SOGʻLOM YaShAY DESANGIZ...
Keyingi yillarda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida aholi soniga nisbatan umumiy kasallanish oʻtgan yilning shu davriga nisbatan kamaydi, keyingi ikki yilda onalar oʻlimi kuzatilmadi, bolalar oʻlimi kamaydi. Kasalliklarga qarshi emlashlar oʻz vaqtida oʻtkazilayotgani tufayli bolalar orasida oʻtkir yuqumli kasalliklar keskin kamaydi.
Aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish, sogʻlom turmush tarzini, gigiyenik koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida har payshanba kuni tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan Mangʻit dehqon bozori hududida “Salomatlik maydonchalari” tashkil qilinib, antropometrik oʻlchovlar, savolnoma, maxsus tekshiruvlar asosida noinfektsion kasalliklarni keltirib chiqaruvchi omillar aniqlanib, tezkor konsultatsiyalar, tibbiy yordamlar berilmoqda. Har juma kuni umumtaʼlim maktablari, mahallalarda sogʻlom ovqatlanish xususida tadbirlar, har shanba kuni faol yurish va gimnastrada, velosayr tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Bu kabi saʼy-harakatlarimiz aholining oʻz sogʻligiga masʼuliyati oshishiga, tibbiy bilimlari kengayib, sogʻlom turmush kechirishiga xizmat qilayapti.
Insonning baxtiyor turmush kechirishi – uning sogʻlomlik darajasiga koʻp jihatdan bogʻliq. Ana shunday ezgu maqsad yoʻlida mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlariga, barcha yurtdoshlarimizga sogʻlom yashash baxti nasib etsin!
Jumaboy YaVQAShEV, tuman Tibbiyot
birlashmasining tashkiliy-uslubiy boʻlimi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶