Amudaryolik yoş sportçilar boks böyiça Qoraqalpoğiston turniri ğolibi böldilar
Törtköl şahrida sportning boks turi böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasi turniri bölib ötdi,
8-12-oktyabr kunlari yoş sportçilar örtasida ötkazilgan uşbu turnirda Samarqand, Buxoro, Qaşqadaryo, Jizzax, Xorazm viloyatlari va Respublikamizning Qönğirot, Çimboy, Beruniy, Ellikqalʼa, Taxtaköpir, Amudaryo tumanlaridan, şuningdek, Nukus Olimpia zahiralari maktab internatidan mahoratli sportçilar qatnaşdilar. Qizğin ötgan musobaqalarda tumanimiz sportçi yoşlari sport maktabidagi tajribali murabbiylar Jasur Nurimbetov va Obid Usmonovlardan örgangan jang usullarini qöllab, muvaffaqiyat qozondilar.
Turnirda yoş boksçilardan Diyorbek Anvarov 50 kg. vazn toifasida faxrli 1-örinni, Javlonbek Jumamurodov 36 kg. vazn toifasida 1-örinni, Şahzod Qodirboyev 52 kg. vaznda 1-örinni, Şahzod Xolboyev 32 kg. vaznda 1-örinni qölga kiritişdi. Şuningdek, Abror Rahimboyev 32 kg. vazn böyiça 2-örin, Jonibek Tursinboyev 60 kg. vazn böyiça 2-örin, Baxt Saburov 46 kg. vazn böyiça 2-örin ğoliblari böldilar. Bunyod Ismoilov 54 kg. vaznda, Bunyod Ilhomov 44 kg. vaznda 3-örinni egalladilar.
Turnir musobaqalari ğoliblari diplom va sovğalar bilan taqdirlandilar.
Hamida Rajabova, Bolalar-ösmiralar
sport maktabi katta murabbiyi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶