6 ming gektarga yaqin maydon kuzgi şudgor qilindi
Ekinlardan möl hosil yetiştirişda kuzgi şudgorning ahamiyati katta. Ota-bobolarimiz “Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda”, deb bekorga aytişmagan. Zero, sifatli ötkazilgan kuzgi şudgor kelgusi yil hosiliga puxta zamin yaratadi.
Şu sababli barça hududlarda kuzgi şudgorlaş işlari qizğin tarzda olib borilmoqda. Xususan, tumanimizning Dörsan ovulida faoliyat yuritayotgan fermer xöjaliklari, mazkur xöjaliklarga xizmat körsatuvçi “Yöldoş Örazboyev” muqobil maşina traktor parki jamoasi ham şudgorlaş işlarini sifatli taşkil qilmoqda.
Aytiş joizki, tumanimizda 2020-yil hosili uçun jami 12 ming gektar maydonda kuzgi şudgorlaş ötkazilişi rejalaştirilgan. Kuzgi şudgorlaş işlarida jami 81 ta surim texnikalari, şundan 40 ta yuqori unumli va 41 ta oddiy surim texnikalari qatnaşişi rejalaştirilgan. Mavjud texnikalar 22 ta surim otryadlariga biriktirilgan. Otryadlarga rahbar qilib hududlardagi yoqilği moylaş materiallari quyiş şoxobçalari mudirlari tayinlangan.
Şör yuviş, yaxob suvi beriş natijasida erta bahorda tuproqni ekişga, tayyorlaş hamda ekiş kabi agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida va samarali ötkazişga erişiladi.
Tumanning boşqa ovul va mahallalaridagi fermer xöjalikari qatorida dörmanlik qişloq xöjaligi sohasi ilğorlari ham kelgusi yil uçun qizğin tayyorgarlik körmoqda. Xususan, ovul böyiça 2020-yil hosili uçun 950 gektar yer maydonlarini kuzgi şudgorlaş rejalaştirilgan. Şundan hozirga qadar 450 ga yer maydonlari sifatli şudgor qilindi.
Mazkur xöjaliklarga xizmat körsatuvçi “Yöldoş Örazboyev” muqobil maşina traktor parki raisi taʼkidlagidek, yerlarni sifatli va yuqori unum bilan şudgorlaşga erişiş uçun traktor va pluglar oldindan işga şay holga keltirilgan va sozlangan, dalalar esa haydovga sifatli tayyorlangan. Endilikda haydov töğri taşkil etilişi hamda uning sifati doimiy nazorat ostida.
Tumanda kuzgi şudgorlaş işlarini belgilangan muddatlarda yakunlaş maqsadida 25-oktyabrdan 20-noyabrgaça kunlik şudgorlaş grafiklari işlab çiqilgan bölib, mazkur agrotexnik tadbirlarning öz vaqtida va sifatli bajarilişi nazorat qilib borilmoqda.
Mutaxassislarning taʼkidlaşlariça, kuzgi şudgorlaş amalga oşirilgan dalalarda ösimlik qoldiqlari, begona ötlar va ularning uruğlarini çuqur kömilişi taʼminlanadi. Natijada dalalarda begona ötlarning unib çiqişi 2–3 baravar kamayadi, paxta hosildorligi gektariga 2–3 tsentner oşadi.
Şu sababli ham amudaryolik fermerlar uşbu muhim agrotexnik tadbirni sifatli va öz vaqtida, töliq amalga oşirişga bel boğlaganlar. Bugungi kunga qadar tuman böyiça kunlik 600-700 gektar, yaʼni rejaga nisbatan 5-6 foiz dalalarda şudgorlaş işlari amalga oşirilmoqda. Mavsum boşidan beri esa jami 6 ming gektarga yaqin, yoki jami rejadagi maydonlarning 50 foizga yaqini şudgor qilindi. Bu mazkur jarayonda iştirok etayotgan 81 ta texnikaning har biriga örtaça 7,5 ga maydondan töğri kelişini körsatadi. Xöjalik rahbarlari va mexanizatorlar iş unumdorligini oşiriş, texnikalardan unumli foydalaniş va ularni töla quvvatda işlatiş orqali kuzgi şudgorlaş işlarini qisqa muddatlarda yakunlaşni rejalaştirmoqda.
Çaros ARSLONOVA, tuman hokimligi axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶