16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 13:24
Adabiyot 👁 2,460

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

BUGUN

Bugun tunni oʻtkazdim bedor,

Tinch yotmasdan – soʻzga xaridor!

Ilhom dardim boʻyniga olib,

Orom dami ketdi yoʻqolib.

Mana, bahor yana balqiydi,

Maʼno birla kuylar qalqiydi.

Koʻngil mulki koʻklarga yetar,

Yaxshilikni birodar etar.

Yaxshilikka barobar nima,

Yaxshilik deb aytsang gʻam yema.

Naf bergani yelar sabo ham,

Shifo qilar endi havo ham.

Kelar mayin ipak soz – jarang,

Berar jonga yoqimli ohang!

Gullar endi dilni shod aylab,

Biz yashaymiz bulbulday sayrab!

Jumaboy HIDOYaTOV.

 

Amudaryom, mangu boʻl omon!

Jayxun sohilida yashnagan diyor,

Aholisi tinch, yashar baxtiyor.

Bugun madhingga aytaman alyor,

Elim – Amudaryom, mangu boʻl omon!

Keksalar duoga ochib qoʻllarin,

Tilaklar mustajob, ochar yoʻllarin.

Baland imoratlar oʻng-u soʻllaring,

Elim – Amudaryom, mangu boʻl omon!

Yakdillik sababli ishlaring olgʻa,

Yaxshi nom qoldirdi Rajabboy ogʻa.

Momo koʻpirdan to Jumaboy sogʻa,

Elim – Amudaryom, mangu boʻl omon!

Namuna, Xitoyim, Qilichboy elim,

Qipchoq, Oq oltinim, buncha boy elim.

Kuyuk koʻpir, Zarbdor hamda Choykoʻlim,

Elim – Amudaryom, mangu boʻl omon!

Bekboy, Nazarxonda qoʻylar qoʻzilar,

Ozodning koʻlidan baliq suzilar.

Elning dasturxoni, rizqidir bular,

Elim – Amudaryom, mangu boʻl omon!

Daryo yoqalaydi “qizil chol”lilar,

Qoʻllari qadoq va tili bollilar.

Soya solib turar huv, qora tollar,

Elim – Amudaryom, mangu boʻl omon!

Mangʻitim qolishmas Nukusdan bugun,

Ishlab tolmaydilar, boʻlmagay yakun.

Obod boʻlib borar shahrimiz kun-kun,

Elim – Amudaryom, mangu boʻl omon!

Farhod Avezov.

 

ANOR

Boshida bordir toji,

Mevalarning gultoji.

Koʻplab vitaminlar bor,

Nomi-chi, uning anor.

Uni ol, isteʼmol qil,

Foydalidir buni bil.

Agar boʻlsangiz kamqon,

U boʻlar dardga darmon.

UZUM

Marjoni bor terilgan,

Unga maza berilgan.

Qamashar boqsam koʻzim,

Misoli yoqut – uzum.

Kelganida oltin kuz,

Oʻylamasdan tezda uz.

Savatga joyla shartta,

Asra qishga, albatta.

Iroda BEKIMBETOVA, 30-maktab oʻquvchisi.

 

YoShLIGIM

Bogʻimdagi bahorim,

Koʻnglimdagi ardogʻim,

Sensan mening armonim,

Yoshligim oh, yoshligim.

Oʻtdi kunlar yaxshi-yomoni,

Oʻtdi umr kuzi, bahori,

Qaytishning yoʻq ortga imkoni,

Yoshligim oh, yoshligim.

Armon bilan koʻngil toʻlmas,

Chorlasang ham endi kelmas,

Tana qarir, koʻngil qarimas,

Yoshligim oh, yoshligim.

Borgan sari qadring bildim,

Sidqidildan qoʻmsab qoldim,

Sen haqingda oʻyga toldim,

Yoshligim oh, yoshligim.

Tursungul MATSAFOYeVA, 20-maktab oʻqituvchisi.

 

Oʻzbekiston – umumiy uyimiz

Urush olovida yonganda dunyo,

Fashizm xavfida qolganda olam.

Oʻz gʻam-u tashvishing unutgan holda,

Boshqalar oʻzini oʻylagan damda,

Oʻzgalarga berding non ila makon,

Jonajon Oʻzbekiston, mangu boʻl omon!

Nihoyat, tinchlik barqaror boʻlda,

Boshimizdan urush xavfi yoʻqoldi.

Boshpana berganlaring tuzing oqlab,

Yurtni tiklash uchun bagʻringda qoldi.

Demak, dillarda bor diyonat, imon,

Jonajon Oʻzbekiston, mangu boʻl omon!

Mustaqil yurtimda turli millatlar,

Yaratmoqda ahil ming xil neʼmatlar.

Dunyo ahli loldir shijoatiga,

Bir-birovga cheksiz hurmat-izzatlar,

Hamisha eʼtiborda bunda har inson,

Jonajon Oʻzbekiston, mangu boʻl omon!

Nafisa Shukurullayeva,

48-sonli maktab oʻquvchisi.

 

ShUKRONA

Oʻtayotir kunlarim,

Hayajonli damlarim.

Mehnatdan charchamadim,

Bir lahza toʻxtamadim.

Xizmat qilib elimga,

Duosini oldim men.

Oʻgʻil-qiz – dilbandim-la,

Vatanga yor boʻldim men.

Mehnat bilan dilimda,

Zarra armon qolmadi.

Baxt balqidi yoʻlimda,

Tildan shukrim qolmadi.

Shohsanam OʻROZALIYeVA,

Namuna MFY.

 

ATIRGUL

U gullarning shahlosi,

Goʻzallikning tanhosi.

Bogʻimdagi sunbulim,

Betakror atirgulim.

Kiygan rangli libosing,

Oʻzingga yarashadi.

Odamlar senga rosa,

Havas-la qarashadi.

Hovlimizning koʻrkisan,

Sen gullarning chiroyi.

Bizda seni deyishar,

Muhabbat toʻlin oyi.

Sening bu chiroyingdan,

Andoza olishadi.

Shoirlar senga atab,

Koʻp sheʼrlar yozishadi.

Nilufar OTAJONOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026