Jayxun ilhomlari
AYoL
Mehringizning adoği bormi,
Dunyo qalbingizdan bir tormi?
Qaddingizni tik qilgan qudrat,
Ğururmi yo özbaki ormi?
Siz hammaga keraksiz, ayol –
Dunyolarga tirgaksiz ayol!
Siz Tömaris izidagi gul,
Baxşilarning sozida bulbul.
Har dilga xuş, zulflari sunbul –
Özbekiston bağridagi gul!
Vatanga keraksiz, keraksiz, ayol –
Dunyolarga tirgaksiz, ayol!
Jahongir NURIMOV.
TABIAT JILOLARI
Tong sahar esadi mayin şabada,
Dillarni-dillarga boğlaydi har on.
Gulzordagi gözal ğunça labida,
Bolari öz davrin suradi şodon.
Soylardan suv toşib dalaga şoşar,
Tölqinlar şiviri soylarga jilo.
Dalalarga singib hayot ulaşar,
Quyoşga intilib ösar gul – lola.
Boğ tomon buraman asta yuzimni,
Çuğurlab, quşçalar sayraydi şodon.
Mayin kuy, manzara boğlab közimni,
Könglim gözallikdan topadi orom.
Kuyidan mast bölar telba yuragim,
Iforin soçadi boğ-u çamanlar.
Jöş urar dilimda ezgu tilagim:
- Qalblarda qolmasin zarra armonlar!
Dilafröz BOLTABOYeVA,
67-sonli maktabning “Yoş muxbirlar” tögaragi aʼzosi.
BIRINÇI PREZIDENTIM
Mustaqillik binosiga qöyib bergan poydevor,
Tun-u kun xalqimizga bölib kelgan madadkor.
Yurt otasi degan uluğ nomga sazovor,
Yölingizdan ketyapmiz hamişa ildam-u huşyor.
Bu karvonning sarbonisiz, bu boğlarning boğboni,
Tinçlik hamda farovonlik binosining meʼmori.
Har bir aytgan sözlaringiz hayotimiz şiori,
Siz tufayli bugun Vatan hur insonlar diyori.
Qoldi sizdan buyuk meros – ozod, obod hur Vatan,
El-u yurt ahil böldik, har işda bir jon-u bir tan.
Ruhingiz qöllab turar bizni doim, bilaman,
Qöllab turing siz bizni olisdagi jannatlardan,
Siz sababli çunki bugun kam emasmiz heç kimlardan.
Barçinoy QURBONBOYeVA.
PORAXÖR
Ötgan zamon ertak va tarix böldi,
Nega poraxörning işlari “yurdi”.
Ammo köplar bu illat jabrin kördi.
Hatto oğzidagi oşini berib...
Xalq ezildi, bölmadi heç bir çora,
Işlari bitmasdi bermasa pora.
Berganin aytolmay tili böldi lol.
Foydalandi şundan poraxör battol.
Heç sohada bölgani yöq nazorat,
Arz qilsa kim, eşitdi köp haqorat.
Korruptsiya ezdi neça köngilni,
Noqonuniy işlar keltirib kulfat.
Xudoga ming şukur, zamon özgardi,
Qonunlar xalqparvar, xayot özgardi.
Poraxör panada, kötarolmas boş,
Korruptsiya bugun bölayotir foş!
Erkin ISMOILOV,
Xizr eli mahallasi.
HAYoT GÖZAL
Men dunyoni sevaman,
Gözal hayot boğlarin.
Xayollarni quvaman,
Kuylab quvonç çoğlarin!
Qarang, şunçalar gözal,
Hayotning har lahzasi.
Barça sözlardan afzal,
Amu elim lahjasi!
Şeʼr bitaman sevinib,
Öz ona tilim bilan.
Dilimdan ğam yuvilib,
Yaşayman orzu bilan.
Asaloy FAYZULLOYeVA,
55-sonli maktab öquvçisi.
KUZ NEʼMATLARI
Yaproqlar sarğaygan,
Oltin rang onlar.
Qamaştirib közlarni
Bağriga çorlar.
Dehqon bobo şod boqar,
Turli-tuman mevalar.
Olma-uzum va anor
Bozorimiz töldirar.
Qiz-u juvon dalada,
Paxta terar – “oq oltin”.
Entikib tong pallada,
Men dalaga yöl oldim.
Haşarga çiqib xalqim,
Bir-birini qöllaşar.
Rejadan oşganlarga,
Ezgu tilak yöllaşar.
Kuz neʼmati yetilgan
Dala bağri – iş fasli.
Çanoqlarga egilib,
Rizq terar xalqim asli.
Şohsanam ÖROZALIYeVA, “Namuna” mahallasi.
QIZIMGA
Qizim – qizil oltinim,
Xudo bergan qimmatim,
Qölimdan işim olgan,
Asal qizim, jon qizim.
Özi gözal, yaxşi xulq,
Pazanda, çevar qizim.
Onasining erkasi,
Yoqamdagi qunduzim.
Ilohim bersin baxting,
Gulgun kamolga yetgin.
Mudom olqiş yöldoşing,
Ilm yoritsin yöling.
Tursungul MATSAFOYeVA, 20-maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶