12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 20:29
Jamiyat 👁 5,565

Töylar haqida öylar: Tahlil. Tanqid. Taklif

MEʼYoR  UNUTILGAN JOYDA TARTIB BUZILADI

 

 

Töy. Bu sözning zamirida xalqimizning eng şirin orzu-umidlari mujassam. Har birimiz uçun bu söz aziz, şu söz bilan boğliq umidlar, işonç va qatʼiyatlar muqaddas. Şuning uçun ham  muqaddaski, aynan şu kuni ota-ona öz farzandining kamoliga, orzu-havasiga yetişadi. Bir-biriga talpingan  ikki köngil oila deb atalgan muqaddas dargohga juftlaşib qadam  qöyadilar, qalblaridagi bir-biriga işonç, qatʼiyat qarşisida tiz çökib, ham şarʼiy ham rasmiy nikohlanadilar. Eng yaxşi neʼmatlarni töy dasturxoniga qöyamiz, eng çiroyli liboslarimizni şu kuni – töyda kiyamiz. Mehmonlar qadamiga jonlik söyilib, doşqozonlarda şirin taomlar pişiriladi, şu qutluğ kunga atab yangi uy jihozlari sotib olinadi, uylarimizga yangi gilamlar töşaladi. Xullas, töy kuni jamiki ezgu orzu-havaslarimiz tantana qiladi.

Şuning uçun ham keksalarimiz har doim duoga qöl oçganlarida: topgan-tutganing töyga buyursin, har kimni töylarga yetkazsin, - deya uluğ niyat qiladilar.

Mamlakatimizda xalqimizning maʼnaviy qadriyatlari, orzu-umidlariga qiyosan har yilga ezgu bir nom berilişida ham hikmat bor. 2012-yilning "Mustahkam oila yili” deb nomlanişi yoş oilalarning moddiy farovonligi, maʼnaviy kamolotiga işora bölsa, 2013-yilning «Obod turmuş yili» deb atalişi millatimizga xos gözal anʼanalar yanada takomillaşgan, qadriyatlar qadr topgan oilalarning obodon, tökis hayotini taʼminlaşga qaratilgan uluğvor rejalar, yilimizga monand Dastur işlab çiqilib, hayotga tatbiq etilayotgani bilan har birimiz uçun azizdir.

"Obod turmuş yili” Davlat Dasturiga muvofiq turmuş qurayotgan yoş oilalarni qöllab-quvvatlaşga alohida eʼtibor qaratiladi. Töy esa yoşlarimiz uçun mustaqil hayotning gözal ostonasi. Bu kun har bir qalb uçun aziz, muqaddas. Ammo ana şu töyning ham asrlar davomida şakllangan öz qonun-qoidalari bor. Millatimizga xos bölgan tutumlar, udum va urf-odatlarni köpni körgan keksalarimiz juda yaxşi biladilar. Çunki ular töyga tadorik körişda meʼyorga rioya etganlar, isrofgarçilikdan tiyilganlar. Ayniqsa, kelin tuşirişda meʼyor, tejamkorlik keksa avlod vakillari uçun eng maqbul taomil hisoblanadi. Ana şu taomil asosida fayzli ötgan töy nihoyatda badastir, gözal udumlarimiz, mumtoz maʼnaviy qadriyatlarimizning namoyişiga aylanadi. Ikki yoş keksalarning oq fotihasi bilan oila ostonasiga qadam qöyadilar.

Yaqin-yaqinlargaça tumanimizda kelin töylari boşqa  viloyat va tumanlardagiga nisbatan ança fayzli, ibrat tamoyillari asosida ötkazilardi. Ortiqça dabdabalarsiz, ovoz kuçaytirgiçlarsiz, quda-qudağaylarning kelişuvlari asosida ötgan töylardan olam-olam taassurotlar qolardi qalbimizda. Ayniqsa, ikki tomon kelişuvi asosida ikki yoşga qilinadigan sarpo-suruqlarning milliy mentalitetimizga uyğunligi köngillarga manzur edi. "Kelin salom”, "kelin körar”, "iş buyurar” kabi töy kungi va töydan keyingi udumlar nihoyatda çiroyli, ixçam ötkazilardi. Töydan bir kun oldin ötkaziladigan qiz yiğinlari xuddi Abdulla Qodiriy tasvirlagan Kumuşbibining qiz yiğiniga monand bölardi. Kelin bölmişning dugonalari yiğilib, qoşlariga ösma, qöllariga xina qöyişardi. Raqsga tuşib, qöşiq va laparlar, aytişuvlar aytib, şeʼrxonliklar qilişardi. Hatto öz orzularini kiçik-kiçik sahna körinişi tarzida namoyiş etib, kelin qizning könglini kötarişga harakat qilib, özlari ham töy bahona oçilib-soçilib, yayraşardi.  Bunday töylarni katta yoşdagi onaxonlarimiz, akaxonlarimiz hamon soğinç bilan eslaydilar. Boisi, çiroyli ötgan bunday töylar ular uçun öz umrlarining gözal manziliga aylanib, xotira közgusida nurafşon kun sifatida muhrlanib qolgan. Bugungi töylarimiz-çi? Bugungi töylarimiz otçoparda ot surayotgan çavandozlarning poygasini eslatmaydimi? Afsuski, köpçilikning dilini xufton qilib, asabini egovlaydigan holatlar tölib-toşib yotibdi bugungi töylarimizda. Asosan barçamiz uçun oddiy narsadek tuyuladigan töyga sanʼatkor çorlaş masalasi aslida bugungi töylarimizdagi eng dolzarb masalalardan biri sanaladi. Nega desangiz, bir neça yillab töyiga tadorik körgan odam öz xonadonida ötkaziladigan tantanani öziga maʼqul va maqbul kunga belgilaş imkoniyatidan mahrum. Ha, xuddi şunday! Töy kunini töyga taklif qilinadigan sanʼatkor "belgilaydi”. Sanʼatkorning böş vaqtlaridan kelib çiqib töy kuni  belgilanadi. Taassuflar bölsinki, baʼzan sanʼatkorning javobini, töğriroği, "böş kuni”ni kutib, reja qilingan töy vaqti bir-ikki kunga, hatto bir haftaga çözilib ketadi. Töy egasi: "bor-yey”, deb töyiga boşqa sanʼatkorni çorlay olmaydi. Sababi, boşqalari ham "band bölişadi” yoki yoşlar elda "yurib turgani”dan boşqasini xohlaşmaydi. Töy esa istang-istamang sanʼatkor belgilagan kungaça surilaveradi, töy egasi sanʼatkorning javobini kutaveradi. Sanʼatkor esa ozgina nafsini tiyib, töyçini xursand qilişni xayoliga ham keltirmaydi.

Bu ham mayli, falon ming söm pul evaziga, öz  "qadrini oşirib” töy kunini özi belgilab, xizmatga bel boğlagan sanʼatkorning heç jonini qiynamay, "toqqa çiqmay dölana terib” ketişiga nima deysiz? Qöşiqlarni bemalol fonogramma orqali "ijro etib”, davrani "qasir-qusur”, "bang-bung”, "gup-gup”larga töldirib bergan sanʼatkorning audio tasmadan nima farqi bor?

Töylarimizdagi yana bir köngilni xira qiladigan narsa bu – yoşlarimizning "töy sayri” marosimidir. Avvalo şuni ming istihola bilan aytmoqçimizki, yoşlarimiz tomonidan "gulyanka” deb atalayotgan bu marosim hayotimizga qanday kirib kelgani haqida heç kim tugal bir fikr ayta olmaydi.

Xöş, bunday marosim avval ham töylarimizda bor edimi yoki ovröpaça töylarga taqlidan paydo bölganmi?

Keksa avlod vakillarining eʼtirof etişlariça bunday marosim avval ham bölgan, lekin boşqaçaroq, hatto yaqin-yaqinlarda ham bu çiroyli udum nikoh töylarimizga özgaça fayz, yoş-u qariga birday xuşnudlik bağişlagan. Bu marosim hozirgi körinişdan mutlaqo boşqaça, milliy urf-odatlarga mos ravişda bölgan. Yaʼni, avvallari kelin aravada, keyinçalik maşinada yangalari va dugonalari qurşovida uzatib borilgan. Yöl  böyi baxt va muhabbatni, gözal hayotni madh etuvçi qöşiq va laparlar kuylangan.

Afsus va nadomatlar bölsinki, agar bugungi töylarimizda yoşlarimiz "gulyanka” deb ataşayotgan marosimni yuqoridagi kabi töy sayli deydigan bölsak, bu "sayl”ning turgan-bitgani ğalvadan boşqa narsa emas. Agar bu marosimni yoşlarimiz rus millatidan özlaştirgan bölsalar kerak, degan fikrga borsak taassufki, rus tilida "gulyanka” termini kiçkina ziyofat, ötiriş maʼnosini anglatadi. Bundan körinib turibdiki, ruslarda töy sayli "gulyanka” deyilmaydi. Ularda bizdagi "gulyanka” kabi tartibsiz sayrning özi ham yöq. Qolaversa, rus tilidagi "gulyat” – sayr qilmoq maʼnosidagi sözdan "gulyanka” termini, töğriroği, tumanimiz lahjasida töy marosimi uçun jargon söz yaratilgan deyişga esa heç bir asos yöq. Çunki  ruslarning özlari töy marosimlarida "gulyanka” degan atamadan umuman foydalanişmaydi. Töy saylida bizning yoşlarga öxşab ivirsib yurişmaydi. Töylarimizga bölsa-bölmasa har xil bölmağur odatlarni tiqiştiriş şartmi? Binobarin aynan ana şu "gulyanka”lar köpçilik töylarimizda har xil mojarolar va janjallarning çiqişiga sababçi bölmoqda.

 Barçamiz yaxşi bilamiz, 1998-yilda Prezidentimizning töy va marosimlarni ötkaziş bilan boğliq Farmoni, Özbekiston musulmonlari idorasi tomonidan "Töy, marosim va maʼrakalarni meʼyorida ötkaziş haqida”gi Fatvo va tuman hokimining "Tumanda aholi tinçligini saqlaş, töy va boşqa marosimlarni ötkaziş tartibi töğrisida”gi qarori matbuotda eʼlon qilindi. Uşbu  muhim hujjatlarda töy, marosimlarni tartibli, ortiqça çiqim va dabdabalarsiz ötkaziş, atrofdagi odamlar hol-ahvolini hisobga oliş, özini köz-köz qiliş, şuxratparastlik va manmanlik holatlariga barham beriş borasida zarur qoidalar, yöl-yöriqlar körsatilib, vazifalar belgilab berildi. Öşa yillari tumanimizda töy va boşqa marosimlarni ötkaziş borasida ança ibratga loyiq işlar amalga oşirilgan edi. Qiz yiğinlari, kelin va sunnat töylari  ança ixçam, ortiqça dabdababozlikdan xoli ötkazilişiga erişilgandi. Ammo...

Fuqarolar yiğinlari raislari va maslahatçilar, xalq nazaridagi mutasaddi rahbarlar bizni maʼzur tutsinlar-u keyingi yillarda töylarimizda bir-birovni mensimaslik, isrofgarçilik, yuqorida tilga olganimiz "gulyanka”lar  sabab bölmağur janjallaşişlar, avtohalokatlar sodir bölmoqda. Vaholanki, 2010-yilning 6-yanvar sanasida "Tumanda aholi tinçligini saqlaş, töy, maʼraka, oilaviy tadbirlar va boşqa marosimlarni ötkazişni tartibga soliş  töğrisida” tuman hokimining Farmoyişi qabul qilinib, uşbu hujjatda tumandagi barça özini-özi boşqariş organlari rahbarlari uçun mavjud muammolarni hal etiş borasida zarur körsatmalar berildi.

Ajablanarlisi şundaki, özini-özi boşqariş organlari rahbarlari uşbu  körsatmalar böyiça bir-ikki oygina işga "jiddiy” kirişib ketdilaru, belgilab berilgan qoidalarga rioya etib, vazifalarini bajargan bölişdi, xolos. Yuqoridagi farmoyişga muvofiq töylar (ayniqsa, kelin töylari) har qanday dabdabadan xoli, töy sayri uçun faqat ikkita maşina ajratilib, qiz yiğinlari ixçam, faqat kelinning dugonalari iştrokida ötkazilişi, bölğusi kelinpoşşalar nikoh libosini ijaraga olib emas, özlari uçun yangidan tikdirib, milliylikni saqlagan holda kiyinişlari körsatilgandi. Hali aytganimizday, fuqarolar yiğinlari rahbarlari yelib-yugurgan bölişib, barça işni nomigagina yölga qöydilar, xolos. Yuqoridan körsatma olib işlaşga örgangan, töğriroği, özlari mustaqil iş qilişga jurʼatsiz oqsoqollar bu boradagi talab qilingan tartib-qoidalarni allaqaçon unutib yuborişgan, deyişga aosimiz bor. Marhamat!

Faqat 2010-2011 yillar davomida hamda 2013-yilning yanvar oyida tumanimizda ötkazilgan kelin töylari (faqat kelin töylari)da röy bergan tartibsizliklardan önlab kişilar jabr körib, hatto bir neça kişi vafot etganligini afsuski, qayd etmay öta olmaymiz. Töylar bilan boğliq tartibsizliklar, huquqbuzarlik holatlari, hatto jinoiy javobgarlik bilan boğliq xunuk holatlar Qiliçboy hamda Qipçoq ovullarining markazlarida, Dörman ovulida köproq qayd etilayotgani açinarlidir. Xususan, Qipçoq ovulida yaşovçi fuqaro Sardor Matnazarov 2012-yilning 23-mart kuni "gulyanka” paytida aslida akasiga tegişli bölgan avtomaşinani boşqarib borayotib, "Tölqin” ovulida yaşovçi Rasul Jumaniyozovni urib yuborgan. Natijada Rasulbek oğir tan jarohati olib tuman kasalxonasiga tuşgan. Xuddi şunday avtohalokatni sodir etgan manğitlik Rasul Ibodullayevning aybi bilan Gulmira Dösimova ismli yölovçi oğir tan jarohati olib, oylab azob tartişga majbur böldi.

Bundan taşqari, tuman IIB huzuridagi avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalaniş qoida va meʼyorlariga amal qilişni nazorat etiş bölinmasi tomonidan taqdim qilingan maʼlumotlarga qaraganda tuman IIB  yöl harakati xavfsizligi bölinmasi tomonidan 2012-yil davomida ötkazilgan tadbirlar davomida 6 nafar haydovçi "töy sayri” marosimiga fuqarolar yiğinlari rahbarining ruxsatnomalarisiz çiqişgan. Bu ham yetmaganday, harakat xavfsizligiga tahdid solib, guruh bölib harakatlanganlar. 2012-yilning dekabr oyida esa spirtli içimlik içib "töy sayri”dan qaytayotgan yoşgina bir yigit avtohalokatga uçrab, hayotdan bamavrid köz yumgan. Vaholanki, 2010-yil 6-yanvar sanasida qabul qilingan tuman hokimining "Tumanda aholi tinçligini saqlaş, töy, maʼraka, oilaviy tadbirlar va boşqa marosimlarni ötkazişni tartibga soliş töğrisida”gi farmoyişining bir bandida töyda va töydan oldin içkilikbozlikka barham beriş, yana bir bandida esa kelinning kuyovnikiga keliş vaqti belgilangan, töy sayrida iştirok etadigan maşinalar soni ikkitadan oşmasligi va haydovçilar fuqarolar yiğini rahbariyatining maxsus ruxsatnomasi asosida harakatlanişga haqli ekanligi qayd etilgan.

Belgilab qöyilgan mezonlar buzilgani, yiğin oqsoqollari masʼuliyatni unutganlari bois, yuqoridagi kabi salbiy holatlar tez-tez sodir etilmoqda.

Yuraklarni larzaga soladigan eng xunuk hodisa Dörman ovulida sodir etildi. Yaʼni, bir yaxşi inson elga dasturxon yozdi, oçilib-soçilib, töy berdi. Ammo bir nokasning badbinligi bois, töy azaga aylandi. 2012-yilning 27-oktyabr kuni töyga kelgan xeş-aqrabolardan biri – qöşni viloyatdan kelgan mehmon, öz izzatini bilmagan Öktam Örozmetov ismli şaxs mast holda şovqin kötarib, barçaning asabini buzdi. Töyda  "kelin keldi” davrasini boşqarib turgan salomçi yigit Ilhom Qurbonovning boşiga temir xaskaş bilan urib oğir tan jarohati yetkazdi. Oqibatda Ilhom Qurbonov huşiga kelmasdan kasalxonada vafot etdi, töy fojiali yakun topdi.

2013-yilning 26 fevral kuni esa Manğit-Qipçoq yölining "Çoyköl” ovuli hududida şaxsan özimiz guvoh bölgan "gulyanka” (töy sayri) marosimida sodir  bölgan avtohalokat ham gulday bir yigitning yoş umriga zomin böldi, bir neça kişi oğir tan jarohati olib şifoxonaga yotqizildi.

Afsus va nadomatlar bilan qayd etamizki, Qiliçboy va  Qipçoq ovullari markazi, "Qangli” ovuli hamda Manğit şahrining ayrim mahallalarida ötkazilayotgan töy-marosimlarda tartibsizliklar, spirtli içimlik içib, mast-alast şovqin kötariş holatlari tez-tez sodir bölayotgani ğoyat taşvişli holdir.

Şu yerda haqli bir savol tuğiladi:

Töy-marosimlar va boşqa oilaviy tadbirlarni meʼyorida, isrofgarçiliksiz, şovqin-suronsiz, ortiqça dabdababozliklarsiz ötkaziş borasida özini-özi boşqariş organlari rahbarlariga qaçongaça yuqoridagi kabi yöl-yöriq va körsatmalar berilişi kerak? Axir xalq orasida, mahallada aynan şu rahbarlarning özlari ham yaşaşadi-ku! Özlari rahbarlik qilayotgan fuqarolar yiğinlari hududlarida soğlom turmuş tarzini qaror toptiriş, xalq orasida milliy urf-odat va udumlarning zamonaga mos, har qanday dilxiraliklardan xoli, ixçam tarzda ötkazilişiga nega fuqarolar yiğinlari oqsoqollari boş-qoş bölişmayotir?

Bunday savollarni qöyişga ham yetarliça asoslarimiz bor. Töy-marosimlarni tartibli ötkaziş bilan boğliq Prezident Farmoni, Özbekiston Musulmonlari idorasining Fatvosi hamda  tuman hokimining qaror va farmoyişlariga yana bir bor eʼtiboringizni jalb etamiz. Sababi, uşbu hujjatlarning barçasi mohiyatan bir ezgu maqsadni ifoda etadi. Yaʼni, aholi tinçligini saqlaş, farovonligini taʼminlaş, bir-birovga hurmat va mehr-oqibat tamoyillariga amal qiliş. Lekin ming afsuski, tumanimizda kamdan-kam fuqarolar yiğinlari oqsoqollarigina bu tamoyilga amal qilmoqdalar, xolos. Xususan, Jumurtov şaharça fuqarolar yiğini, "Arna böyi”, "Xizr eli”, "Ayoqçi”, "Böz suv”, "Daryo böyi”, "Nazarxon” Manğit şahrining "Oybek”, "Çordara”, "Olmazor” mahallalarida oqsoqollar, profilaktika nozirlari, posbonlar, maslahatçilarning keng jamoatçilik bilan hamkorliklari bois, töy va marosimlarning meʼyorida, tartibli ötkazilişiga erişilmoqda. Lekin tumanimizda biz nomlarini tilga olmagan önlab  mahallalarda, nazarimizda oqsoqollar yuqoridan yangi bir körsatma bölişini kutib ötirişganga öxşaydi. Köpçilik yiğin raislari öz vakolatlaridan kelib çiqib işlaşning uddasidan çiqa olmay, öta jurʼatsiz, mustaqil fikrga ega bölmagan oqsoqol ekanliklarini namoyiş etmoqdalar.

Biz yuqorida töylarimizdagi sanʼatkorlar va "gulyanka”lar bilan boğliq tartibsizliklar haqida töxtaldik. Lekin kelinpoşşalarimiz "nikoh libosi” deb kiyib çiqadigan liboslarga ham bir nazar taşlamay öta olmadik. Çunki töy egasini qiynab qöyadigan muammoning eng asosiysi mana şu nikoh köylagi bilan boğliq.

- Yaqinda tumanimizdagi öziga töq bir xonadonda qiz yiğinda böldik, - deydi nafaqadagi muallima Gulsara opa Kamolova, - ertaga kuyovnikiga uzatilib ketadigan qizning qiz yiğini nomdor bir  töyxonada ötdi. Xotin-xalaj, bola-baqra, yoşi katta erkaklar bilan yoş-yalanglar aralaş-quralaş, şovqindan boş aylanadigan darajadagi "qiz yiğin”! Kelin bölmişning egnidagi libosdan  töğrisi, biz uyaldik. Töyidan bir kun oldin ota-onasi, aka-uka, opa-singillari oldida yarim-yalanğoç kiyinib olgan qizning esa parvoyi palak. Egniga etagi tandirday, orqasi beligaça, hatto kökraklarining yarmi oçiq oq libos kiyib, örtadan çiqmay raqsga tuşişi, bu öyin davrasida 60 yoşdan ötgan ota-onasi, ota-onasining döstlari, hatto raqqosaning ustidan pul soçib öyinga tuşayotgan 80 yoşni qoralab qolgan momo va buvalarining hatti-harakatlaridan çarçab, töyxonani tark etdik. Bilsak, şu kuni kelin bölmiş qizginaning egnidagi libosni bir million sömga, ijaraga olişgan ekan. Bir millionga, faqat ikki soatga-ya! Yana ijaraga, öziniki emas! Boz ustiga libosda na milliylik bor, na nafosat. Açinarli tomoni şundaki, köylakning fasoni, dizayni özbekçiligimizga ham, şariatimizga ham aslo munosib emas...

Opaning kuyunçaklik bilan aytgan bu gaplarida jon bor. Agar masalaning moddiy tomoniga eʼtibor beradigan bölsak, 1000 000 söm pul bir boyvaçça uçun çöt emas. Lekin örtamiyona oila-çi? Bunday oila uzatilayotgan qizga şunça pulga ijaraga nikoh köylagi olib bera oladimi? Albatta, yöq. Şuni eʼtiborga olgan holda  qabul qilingan tuman hokimining qaror va farmoyişlarida kelin qizlarimizning ijaraga nikoh köylagi kiyişlariga tamoman barham beriş zarurligi qayd etilganini barçamiz yaxşi bilamiz. Aynan ana şunday ijaraga köylak olib kiyiş oqibatida, ijara puli mojarosi bois  quda-qudağaylar örtasiga nizo va janjallar, arazlar aralaşganini ham yaxşi bilamiz. Lekin şunday bölsa-da hamon falon ming sömga ijaraga nikoh libosi kiyiş holatiga barham berilayotgani yöq. Vaholanki, bir neça kişi tomonidan kiyilgan nikoh libosining soğlik va gigiyenaga zid ekanligi tibbiyot nuqtai nazaridan allaqaçon öz isbotini topgan. Qolaversa, tuman gazetasi orqali qayta-qayta kiyilgan nikoh libosi orqali kasallik yuqtirgan kelinlar haqida muntazam ravişda maqolalar, xalqning asosli eʼtirozlari yoritilib borilmoqda. Bularning barçasi tuman xotin-qizlar qömitasi bilan hamkorlikda iş olib boruvçi mutasaddi taşkilotlar rahbarlari, ayniqsa yoşlar taşkilotlari, mahalla oqsoqollari, imomlarining zarur xulosa çiqarişlari uçun yetarli asos böla olmaydimi? Albatta ,böla oladi!

Faqat buning uçun masʼullarimizning bir ozgina vaziyatdan çiqib işlaşlari, dadil va jurʼatli bölişlari kifoya. Bizning  maqsadimiz esa hamişa xolis. Töy egasi töyini emin-erkin, özi xohlagan kunda ötkazsa, sanʼatkorlar esa özlarini bozorga solavermay, kamtarroq bölişsa, deymiz-da. Şunçalik manmanlik köçasida yurişsalar-da Davlat soliq idorasi tomonidan jilovlari tortib qöyilmayotgan sanʼatkorlar ham meʼyorni unutmasalar. "Töy sayri” degan turgan-bitgani moddiy va maʼnaviy zarardan iborat marosimni köçalar böylab safga tizilib yuruvçi tartibsiz  maşinalar kolonnasidan haqiqiy özbekona töy sayriga aylantiriş haqida bir öylab köriş kerak emasmikan? Yoşlarimiz töy sayrida  bitta yo ikkita maşinada bahavo bir joyga borib döstlari bilan xursandçilik qilişsa, öynab-kulişsa, yuqoridagi kabi köngilsiz holatlar umuman yuz bermasmidi? Eng muhimi, ana şu nomaʼqul marosim uçun ketadigan mablağ tejalardi, töy egasi bir muammodan xalos bölib, köngillar xotirjam bölardi.

Nikoh liboslari bilan boğliq muammo bizningça, eng jiddiy muammodir. Bu haqda nafaqat töy sohiblari, balki şu hududga masʼul şifokorlar, profilaktika noziri, mahalla oqsoqoli, imom va maslahatçi, hatto el katxudolari, kayvoni onalarimiz ham yaxşilab öylab, xulosa çiqarişlari joizga öxşaydi. Çunki libos – odamning maʼnaviy qiyofasini belgilaydi. Ayniqsa, nikoh libosi. Juda qadim-qadimdan uning toza va ohorliligi, milliyligi muhim hisoblangan. Şuni eʼtiborga olgan holda tikuvçi-dizaynerlarimiz milliy mentalitetimizga mos va munosib nikoh liboslarini yaratsalar, bu borada tuman xotin-qizlar qömitasi boşçiligida nikoh liboslari dizayni yönalişida tanlovlar uyuştirilsa maqsadga muvofiq bölardi. Tumanimizdagi nikoh liboslarini ijaraga beriş bilan şuğullanadigan tadbirkorlarning işini tartibga soliş, ularning işida yangiliklar yaratiş payti yetdi, deb öylaymiz.

Töylardan oldin bölib ötadigan siynoq, kengaş kabi marosimlarni oilaviy tadbirga aylantiriş joiz. 50-60 nafar, balki undan-da ortiq kişini yiğib, spirtli içimlik içib, töy maslahatini qiliş şartmi? Axir töyga kimga va qança odamga aytilişini töy egasining özi yaxşi bilmaydimi? Butun mahallani yiğib, içkilikni örtaga qöyib maslahat oşi berib, ortiqça xarajat qilişning nima keragi bor?

Şu örinda hurmatli Prezidentimizning: "...Qayerda huşyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql-idrok va tafakkur hukmron bölsa, öşa yerda maʼnaviyat yengilmas kuçga aylanadi”, - degan hikmat va qudratga töla sözlarini keltirmay öta olmaymiz. Axir töy – insoniyat bilan birga tuğilib, million yillar davomida sayqallanib, şakllangan maʼnaviy yodgorligimiz. Bu tabarruk maʼnaviy qadriyatimiz bilan boğliq udumlar va tutumlarni özimizga mos,oilamiz iqtisodiga munosib tarzda ötkazsak, avvalo könglimiz obod bölmaydimi? Axir köngildagi obodlik – oila, mahalla, ona Vatan obodligiga timsol emasmi, azizlar. Qolaversa, har jihatdan yaqqol namoyon bölğusi obodlikda yuksak maʼnaviyat aks etib turmaydimi?

Qurʼoni Karimning "Isro” surasida Alloh taolo marhamat qilib şunday deganlar: "... isrof qiluvçilar şaytonning birodarlari”dir , yana, Hadisi-şariflarda ham isrofgarçilikdan qaytarilib, tejamkorlikka tarğib va taşviq etiladi. Jumladan:

"Allohning noz-neʼmatlaridan xohlagança yeb-içinglar, xayr-ehson qilinglar, kiyinib-yasaninglar, lekin isrofgarçilik va manmanlikka yöl qöymangizlar”.

Yana bir boşqa Hadisi-şarifda: "Boylikda ham, faqirlikda ham, ibodatda ham möʼtadillik yaxşidir”, - deyilsa, tejamkorlik xususidagi hadisda: "Tejamkor kişi heç qaçon qaşşoqlik körmaydi”, - deb taʼkidlanadi.

Demak, Allohning amri, rizosi bilan nikohlari tuşib, töy bölayotgan xonadondagi tartibsizlik, isrofgarçilik va manmanlik holatlari muqaddas dinimizga ham yot illatlardandir. Şunday ekan, meʼyorni unutmaylik. Meʼyor bor joyda tartib böladi. Tartib esa osoyiştalik mezonidir. Hayotimizda osoyiştalik hokim ekan, oilalarimizda farovonlik, obodlik barq urib turaveradi. Bizning maqsadimiz ana şudir, azizlar.

Robiya YÖLDOŞEVA,

Allambergan JUMANIYoZOV,

www.amunews.uz veb-saytimuxbirlari.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026