NEVROZ – KASALLIKMI YoKI YoMON XARAKTER?
Nevroz, albatta, kasallik. Bu kasallik belgilari xulq-atvor buzilişlari bilan namoyon bölganligi uçun ham uni yomon xarakterning bir turi deyişadi.
Bu kasallikni tib ilmining sultoni Abu Ali Ibn Sino ham mukammal örgangan va quyidagiça taʼrif bergan: bu kasallikda tana harorati kötarilmaydi, biron-bir aʼzo zararlanmaydi, tanada lat yegan joylar bölmaydi, biroq bemorning asabi buzilgan böladi.
Nevroz – asab çarçaşmi?
Nevroz asab tizimining funktsional kasalligi bölib, insonga ruhiy jarohat yetkazuvçi taşqi va içki omillar natijasida rivojlanadi. Demak – nevroz asab kasalligidir. Nevroz belgilari uzoq yoki qisqa vaqt davom etişidan qatʼiy nazar, butunlay tuzaladigan kasallik. Biroq, bu davolaş jarayoni bir oy, baʼzida undan ham köp davom etadi. Nevrozning 3 turi farqlanadi: nevrasteniya (tom maʼnoda nevroz), isteriya va miyadan ketmaydigan fikrlar.
Nevroz xususida
Nevroz asabning ortiqça zöriqişidan kelib çiqadi. Asabi böş odamlar nevrozga tez çalinişadi. Aqliy va jismoniy mehnatning nomutanosibligi, doimiy hissiy zöriqişlar, yaqin kişisidan judo böliş, oila va işxonadagi kelişmovçiliklar, qörquv va xavotirda yuriş nevrozga sababçi böladi. Yoş bolalarda nevrozning rivojlanişiga uni örab turgan muhit, ayniqsa, ota-ona orasidagi janjallar sababçi böladi. Bolalik davrida olgan tan jarohatlari ham bundan mustasno emas.
Nevroz nafaqat jahldor odamlar, balki öta andişali odamlarda ham rivojlanişi mumkin. Ayniqsa, andişali odam janjalli voqealar röy berganda hissiyotga izn bermaslikka, özini boqşarib turişga harakat qiladi, birovning könglini oğritib qöymay deydi. Bu holatlar, aksariyat hollarda asab tizimining çarçaşiga sababçi böladi. Şuningdek, vitaminlar yetişmovçiligi, kamqonlik, surunkali va oğir kasalliklar ham nevrozga olib keladi.
Nevroz belgilari turli-tuman bölib, ular içida tez-tez asabiylaşiş, jahldorlik, uyqu buzilişi, boğ oğrişi, boş aylanişi, umumiy holsizlik, yurak urib ketişi, parişonxotirlik, aqliy va jismoniy mehnat faoliyatining pasayişi kabi simptomlar köp kuzatiladi.
Bemorni qanday davolaş kerak?
Davolaş tibbiy psixolog, neyropsixolog va nevrologlar tomonidan olib boriladi. Asab buzilişi bilan boğliq bu kasallik tibbiy-psixologik muolajalardan söng samarali davolanadi. Davolaş muddati va natijasi köproq uning töğri olib borilişiga boğliq. Avval nevrozga olib keluvçi sabablar aniqlanadi va iloji boriça bartaraf etiladi. Asosiy sabablar bartaraf qilinganda, aksariyat bemorlar davolaşni davom ettirişga hojat ham qolmaydi, ular tuzalib ketişadi. Lekin baʼzi hollarda nevrozning sababini aniqlaş va ularni yöqotiş ança muşkul.
Bemorning oilaviy ahvoli va işlaş şaroiti bilan tanişib, unga dam olib işlaş, iş soatlarini qisqartiriş, ovqatlaniş tartibiga rioya qiliş, teatr va kinolarga borib turiş tavsiya qilinadi. Nevrozni davolaş uçun juda köp dori-darmonlar mavjud. Biroq ularni köp qöllaş kerak emas. Şifokor tomonidan eng zarur dori tanlab olinadi va bemorga tavsiya etiladi. Bemorlarni davolaşda işlatiladigan aksariyat dorilar kuçli sedativ taʼsirga ega bölganligi uçun ularni işlab yurgan bemorlarga tavsiya qilib bölmaydi. Kam miqdorda tavsiya qilinsa, natijasi past böladi. Bunday paytlarda nojöya taʼsiri kam bölgan dorilardan foydalaniladi. Şuningdek, umumiy massaj, igna bilan davolaş, ertalabki badantarbiya va sportning öziga maqbul turlari bilan şuğullaniş tavsiya qilinadi. Yilda bir marta sihatgohlarda dam olib turiş ham öta foydalidir.
Gulnora GULMONOVA, tuman Tibbiyot birlaşmasi
nevrologiya bölimi mudirasi,
oliy toifali nevrolog.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶