Odamiylik
Yaxşilarning bori yaxşi-da!
Odatdagidek öqişdan qaytayotgandim. Mendan ön-ön beş qadam oldinda boşlanğiç sinflar öquvçilari bölsa kerak, papka osgan kiçkina bolalar borişardi.
Yöl sirpançiq, kun sovuq. Ustlaridagi qalin kiyimlari yurişga biroz noqulay edimi, bolalarşoşilmas, nimalar haqdadir gaplaşib borişardi. Şunda ulardan birining oyoği toyib, yölak örtasiga çalqança yiqildi. Yonidagilar gap bilan bölib, uning qanday yiqilganini ham sezmay qolişdi.
Maktab öquvçisi bölsa ham bola bolaligiga bordimi yo biron joyi oğridimi, örnidan turişga harakat qiliş örniga yiğlab yubordi.
Şu payt yöldan kesib ötib, yölakka yetgan bir onaxon darrov bolani örnidan turğazdi. Ustlarini qoqib, papkasini yelkasiga osdi.
- Voy, bolam-ey, - dedi açinib. – Özing yaxşi bolaga öxşaysan-u, ehtiyot bölib yurmabsanda.
Ayol bolani öziga qaratdi.
- Neçançi sinfsan? – yiğidan çalğitiş uçun söradi. Hamon hiqillaşdan töxtolmayotgan bola örniga yonidagilar çuvillaşdi:
- Ikkinçi sinf, ikkinçi.
- Sen yaxşi öqisang kerak-a, yuzlaring aytib turibdi yaxşi bola ekaningni, - dedi onaxon bolani ovutiş uçun.
Bolaning sovuqdan, yiğidan qizargan yuzlariga tabassum yoyilib:
- Hmm, - dedi boşini silkib. Şunda uning közlari quvonçdan çaqnab ketdi. Bolalarga ehtiyot bölib ketişni tayinlab, ayol öz yöliga burildi. Bola mamnun jilmayib xayrlaşdi. Bu mamnunlik onaxon uning yaxşi bola ekanini topolgani uçunmidi, bola quvonib ketdi. Mening hayotimda ham şunga öxşaş voqea sodir bölgani yodimga tuşdi.
Maktabga endigina borgan kunlarim edi. Ikki çaqirimça masofa çarçatdimi yo kunning issiğimi, harqalay uyimizga yaqin qolganida yöl örtasiga ötirib yiğlaganman. Öşanda bir qiz kimning qizisan, nega yiğlab ötiribsan, deb ovutib uyga olib kelib ketgan. Men otamning onamning ismlarini aytganimda:
- Özimning singlim ekansan-ku, - degandi kulib. Men rostdanam qarindoşimga duç keldim, deb quvonib, yetaklaşib uyga kelganman. Onam qayta-qayta rahmat aytib meni olib qoldi. Bir notaniş qizning meni uyga yetolmay yölda yiğlab ötirganimda goh kötarib, goh yetaklab olib kelib ketganini neça kungaça quvonib köşnilarga aytib yurdi.
Oradan mana neça yillar ötib ketdi. Öşa voqea hamon esimda, xuddi hozirgina röy bergandek, köp eslayman. Har safar eslaganim sayin könglim yorişib, quvonib ketaveraman. Yaxşilik yaxşi-da, yaxşilarning ham bori yaxşi-da.
Aziza ISMOILOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶