ŞOGIRDLARIM YuTUFI – MENING BAXTIM
Men 40-sonli maktabda öqib yurgan paytlarimda köproq adabiyotga va şeʼriyatga qiziqqan bölsam ham 1-sonli BÖSMga qatnab, voleybol bilan şuğullunişim tufayli sportga mehr qöya boşlaganman. Murabbiyim Mardona Qodirovaning menga köproq eʼtibor berganligi tufayli voleybol böyiça mahoratim oşib, bir qança musobaqalarda iştirok etganman.
Keyin murabbiyimning masalahatiga köra, Nukus Olimpiya zaxiralari kollejiga öqişga bordim. 3-yil davomida uşbu kollejda murabbiyim Maxsuda Yöldoşevadan sport sirlarini mukammal örgandim.
Ayniqsa kollejda gimnastika murabbiyi Gulbahor Bobojonova va Nukus şahridagi 2-BÖSM murabbiyi Nigora Polvonovalardan sportning gimnastika turi böyiça örganganlarim menga keyinçalik juda qöl keldi.
2009-yilda şu davrdagi tuman xotin-qizlar qömitasi raisi Xonimjon opa Rajabovaning amaliy yordamlari bilan Manğit Iqtisodiyot kollejida badiiy gimnastika tögaragini oçdim.
Men 2010-yildan tuman BÖSMda badiiy gimnastika murabbiyi lavozimida iş boşladim. Oradan köp ötmay mening şogirdlarim Respublika miqyosida ötkazilgan köplab musobaqalarda, “Umid nihollari” sport musobaqasining saralaş bosqiçlarida faol iştirok qilişib, birinçi va ikkinçi örinlarni egallaşga erişdilar. Ulardan Mohira Berdiboyeva, Nurjamol Örolboyeva, Xolida Yöldoşeva, Nargiza Xalillayeva va Dinora Qurboniyozovalar köplab musobaqalarda öz mahoratlarini namoyiş etişdi.
Şu yilning fevral oyida Toşkent şahrida ötkazilgan “Qiş ertagi” turnirida mening şogirdlarim ham iştirok etişib, faxrli örinlarni egallaşga muvaffaq böldilar. Şu turnirda Mahliyo Tohirovaga birinçi örinni, Asaloy Ermonovaga ikkinçi örinni egallaş nasib qildi.
Şuningdek, şogirdlarimdan 9 nafari joriy yilning mart oyida bölib ötgan “Nihol” turnirida ikkinçi örinni, 9 nafari Toşkent şahrida iyun oyida ötkazilgan “Ğunça” turnirida birinçi örinni, 6 nafari Samarqand şahrida ötkazilgan oçiq çempionatda birinçi örinni egalladilar.
Men murabbiy sifatida öz şogirdlarimning muvaffaqiyatlaridan faxrlanaman. Bu – men uçun baxt.
Maʼmura MATYoQUBOVA,
BÖSMning badiiy gim-nastika murabbiyi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶