“SOĞLOM ODAMGINA BAXTIYoR BÖLA OLADI”
Mamlakatimizda amalga oşirilayotgan jamiki özgarişlar, bunyodkorliklar, islohotlar zamirida inson omiliga eʼtibor, uning baxtiyor, farovon va öz hayotidan rozi bölib yaşaşiga erişişdek ezgu maqsadlar mujassamdir.
Bu borada söz yuritganda, eng avvalo, aholiga tibbiy xizmat körsatiş sifatini oşirişga alohida eʼtibor berilayotganini tilga oliş joiz. Inson hayotda tetik, oilasi tinç, farzandlari soğlom bölsagina çinakam baxtiyor bölişi mumkin. Bemor şohdan soğlom gado baxtlidir, degan xalq naqli bejiz aytilmagan.
Şu boisdan ham 2017-yil 29-martda “Özbekiston Respublikasida birlamçi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini taşkil etişni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida” qabul qilingan Prezident Qarorida soğliqni saqlaş sohasini tubdan isloh qiliş, uning birlamçi böğinidagi bölinmalari va qişloq vraçlik punktlari faoliyatini tubdan takomillaştiriş yuzasidan amalga oşirilişi lozim bölgan işlar belgilab berilgan edi.
Ötgan davr mobaynida bu borada olis-olis hududlarda ham aholiga eng yaqin tibbiy böğinlarda qator özgarişlar qilindi. Qarorga muvofiq birlamçi tibbiyot muassasalarida körsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati oşirilib, aholi kasallaniş darajasini pasaytiriş maqsadida profilaktika işlari yaxşilanmoqda. Muassasalarda malakali mutaxassislarning faoliyat yuritişi taʼminlanmoqda.

Xitoy ovulida joylaşgan 6-sonli qişloq oilaviy poliklinikasi Xitoy, Bözyop ovullari va Namuna, Toryop mahallalarida istiqomat qiluvçi 18189 nafar aholiga xizmat körsatadi.
Hududda 1 yoşgaça bölgan bolalar 338 nafar, 14 yoşgaça bölgan bolalar 4646 nafar, 18 yoşgaça bölganlar 5119 nafarni taşkil etadi. Şuning öziyoq qişloq oilaviy poliklinikasi tibbiyot xodimlari zimmasida neçoğlik masʼuliyatli vazifalar borligini anglatadi. Negaki soğlom hayot tarzi, tibbiy madaniyat, sanitariya-gigiyena qoidalarini özlaştiriş, öz soğliği uçun har kimning özi javobgarlik tuşunçasi bolalikdan singdirilişi va tarbiyalanişi lozim. Muassasada pediatr Şohsanam Begmonova, jarroh Tojiboy Bozorboyev, stomatolog Şuhrat Davletov, laborant Dinora Yavidova, umumiy amaliyot şifokorlari Omonboy Yeluboyev, Xosiyat Xudoyberganovalar aholiga sifatli tibbiy xizmat körsatiş bilan bir qatorda kasalliklardan saqlaniş borasida tarğibot-taşviqot işlarini ham olib borişayapti.


Muassasaga taşrif buyurgan bemorlarga zarur hollarda ultratovuş tekşiruvi, qon va peşob tahlillarini tekşiriş orqali aniq taşhis qöyiladi va davo muolajalari amalga oşiriladi. Har qanday taşhis natijalarini aniqlatiş uçun hatto tuman markaziga ham ovora bölib yurmay, öz hududida kasalliklariga aniq taşhis qöyilib, samarali davolanayotganidan, ayniqsa, keksalar juda minnatdor.

- Aholiga körsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oşiriş 6-sonli qişloq oilaviy poliklinikamiz şifokorlarining asosiy faoliyati mezoniga aylangan – deydi QOP mudirasi Gavhar Qöçqarova biz bilan suhbatda. – Çunki soğlom odamgina baxtiyor böla oladi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶