Barkamol farzandlar
"Örta qalʼa” ovulidagi "Boğ” mahallasi hududida yaşovçi Örinovlar oilasini bugungi kunda nafaqat ahil-inoq, balki soğlom oila sifatida köpçilik yaxşi biladi.
Oila boşliği Davlatboy aka Örinov umr yöldoşi Jamila opa bilan 5 nafar farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazişdi. To nafaqaga çiqqunça içki işlar bölimi xodimi lavozimida işlagan Davlatboy aka farzandlarining ham özi kabi Vatan himoyaçilari bölişini astoydil niyat qildi. Şu niyat yölida 13-sonli umumtaʼlim örta maktabida tahsil olayotgan farzandlarining taʼlim-tarbiya olişi uçun bor imkoniyatini ayamadi. Tönğiç farzandi Davronbek Örinov 1997-yilda Samarqand Oliy harbiy avtomobil-qömondonlik-muhandislik bilim yurti talabasi böliş baxtiga muşarraf böldi. 2001-yilda bilim yurtini muvaffaqiyatli tamomlagan Davronbek bugungi kunda Markaziy harbiy okrugida xizmat qilmoqda, mayor.
Akasiga havas qilgan Nurbekjon 2000-yilda Toşkent Axborot texnologiyalari Universitetining maxsus fakultetini aʼlo baholarga tugatib, hozirga kunda Toşkent harbiy okrugining harbiy qismlaridan birida xizmat qilmoqda. Uning harbiy darajasi kapitan.
Oilaning uçinçi farzandi Uluğbek ham akalari izidan borib, Vatan himoyaçisi bölişdek şarafli kasbni tanladi. U Nukus şahar iqtisodiyot kasb-hunar kollejini tugatib, içki işlar bölimida işlaş uçun zarur test sinovlaridan va taktik sinovlardan muvaffaqiyatli ötib, el-yurt osoyiştaligi posbonlari safidan joy oldi.
Davlatboy akaning qizi Nilufarxon NDPI psixologiya fakultetini tugatib, öz sohasi böyiça 21-maktabda faoliyat yuritayotgan bölsa, oilaning kenja farzandi Azizbek ota-onasi bağrida dehqonçilik işlari bilan maşğul.
Biz ana şunday farzandlarni voyaga yetkazgan oila sohibi Davlatboy aka va barkamol farzandlar onasi Jamila opa Jumaniyozova bilan uçraşib, suhbatlaşdik.
- Farzandlarimizning Vatan tinçligi, xalqimiz osoyiştaligi yölida xizmat qilayotganidan, yurtimizning harbiy zobitlar oilasi uçun körsatayotgan eʼtibor va ğamxörliklaridan minnatdormiz, - deyişdi ular mamnuniyat bilan.
Aziza Ahmedova,
13-sonli maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶