Yoş ijodkorlar bilan uçraşuv bölib ötdi
“Taraqqiyot közgusi” hamda “Mening oilam” gazetalari tahririyati qoşida taşkil etilgan “Jayxun ilhomlari” notijorat nodavlat taşkiloti tomonidan taʼlim muassasalari, jamoat joylari, korxona-taşkilotlarda muntazam ravişda tadbirlar, uçraşuvlar ötkazib kelinmoqda.
Ana şunday uçraşuvlardan biri tumanimizdagi 17-sonli maktabda bölib ötdi. Bu tadbirda maktab öquvçilari, öqituvçilar, yoş ijodkorlarning ota-onalari qatnaşişdi. Tadbirni maktabning öquv işlari böyiça direktor örinbosari Tozaboy Yusupov kiriş sözi bilan oçib, maktabda öquvçilar taʼlim-tarbiya olişlari uçun yaratilgan şaroitlar, ötkazilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, taşkil qilingan tögaraklar hamda pedagoglarning mahorati va malakasini oşiriş borasida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar haqida söz yuritdi.
“Jayxun ilhomlari” notijorat nodavlat taşkilotining raisi Örozali Reyimov sözga çiqib, taşkilotning öz oldiga qöygan maqsadi, ayni kunlardagi olib borilayotgan işlar haqida batafsil maʼlumot berdi. Jumladan, taşkilot tomonidan yil mobaynida ijodkorlar bilan uçraşuvlar ötkaziş, sayyor kutubxona taşkil etiş, joylardagi kutubxonalarga öquvçi va yoşlarning, keng jamoatçilik vakillarining taşrifini uyuştiriş rejalaştirilganini maʼlum qildi. Şu bilan bir qatorda tajribali ijodkorlar iştirokida “Nasr va nazm”, “Jurnalistika – badiiy ijod”, amaliy sanʼat va musiqaga doir mavzularda mahorat maktablarini taşkil etiş, Prezidentimiz tomonidan eʼlon qilingan beş taşabbusning mazmun-mohiyatini yoşlarga tuşuntiriş hamda erişilayotgan ijobiy natijalarni keng omma orasida tarğib qilib boriş ham şu taşkilot tomonidan amalga oşirilişi xususida gapirdi. Şuningdek, tumanimiz ijodkorlari tomonidan naşrdan çiqarilgan yangi kitoblar taqdimotiga bağişlangan adabiy keçalar ötkazilib turilişini, barça tadbirlar iş rejaga köra har oyda mazkur taşkilot tomonidan amalga oşirilib borilişini ham aytib ötdi.
Bölib ötgan uçraşuvda maktabning yoş ijodkorlaridan 6-sinf öquvçisi Humoyun Jumatov, 10-sinf öquvçisi Munojot Karimboyeva, 8-sinf öquvçisi Şahzoda Pölatboyevalar özlari yozgan yangi şeʼrlaridan öqib berdilar va kelajakdagi orzulari haqida ham gapirib berdilar.
Mazkur uçraşuv barça iştirokçilar qalbida juda yaxşi taassurotlar qoldirdi.
Muyassar Xalillayeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶