ŞAYX JALIL BOBO HAQIDA BILAMIZMI?
Ğ.Xöjaniyozov, J.Örozimbetovlarning "Nazarxon” asaridan olindi.
Qoraqalpoqçadan Robiya YÖLDOŞEVA tarjimasi.
Şayx Jalil bobo qabristoni Amudaryo böyida joylaşgan eng qadimiy manzillardan biri sanaladi. Bu yer qoraqalpoğistonliklardan taşqari Xorazm viloyati hamda qardoş Turkmaniston Respublikasining Toşovuz viloyatlari aholisi uçun muqaddas ziyoratgoh hisoblanadi. 1990-yildan beri bu yerda qabriston şayxi sifatida diniy-maʼrifiy faoliyat yuritib kelayotgan Endir Yoqubovning bergan maʼlumotlariga köra, 2004 yilning noyabr oyidan eʼtiboran Şayx Jalil bobo qabri ustiga yangidan gumbaz qurilişi işlari boşlangan. Uşbu xayrli işning taşkilotçisi Amudaryo tumanidagi sobiq Krupskaya nomli kolxoz (hozirgi "Zarbdor” MMTP hududi)da yaşovçi Ollombergan ismli tadbirkor bölib, jamiki quriliş işlariga Odil Polvon ismli kişi boşçilik qilgan. Özini Şöroxonga asos solgan afsonaviy Er Şöra botir avlodidanman, deb taniştirgan suhbatdoşimiz Odil Polvon öz şajarasini quyidagiça tartibda sanab berdi: Odil Abdal surnayçi (1889-1982) – Polvon çunoq (oqsoq) – Kamol biy mulla Rajab – Matniyoz biy Bekiş Darğa – Eson Omon Tubonak – Abjiqboy – Er Şöra botir – Nomusboy.
Uning bobolaridan biri Rajabboy Toş madrasada tahsil olgan hamda şu yerda masjid qurib, bolalarga saboq bergan. Hozirgi kunda qabristonning qoq markazida saqlanib qolgan masjid qoldiqlari Odil Polvonning aytişiça, öşa Rajabboy bobosi qurgan masjid bölişi ehtimol. Masjidning mehrob joylaşgan namozxonasi bilan uning yonginasidagi bir xonaninggina devorlari saqlanib qolgan. Boşqa xonalar esa buzilib ketgan. Masjid atrofiga mayyitlar qöyilib, bu manzil vaqt ötişi bilan qabristonga aylanib ketgan.
Suhbatdoşimiz Odil Polvonning maʼlumotlariga qaraganda, Şayx Jalil – uç oğayni yigitlar bölişgan. Ulardan eng kattasining ismi Muhiddin (Şirjamol), ikkinçisi Nuriddin (Jalil), uçinçisi Vali, otalarining ismi esa Jayhun bölgan. Bu yerlar nihoyatda fayzli, nabotot olami keng va gözal bölganligi boisidan Xiva xonlari tez-tez şikorga kelib turişgan.
XVIII asrning oxirlarida qozoq millatining kiçik juz uruğidan bölgan atoqli Ayteke biydan keyin biylik darajasiga erişgan Dat öğli Sirim botir taqdir taqozosi bilan Nazarxon elatiga kelib qazo qiladi va Şayx Jalil bobo qabristoniga dafn etiladi.
Qabriston Xöjakölning Amudaryodan suv oladigan soğasiga yaqin, Qoratoğ bağrida joylaşgan. Şayx Jalil bobo haqida mahalliy xalq orasida turli afsonalar tarqalgan. Nima bölganda ham har qanday afsona ortida maʼlum maʼnoda tarixiy haqiqat böladi.
Şayx Jalil bobo afsonasi
Markaziy Osiyo xalqlari orasida islom dini qonunlari örnatilayotgan dastlabki yillarda har bir qalʼa öz hukmdoriga ega bölgan. Öşa davrdagi Buxoro hukmdori Zol islom dinini qabul qilişdan boş tortadi va islom dinini tarğib qiliş uçun kelgan arablarga qattiq qarşilik körsatadi. Uruş jarayonida u arablarga qarşi özining kuçli azayimxonligidan foydalanib duo bilan hiyla va nayrang işlatadi. Hazrat Ali öz laşkarlari bilan Buxoro qörğonining darvozasini buzib, qalʼa içkarisiga kiradi va darvozani qöriqlaşni avval Muhammad (s.a.v) payğambarning köşkini kötarib yuruvçi bölimning boşliği vazifasini bajargan Şayx Jalil boboga topşiradi va: "darvozadan heç bir tirik jonni çiqarib yuborma”, deb tayinlaydi. Qalʼa içkarisida qarşilik körsatgan olomonni yengib, Buxoro xalqini taslim qilgan Hazrat Ali heç qayerdan Zolni topa olmaydi va darvoza oldiga kelib uning:
- Qalʼadan heç kim çiqib ketmadimi? – degan savoliga Şayx Jalil bobo şunday javob beradi:
- Bitta qora muşuk çopib çiqib ketganini hisobga olmaganda bironta ham tirik jon bu yerdan çiqqani yöq.
Buxoro hukmdori Zolning ötkir azayimxon ekanligini avvaldan bilgan Hazrat Alining qahri kelib Şayx Jalil boboning boşiga qiliç solib yuboradi. Boboning çala kesilgan boşi bilan qonga böyalgan tanasi Amudaryoga qulab tuşadi va daryoning kuçli tölqinlari bilan oqib Qoratoğ hamda Jumurtov oraliğidagi daryoning tor qismiga, Xöjaköl soğasidagi qayrga kelib qoladi. Voqeadan bexabar yerlik aholi boboning tanasi – mayyitni yuvib-tozalab Qoratoğ bağriga dafn etişadi. Keyinçalik bu yerga dafn etilgan mayyitning Şayx Jalil bobo ekanligi maʼlum bölgaç, bu yer öz eʼtiqodiga sodiq islom dinining tarğibotçilaridan biri dafn etilgan makon sifatida butun Turon davlati xalqlarining muqaddas qadamjolaridan biriga aylanadi.
Şayx Jalil - tarixiy şaxs
Haqiqatan ham Şayx Jalil tarixiy şaxs. Akademik Yahyo Ğulomovning ilmiy xulosalariga köra, u söfizm taʼlimotining Yassaviylar oqimiga asos solgan tasavvuf ulamolaridan biri Jalol bobo bilan aloqador bölgan. Jalol bobo, XIX asrda tuzilgan Zangi ota şayxlarining şajarasida Amudaryo böyida dafn etilganligi qayd etilgan. Jalol bobo haqida XIX asrda yaşab ötgan Xorazm tarixçilaridan biri Bayoniy ham qimmatli maʼlumotlar yozib qoldirgan (Ya.Ğulomov, 1959, 23-bet). Buxoroga oid ayrim tarixiy manbalarda, Şayx Jalil ismli şaxs X asrda ham bölganligi qayd etiladi. Uşbu manbalarda yozilişiça: "Vazirdan ham kattaroq hurmatga ega olim odam bölgan va uni "Şayx Jalil”, Yaʼni, "Uluğ Ustoz” nomi bilan ataşgan. Bu Uluğ Ustoz, ayrim manbalarning guvohlik berişiça, "hijriy 356 (996) yilda olamdan ötgan” (Odam Mets. 1973, 161-bet). Umuman olganda Şayx Jalil bobo qabri joylaşgan manzil eramizdan avvalgi IV-III asrlardan to eramizning XIV asriga qadar, hatto hozirgi davrimizda ham muqaddas qadamjolardan biri sifatida qadrlidir.
Öziga xos arxeologik kompleks
Mazkur qadamjo ulkan bir kompleksdan iborat bölib, uning tarkibida bir neçta arxeologik inşootlar mavjudki, bu inşootlar öziga xos arxeologik-tarixiy ansambl körinişiga ega: Şayx Jalil bobo gumbazi (qabrjoy, tilovatxona), Hovuz, Çinor, Buloq, Xumdon (xumbuz), Çillaxona, Jiydali buloq, Kiyik soğgan, Çiviqli, Munojot tepa va boşqalar.
Şayx Jalil boboning dastlabki gumbazi xom va pişiq ğiştlardan qurilgan bölib, gumbazning orqa tarafida hovuz joylaşgan. Hovuz çekkasida yuz yillarga guvoh bölib gujum daraxti ösgan. Ikkinçi jahon uruşidan oldin yuz bergan suv toşqinlari oqibatida bu arxeologik kompleksga jiddiy talafot yetgan, boboning qabri qarovsiz holatga kelib qolgan. Uzoq yillar davom etgan sovetlarning maʼnaviyatga, tarixga eʼtiborsizlik kabi manfur siyosati tufayli bu makon tamoman xaroba holatga kelib qolgan. Allohga ming şukrki, istiqlol tufayli, 2004-yilning noyabr oyidan boşlab yuqorida aytganimizday, yaxşi insonlarning şarofati bilan bu muqaddas ziyoratgohni qayta tiklaş, obodonlaştiriş işlari boşlab yuborildi.
Boboning buloği gumbazning janubiy-şarqiy qismida, toğ etagida joylaşgan. Hozirgi vaqtda buloq suvi biroz tortilgan bölsa-da, qadamjoga kelgan ziyoratçilarni bemalol taʼminlay oladi. Buloqning şundoq yonginasida ikkita qabr bölib, ulardan biri, bizga berilgan maʼlumotlarga qaraganda, "buloqdan suv olgani kelganlar duoi-fotiha qilişar”, degan maqsadda dafn etilgan Matyoqub Maşarif öğli ismli şaxsga tegişli.
Buloq atrofida antik davrlarga oid kulolçilik idişlarining bölaklari soçilib yotganiga qaraganda buloq suvi juda uzoq zamonlardan beri bu yerga kelguvçilar uçun obi-hayot manbai bölib kelganligidan dalolat beradi.
Buloqning ğarb tomonida esa örta asrlarga tegişli kulolçilik Xumdon (xumbuz)lari joylaşgan. Xiva xonligiga tegişli barça minora va saroylarni bezab turgan bezak-naqşlar, ziyoratgoh şayxlarining aytişiga qaraganda, dastlab şu yerda tayyorlangan. Haqiqatan ham bu kulolçilik xumdonlaridan örta asrlarda keng foydalanilgan.
Buloqdan yuz metrlar çamasi janubiy-şarqda, atrofi toğ toşlari bilan ihota qilingan qabr joylaşgan. Balandligi bir metrdan oşiqroq bölgan toşqörğonli bu qabr, qabriston şayxlarining aytişiça, sovet davrida yaşagan kom-somol faoli Xidirboyga tegişli ekan. Öz davrining siyosatiga köra, köplab qatağon işlarda iştirok etgan bu şaxsga ham Alloh uşbu makondan joy bergan. Şayx Jalil bobo ham xuddi şu makonda toş böron qilib öldirilgan. Uning tanasi toğdan qor-yomğir erib, oqib tuşadigan soyga dafn etilganligi bois, boboning ölimini sayil hamda sel bilan boğliq hisoblaşgan. Yaʼni, bu bilan uning gunoh işlari doimiy ravişda sel bilan yuvilib turadi, degan maqsadda mayyitni sel oqadigan soyga dafn etişgan.
Toğ qirining şimoliy-şarq tarafida öyib işlangan Çillaxona joylaşgan. U 3X3 metr çamasidagi kattaligi ikki metr öttiz santimetrdan iborat bir xonali kiçik hujrani eslatadi. Çillaxona örta asrlarga tegişli bölişiga qaramasdan, bir neça marta restavratsiya qilingani uçunmi, hozirgi kunda ham öz ahamiyatini yöqotmagan.
Jiydali buloqning şimol tomonida, toğ içkarisida, bir qaraşda kiçikroq yana bir çillaxona joylaşgan.
Jiydali buloq Çillaxonadan şimoliy-ğarb tarafda joylaşgan bölib, avvallari bu yerda yetti tup jiyda daraxtlari ösib turgan. Hozirgi kunda bu yerda faqat bir tupgina jiyda daraxti saqlanib qolgan. U ham bölsa, yovvoyi jigildak-jiyda daraxti, qandaydir möʼjiza bilan toğ toşlari orasidan yöl topib, ösib turibdi. Jiyda daraxti ösib turgan yerdan sal balandroqdagi buloq ustiga qulab tuşgan toşlar uning közini bekitib taşlagan bölsa-da buloq hamon taşna köngillarga öz obi-hayoti bilan malham vazifasini ötaydi. Va bir tupgina jiyda daraxtiga hayot baxş etib keladi.
"Jiydali” nomi bilan boğliq boşqa makonlar
"Jiydali” toponimi qoraqalpoq tarixida alohida örin egallaydi va bu nom bilan boğliq joy va makonlar köp uçraydi. Taniqli etnograf olim X.Yesbergenovning aniqlaşiça, Boysun atamasi mohiyatan Xorazm, Farğona, Buxoro qoraqalpoqlari va Samarqand özbek-qoraqalpoqlari orasida tarqalgan (Yesbergenov, Xoşniyozov, 1998, 18-19-betlar). Boysun elati Orol dengizi böylarida yaşaganligi hamda ularga Fasil ismli şaxs podşoh bölganligi haqida afsonalar bor (Tolstov, 1948, 22-bet, Yesbergenov, Xoşniyozov, 1998, 18-bet). Qoraqalpoğiston Respublikasi hududida "Jiydali” nomi bilan yuqorida tilga olganimizday, buloq, şuningdek "Jiydali Boysun” kabi joy nomlari köplab uçraydi. Masalan:
Uyşun Qönğirot elida, Jiydali Boysun şaharida.
(Yesbergenov, Xoşniyozov, 1988, 17-18-betlar).
Taxtaköpirlik fuqaro Qozoqboy Qayipov L.S.Tolstova bilan A.Ötemisovlarga quyidagiça maʼlumot beradi: "Orol dengizining böyida, "Boysun kozak” degan jarlikning yonida joylaşgan "Jiydali” degan köl bor edi. Şu tufayli bu yerlarni "Jiydali Boysun” deb ataşgan. Boysun bizning ovuldan 30 çaqirim olisda, Beltovning etagida, dengiz böyida joylaşgan”.
Bu Jiydali makoni, ilmiy izlanuvçilarning taʼkidlaşiça, rus olimi A.V.Kaulbarsning xaritasida ham körsatilgan. Jiydali Boysun elati, X.Yesbergenov va J.Xoşniyozovlarning aniqlik kiritişlariça, antik davrlardan Orol dengizi böylarida joylaşgan. Surxondaryo viloyatidagi Boysun esa XIX asrda Orol dengizi böylaridan köçgan qabilalar yaşagan joy nomlari atamasini özlari bilan birga olib ötganlaridan dalolat beradi. (Yesbergenov, Xoşniyozov, 1988, 141-bet).
Anbar ena izi qolgan makon
Şayx Jalil bobo kompleksidagi obʼektlardan yana biri Anbar ena nomi bilan boğlanadi. Anbar ena bir vaqtlar Amudaryo böyidagi uşbu makonda yaşagan. U haqda ötgan asrning elliginçi yillarida şu yerda etnografik izlanişlar olib borgan olim G.P.Snesarev tomonidan qiziqarli maʼlumotlar yozib olingan. Uning taʼkidlaşiça, bu yerdagi Kiyik soğgan va Çiviqli kabi atamadagi joylar Anbar ena nomi bilan boğliq qadamjolar hisoblanadi. Rivoyatlarga köra Jiydali buloqdan ham ança yuqoriroqda, eng baland siriq (xoda) turgan joyda Anbar ena yovvoyi eçkini soğib olar ekan. Umuman olganda, Anbar ena nomi bilan boğliq karomatli, ilohiy joylar Amudaryoning ikki qirğoğida ham köplab uçraydi. (Snesarev, 1973, 112-bet).

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶