Gʻoʻza parvarishi avjida
Amudaryo tuman «Toʻlqin» ovul fuqoralar yigʻini hududidagi «Vais-Qidirboy» fermer xoʻjaligida qishloq xoʻjaligi ekinlaridan har yili moʻl hosil yetishtirib kelinmoqda. Jami 15 nafar doimiy ishchi mehnat qilayotgan fermer xoʻjaligida MTZ-80, TTZ-80, T-28 markali bir nechta texnika va zarur mexanizmlar mavjud.
- Bizning xoʻjaligimizda ekishlik yer maydoni 54 gektarni tashkil qiladi. Ana shu yerlardan samarali foydalanib, davlatimizning paxta va gʻalla xirmonlariga oʻz hissamizni qushib kelmoqdamiz, - deydi yosh fermer Mansur Yeshmuratov. - Shu yilgi bugʻdoy urim-yigʻimi mavsumida 7,5 gektar maydonga ekilgan kuzgi bugʻdoydan 22 tonna gʻalla yetishtirib shartnomaviy rejani bajardik. Erta bahorda 33 gektar maydonga ekilgan gʻoʻuza koʻchatlarining rivojlanishi ham juda yaxshi.
Xoʻjalik aʼzolari tomonidan gʻoʻza koʻchatlarining avgust oyida hosil toʻplashga kirishishi uchun oldindan sugʻorish, mineral oʻgʻitlar bilan oziqlantirish, qator oralariga ishlov berish kabi agrotexnik tadbirlar vaqtida olib borildi.
Bundan tashqari, aholi dasturxoni uchun meva, poliz va sabzovat mahsulotlarini yetishtirib berishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Kelgusida fermer xoʻjaligini yanada kengaytirish maqsadida baliqchilik, chorvachilik va parrandachilik sohalarini yoʻlga quyish rejalashtirilgan.
Suratda: Fermer xoʻjaligi rahbari Mansur Yeshmuratov (oʻrtada) qishloq xoʻjaligi sohasi xodimlari bilan maslahat paytida.
OʻzA fotomuxbiri Maqsad HABIBULLAYeV olgan surat.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶