16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 20:10
Fan va taʼlim 👁 3,994

Respublika miqyosida tanilgan bolalar markazi

Respublika miqyosida tanilgan bolalar markazi

Vazirlar mahkamasining 2011-yil 28-fevralda qabul qilingan "Maktabdan tashqari taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 50-sonli qarori asosida Respublikamizda "Barkamol avlod” bolalar markazlari tashkil etildi hamda "Barkamol avlod” bolalar markazlari toʻgʻrisida Nizom ishlab chiqildi.

Tumanimizda tashkil qilingan "Barkamol avlod” bolalar markazi ham hozirgi kunda oʻquvchi-yoshlarga turli kasb sirlarini oʻrgatish, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish va qiziqishlariga qarab maktabda olgan bilimlarini rivojlantirish, amaliyotda mustahkamlash maqsadida 3 ta yoʻnalish - "Badiiy ijodiyot”, "Texnik ijodiyot”, "Oʻlkashunoslik va ekologiya” yoʻnalishlari boʻyicha oʻz faoliyatini yuritib kelmoqda.

Quvonarlisi shuki, ilk marotaba tumanimizda Mustaqilligimizning 22 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan bayram tadbirida markazimizning "Folklor” toʻgaragi aʼzolari Sanʼatbek Olloyorov va Diyorbek Ortiqovlar oʻzlarining "Oʻzbekiston” qoʻshigʻi bilan qatnashdilar. "Barkamol avlod” bolalar markazlari reytingi jamoa aʼzolarining koʻrik-tanlovlardagi ishtiroki, har xil tadbirlar oʻtkazish bilan belgilanadi. Shu boisdan tadbirlar faoliyatimizning asosiy mezoni hisoblanadi. 2013-yilning noyabr oyida Nukus shahrida boʻlib oʻtgan koʻrik-tanlovda ham markazimiz oʻquvchilari faol ishtirok etib, faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritdilar. "Badiiy nafosat bilimdoni” deb nomlangan koʻrik-tanlovning Respublika bosqichida "Qoʻgʻirchoq teatri” yoʻnalishi boʻyicha markazimizning "Jayhun” jamoasi 2-oʻrinni, "Bolalar va suv” Respublika bolalar festivalida esa "Amu yulduzlari” jamoasi 2-oʻrinni egalladilar. Eng quvonarlisi, "Ulugʻbek yulduzlari” koʻrik-tanlovida "Raketa modellashtirish” yoʻnalishi boʻyicha 40-sonli maktabning 5-sinf oʻquvchisi Komronbek Baxtiyorov va 31-sonli maktabning 8-sinf oʻquvchisi Azizbek Nurjonovlar Qoraqalpogʻiston  Respublikasida 1-oʻrinni egalladilar va Toshkent shahrida, 2013-yilning 28-29-noyabr kunlari boʻlib oʻtgan final bosqichida esa Komronbek Baxtiyorov 2-oʻrinni, Azizbek Nurjonov 3-oʻrinni egallab qaytdilar.

Qilingan ishlar oʻz samarasini berayotgani bizni quvontiradi. 2013-yilning 11-dekabr kuni Toshkent shahrida xalq taʼlimi Vazirligi tomonidan oʻtkazilgan yil yakunlariga bagʻishlangan yigʻilishda bolalarni jalb qilish boʻyicha Respublikamizdagi beshta tumandagi markazlar eʼtirof etilib, bulardan biri bizning markazimiz boʻlganligi bizni yanada ilhomlantirdi.

Prezidentimiz I.Karimov tashabbusi bilan 2014-yilning "Sogʻlom bola yili” deb eʼlon qilinishi bizlarning zimmamizga masʼuliyatli vazifalar yuklaydi, albatta. Farzandlarimizni har tomonlama sogʻlom, barkamol avlod qilib tarbiyalashda oʻz oldimizga qoʻygan maqsadlarni amalga oshirishimizga yaqindan yordam berayotgan va farzandlarini toʻgaraklarga ishonib topshirayotgan ota-onalarga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz. Yurtboshimiz Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 21 yilligiga  bagʻishlangan yigʻilishdagi maʼruzasida taʼkidlaganlaridek: "maʼnaviy jihatdan sogʻlom, hech kimdan kam boʻlmasdan, boshini baland koʻtarib yashaydigan, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga, xalqimiz intilayotgan kelajagi buyuk davlat barpo etishga qodir boʻlgan barkamol avlodimiz”ni tarbiyalash borasida oʻz farzandlarining qiziqishlari va qobiliyatlariga eʼtiborli boʻlgan barcha ota-onalar bilan hamkorlikda ish olib boraveramiz. Zero, bugungi yosh avlodning barkamolligi uchun barchamiz birday masʼulmiz.


Shokir XUDOYBERGANOV,

"Barkamol avlod” bolalar markazining "Badiiy ijodiyot” yoʻnalishi boʻyicha uslubchisi.
🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026