MILLIY EMLAŞ KALENDARIGA 13-TUR KASALLIK KIRITILDI VA UNGA QARŞI EMLAŞ BOŞLANDI
Baçadon böyni saratoni – bu hayot uçun havfli kasallikdir.
Baçadon böyni saratoni baçadon içiga ösib, çuqur tarqalişi mumkin. Ayrim vaziyatlarda saraton tananing boşqa qismlariga ham tarqaladi, yaʼni metastaz beradi. Baçadon böyni saratoni ayollar orasida tarqalgan saraton kasalliklari içida ikkinçi örinni egallaydi.
Har yil dunyo böyiça 528 ming ayol baçadon böyni saratoni bilan kasallangan bölib, ulardan 266 ming nafari hayotdan köz yumayapti. Kasallik 85 foiz rivojlangan mamlakatlarda qayd etilmoqda.
Kasallikning asosiy sababi – odam papillomasi virusidir.
Özbekiston Respublikasida örganişlar natijasida bitta baçadon böyni raki bilan kasallangan bemor bir marta örtaça kasalxonada yotib davolanişi uçun 684 AQŞ dollari sarflanadi. Bir yilda 3-6-marta davolansa, 3-6-marta köp mablağ sarflanadi.
Özbekiston Respublikasida har yili baçadon böyni raki kasalligini davolaş sarf harajatlari uçun 4.1 mln. AQŞ dollari miqdorida mablağ sarflanadi. Şundan 1.5 mln. AQŞ dollari davlatimiz byudjeti tomonidan, qolgan qismi bemorlar hisobidandir.
Respublikamizda baçadon böyni raki kasalligi diagnozi qöyilgandan keyin bemorlarning örtaça yaşaşi davri 5-7-yilni taşkil qiladi.
Yuqoridagilarni inobatga olib davlatimiz tomonidan Respublikamizning «Milliy emlaş kalendari»ga 13-tur kasallikka qarşi, yaʼni 9-13 yoşli qiz bolalarni odam papilloma virusiga qarşi profilaktik emlaş ötkaziş kiritildi. 2019-yil 21-30-oktyabr kunlari 2010-yil tuğilgan 9 yoşli qiz bolalarga emlaş ötkaziladi.
Emlaş ötkaziş natijasida kelajakda quyidagilarga erişiş mumkin:
– har bir 470 emlangan qiz bolalar örtasida1ta rak kasalligidan ölişining oldi olinadi.
– har bir 250 emlangan qiz bolalar örtasida kelajakda 1 ta baçadon böyni raki kelib çiqişining oldi olinadi.
– kelajakda har yili 585 holatda baçadon böyni rakidan vafot etiş va 1100 ta holatda baçadon böyni raki kasalligining paydo bölişining oldi olinadi.
Hurmatli ota-onalar! Farzandlaringizning salomatligiga befarq bölmasdan, öz vaqtida emlatsangiz - kasallikning oldini olişga erişasiz.
G.TAJIBAYeVA,
tuman DSENM epidemiologiya bölimi mudirasi,
oliy toifali epidemiolog.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶