“Hormang, paxtakorlar!” loyihasi doirasida ilğor terimçilar rağbatlantirilmoqda
Dalalarda paxta yiğim-terim mavsumi qizğin pallada. Terimçilar mirişkor dehqonlar yetiştirgan möl hosilni nobud qilmasdan yiğib oliş harakatida.
Joriy yilda yiğim-terim mavsumida 18-30 yoşlilar orasidan köngillilarni jalb qiliş va bu orqali ularning ham moddiy manfaat körişlarini taʼminlaş maqsadida Yoşlar ittifoqi tuman Kengaşi tomonidan “Fidoyi yoşlar otryadi” taşkil etildi. Unga 810 nafar vaqtinça iş bilan band bölmagan yoşlar jalb qilindi. Şuningdek, ularning hordiq çiqarişlari uçun yetarli şaroitlar yaratildi.
Ayni paytda otryad aʼzolaridan 150 nafari tumanimizning çekka hududida joylaşgan Namuna mahalla fuqarolar yiğinidagi fermer xöjaliklarida paxta terimida faol iştirok etmoqda. Yurtimiz “oq oltin” xirmoni yuksalişiga hissa qöşayotgan yoşlar ilğorlikda barçaga namuna bölişmoqda.
Ittifoqning tuman Kengaşi tomonidan “Hormang paxtakorlar” loyihasi taşkil qilinib, faol terimçilar qimmatbaho sovğalar bilan rağbatlantirib borilmoqda.
Muhiddin Örozimbetov, Yoşlar ittifoqi
tuman Kengaşi mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶