Soğlom bola yili yangiliklari
Yangi uslubiy qöllanma naşr qilindi
Özbek tili va adabiyoti fanini çuqur örganişni öz oldiga maqsad qilib qöygan odam eng avvalo özbek tili grammatikasini yaxşi bilişi zarur. Tumanimizdagi 40-sonli umumtaʼlim maktabining ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi Hulkaroy Xöjaniyozovaning 2013-yilda "Bilim" naşriyotida çop etilgan "Diktantlar töplami" ham ana şu maqsadga xizmat qilişga möljallangan.
Mazkur töplam öqituvçilarning özbek tili grammatikasining boy imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda dars ötişlarida haqiqiy uslubiy qöllanma hisoblanadi. Qöllanmada öquvçilarning yozma va oğzaki nutqlaridagi imloviy xatolarni bartaraf etiş usullari, 5-va 9-sinflar uçun oğzaki va yozma nutqni rivojlantirişga möljallangan diktantlar mavzulari, kiriş söz va kiriş birikmalarda tiniş belgilari hamda un-dalmalarda vergullarning işlatilişiga oid muallifning uslubiy tajribalari öz aksini topgan.
Salomatlik mavzuida seminar-kengaş
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat taşkilotlari va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilgan "Aholining ekologik va tibbiy madaniyatini yanada yaxşilaşda, aholi orasida, ayniqsa yoşlarga soğlom turmuş tarzini tarğib qilişda OAVlarning rolini oşiriş" loyihasi doirasida Amudaryo xizmat körsatiş va servis kasb-hunar kollejida"Soğlom turmuş tarzi - salomatlik garovi" mavzuida seminar-kengaş ötkazildi. "Taraqqiyot közgusi" gazetasi, Tuman tibbiyot birlaşmasi huzuridagi "Salomatlik markazi" hamda tuman DSENM şifokorlari bilan hamkorlikda ötkazilgan mazkur tadbirda kollejning yuqori bosqiç öquvçi yoşlari hamda öqituvçilari iştirok etdilar.
Bağrikenglik va insonparvarlik ifodasi
Istiqlol yillarida fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy, madaniy huquq va erkinliklari töliqtaʼminlanişiga erişilmoqda. Ayniqsa, jinoyat qonunçiligining izçil ravişda liberallaştirilayotganligi mamlakatimizda mohiyatan insonparvarlik va bağrikenglik tamoyillarining ustuvorligidan dalolatdir.
Prezidentimiz taqdimnomasiga binoan 2013-yilning 12-dekabrida Oliy Majlis Senati tomonidan qabul qilingan "Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 21 yilligimunosabati bilan Amnistiya töğrisida"gi Qaror ham nafaqat demokratik jamiyatning ustuvor tamoyillarini, balki bağrikenglik, muruvvat va insonparvarlik kabi oliy fazilatlar mohiyatini özida mujassam etgan. Uşbu Qarorga muvofiq tuman jinoyat işlari böyiça sudi tomonidan 2014-yilning 12 yanvarigaça 61 ta iş böyiça 95 nafar fuqaroga nisbatan Amnistiya akti qöllanildi. Şulardan 16 nafari ayollar, 79 nafari erkaklar bölib, ularning 6 nafarini voyaga yetmagan yoşlar, 1 nafar şaxs esa çet davlat fuqarosi hisoblanadi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶