini işlab çiqiş, kodekslar, qator qonun va qonun osti hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş hamda Özbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihasini işlab çiqiş kabi tadbirlar bajarilişi belgilangan.
Soğlom bola – avvalo soğlom va ahil oilaning mevasidir. Şu maqsadda dasturning ikkinçi bobida oilada özaro hurmat va mehr-muhabbat, yuksak axloqiy va maʼnaviy qadriyatlar muhitini şakllantiriş, yoş oilalarning oyoqqa turib olişi uçun moddiy yordam körsatiş, onalik va bolalik himoyasini taʼminlaş, ona va bolaning salomatligini mustahkamlaş, ayollarning öz qobiliyat va imkoniyatlarini röyobga çiqarişi, ularning rözğor taşvişlarini yengillaştiriş uçun zarur şart-şaroitlarni yaratiş masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan.
Dasturda şuningdek, soğlom bolani voyaga yetkazişda soğliqni saqlaş tizimi va tibbiyot xodimlarining örni va masʼuliyatini oşiriş, taʼlim-tarbiya tizimi va sportning rolini kuçaytiriş böyiça aniq çora-tadbirlar belgilangan.
Dasturning 6-bölimida mahalla va boşqa jamoat tuzilmalari zimmasiga katta masʼuliyatlar yuklangan.
Darhaqiqat, "Bir bolaga yetti mahalla ham ota, ham ona” degan xalq hikmatida çuqur hayotiy haqiqat mujassam. Şu nuqtai nazardan kelib çiqib, joriy yilda mahalla oqsoqollari, diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari böyiça maslahatçilar, mahalla posbonlarining jamiyatimizdagi tinçlik va osoyiştalik, özaro hurmat va hamjihatlik, mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlaşdagi masʼuliyati yanada ortadi.
Şuning bilan birga erta nikohlarning, oilaviy nizolarning oldini oliş, oilaviy marosimlarni ixçam va tartibli ötkaziş kabi masalalarda köpni körgan, tajribali mahalla faollarimiz fidoyilik namunalarini körsatişi kerak. Kam taʼminlangan oilalarga moddiy va maʼnaviy yordam körsatiş, tadbirkorlikni rivojlantiriş va boşqa masalalar ham borki, ularni amalga oşirişda körsatgan jonbozligimiz elning bizga nisbatan hurmat va işonçini oşiradi.
Davlat dasturining 5 ta bandida "Mahalla” xayriya jamoat fondi asosiy ijroçi, 19 tasida esa hamijroçilar qatorida belgilangani ham bizning tuzilmamizga Davlatimiz tomonidan bildirilayotgan işonçning amaliy ifodasidir. Öylaymanki, tumanimizdagi har bir ovul va mahalla fuqarolar yiğinlari şu masʼuliyatni his qilgan holda iş olib boradilar.
Eng muhimi şundaki, Respublikamizda mavjud ikki yuzdan ortiq şahar va tumanlar orasida 2 ta hudud "Soğlom bola yili” davlat dasturini amalga oşirişda tayanç hududlar deb belgilandi. Şulardan biri – Amudaryo tumanidir. Bu masʼuliyat tumanimizda yaşayotgan har bir fuqaroni dastur ijrosiga, şu orqali ona Vatanimiz rivojiga öz mehnati, kasb faoliyati bilan munosib hissa qöşişga çorlaydi.
Rustam RÖZMETOV,
"Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bölinmasi raisi, xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶