Özbekiston xalq artisti Ubaydulla Omon Amudaryo tumaniga taşrif buyurdi.
Amudaryolik taniqli rejissyor va prodyuser Davlatbek Yuldaşevning taklifiga binoan Özbekiston xalq artisti, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Ubaydulla Omon Amudaryo tumaniga taşrif buyurdi.
6-avgust kuni mehmon tumanimizning Manğit şahridagi 9-sonli musiqa va sanʼat maktabida bölib, öquvçi-yoşlar bilan uçraşdi.

Uçraşuvda Ubaydulla Omon taʼlim dargohida öquvçilar uçun yaratilgan şaroitlar, musiqa va sanʼatga iştiyoqmand öquvçilarning ijod namunalari va öqiş jarayoni bilan yaqindan tanişdi.

Şu kuni tuman Madaniyat va aholi dam oliş markazida ham ijodkor bilan uçraşuv taşkil qilindi.

Uçraşuvga sanʼatkorning muxlislari hamda keng jamoatçilik vakillari taşrif buyurdi. Aholi vakillari va yoşlar taniqli aktyorga özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, javoblar oldilar.


Şuningdek, Qiliçboy madaniyat va aholi dam oliş markazida ham şu kabi uçraşuv taşkil qilindi.

Mazkur uçraşuv ham qizğin savol-javoblarga boy böldi.



Özbekiston xalq artisti Ubaydulla Omon Qiliçboy ovulining Ayoqçi mahallasida taşkil qilingan Otalar çoyxonasiga taşrif buyurdi.

Otalar çoyxonasiga yiğilgan nuroniylar xalq artisti bilan bugungi kino va sanʼat olamidagi yangiliklar haqida suhbatlaşdilar.

Ubaydulla Omon 7-8-avgust kunlari ham tumanimizda böladi. U Ikromjon Siytimov va Davlatbek Yuldaşev iştirokida suratga olinayotgan “Amudaryo” nomli qöşiq klipida tasvirga tuşadi.
Şuningdek, 7-avgust kuni “Yoşlik” kinoteatrida rejissyor va prodyuser Davlatbek Yuldaşev tomonidan suratga olingan “Hasad” filmning premerasi bölib ötadi.
Uşbu film 7-avgustdan keyin har kuni soat 19:00da va 21:00 da “Yoşlik” kinoteatrida namoyiş qilinadi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶