Ovqatlaniş madaniyatiga amal qiliş orqali salomatlikni yanada yaxşilaş mumkin.
Yaʼni, har bir kişi oziq- ovkat mahsulotlarining foydalilik jixatlarini bilib, söng isteʼmol qilişi lozim. Soğlom turmuş tarzini qaror toptirişda bu yanada muhimroqdir. Xöş, salomatligimizni mustahkamlaş usullari qanday?
Kartoşkada vitaminlar möl
Kartoşka tarkibida kaliy köp va u organizmdan ortiqça suvni çiqarib yuborişga yordam beradi. Kartoşka askorbin kislotaga ham boy. Yuz gramm kartoşkadagi taxminan 20mg askorab kislotasi organizm kunlik ehtiyojining uçdan bir qismini taşkil etadi. Kartoşkada folat kislotasi, kaltsiy tuzi, magniy, fosfor, V, RR guruxidagi vitaminlar bor.
Kartoşkaning siqib olingan suvi bilan tabiblar oşqozon va ön ikki barmoqli içak yaralarini davolaşadi. Organizmni xiltlardan tozalaş uçun kartoşka şarbatiga sabzi va salderey suvi aralaştiriş lozim. Lekin kartoşka suvini qandli diabet va semizlikda içiş tavsiya etilmaydi. Çunki tarkibidagi kraxmal dardning zörayişiga sabab bölişi mumkin. Kartoşka suvini haddan taşkari köp içiş oşqozon osti bezi faoliyatini yomonlaştiradi.
Tanosil kasalliklaridan qiynalayotgan kişilarga kartoşkani köp isteʼmol qiliş mumkin emas. Aks holda bu peşob-toş xastaligining zörayişiga, meteorizmga, oşqozon-içak yöli kasalliklariga olib keladi.
Meva yeyiş meʼyorda bölsin
Höl mevalarni isteʼmol qilişda maʼlum tartib-qoidalar mavjud. Buni bilib qöygan maʼqul. Aytaylik, anjirda juda köp biriktiruvçi töqimalar bor. Şu sababli uni içaklar yalliğlanişida çeklang. Bu mevada qand miqdori möl-köl bölgani uçun qandli diabet bilan kasallanganlarga tavsiya etilmaydi.
Şaftolini kun örtasida, ovqatlanişdan sal oldin isteʼmol qilsangiz, foydasi köproq böladi.
Bananni esa oç qoringa yemang, orqasidan suv içsangiz, yanayam yomon. Oyoq venasi tomiri kengayganda(varikozda) banan yeyiş umuman tavsiya etilmaydi. Bu meva sovuq mijozli, ruhan va jismonan nozik hamda tuşkunlikka moyil kişilar uçun zararli. U juda sekin hazm böladi, içakda köp yel hosil qiladi, safro ajralişini susaytiradi.
Nok yeyilgandan söng to hazm bölgunça sovuq suv içiş mumkin emas. Şuningdek, nokni göştli taomlar bilan ham yeb bölmaydi. Olxöri haddan ziyod yeyilsa, boş miya faoliyatini yomonlaştiradi. Olça va toğolçani maʼda şirasi kislotaligi baland bölgan kişilar kamroq isteʼmol qilganlari maʼqul.
Şirin anor köp yeyilsa, hazmni buzadi,maʼdani zaiflaştiradi, teri qatlamlarini dağallaştiradi. Bavosirga çalingan bemorlarga anor buyurilmaydi.
Yoğlar ham davolaydi
Yaşil ösimliklar va ulardan olinadigan yoğlar şifobaxş xususiyatga ega. Masalan, oşqovoq yoği içni yumşatadi, öt (safro) işlab çiqarilişini tezlaştiradi, jigar va buyrak işini yaxşilaydi.
Paxta yoği sal qizdirib bolalar şamollaganda , burni oqqanda tomoğiga va beliga hamda oyoq kaftlariga yupqa qilib surtilsa, şifo böladi. Oyoq –qöl va boşqa joylar lat yeganda, suyak singanda 500gr paxta yoğiga yarim kilogramm piyozni töğrab, söng qizdirib, şikastlangan aʼzoga boğlanadi, şunda şiş qaytib, oğriq pasayadi.
Kanakunjut yoği qabziyatda (iç qotganda) 3 maxal bir çoy qoşiqdan oç qoringa içiladi. Zaytun yoği yurak kasalliklarining oldini oladi, öt qopini tozalaydi, qonda xolesterin miqdorini kamaytiradi, bolalarda suyak ösişini yaxşilaydi. Zaytun yoği oşqozon va oşqozon osti bezi, içaklar, jigar faoliyatini meʼyorga soladi. Oşqozon va ön ikki barmoqli içak yaralari bitişiga yordam beradi. Qabziyatdan qiynaladiganlar nahorda zaytun yoğidan bir çoy qoşiq içib turişlari kerak . Zaytun yoği vitamin Ye va antiooksidantlarga boy bölgani sababli qarişni sekinlaştiradi.
Tabiblar taʼkidlaşiça , behi yoği sovuq olgan aʼzoga va yorilgan joyga surtilsa , tuzalişini tezlaştiradi. Yonğoq yoği esa qon oqişini tuxtatadi. Kuçli iç ketişi va nafas qisilişida foydali. Sovuq mijozli kişilarga yonğoq yoğida palov pişirib yediriladi. Buyrak va qovuq sustligiga ham davo.
Çakanda(oblepexa) yoği köpinça kuygan joyni davolaş maqsadida teriga surtiladi.
Jumaboy YaVQAŞEV, Amudaryo tuman tibbiyot
birlaşmasi salomatlik markazi şifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶