BOLANING BEGONASI BÖLMAYDI
Bizning xalqimiz azaldan bolajon xalq. Farzandining soğlom va baxtli ösib-ulğayişi, heç kimdan kam bölmay voyaga yetişi uçun borini, hattoki jonini ham ayamaydi. Qon-qonimizga singib ketgan bu xislat milliy qonunçiligimizda ham öz ifodasini topgan. Xususan, ota-onasi qaramoğidan, ularning mehr va eʼtiboridan mahrum bölgan bolalar huquqlari ham davlatimiz himoyasiga olingan. Özbekiston Respublikasi Oila kodeksiga binoan ota-ona vafot etganda, ular ota-onalik huquqidan mahrum etilganda, ularning ota-onalik huquqi çeklanganda va qonunda belgilangan boşqa hollarda vasiylik yoki homiylik belgilanadi.
«Özbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik töğrisida Nizom»ga asosan 18 yoşga tölmagan şaxslarga nisbatan vasiylik va homiylik vazifalarini amalga oşiriş xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlaş va taşkil etiş bölimlariga yuklangan. Tuman xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlaş va taşkil etiş bölimidagi vasiylik va homiylik organi tomonidan yuqoridagi Nizom asosida ötgan 2013-yilda qator işlar amalga oşirildi.
Jumladan, 5 kişidan iborat uşbu vasiylik va homiylik organi ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarni aniqlab, ularga vasiy va homiy tayinlaş, ular ustidan kuzatiş, nazorat örnatiş, ota-onasiz qolgan bolalarni moddiy tomondan qöllab-quvvatlaş, maktablarda tögaraklarga jalb qiliş va taʼlim beriş samaradorligini oşirişga alohida eʼtibor qaratiş kabi vazifalar belgilanib, bu borada amaliy işlar qilinmoqda.
Aytiş kerakki, vasiylik va homiylik organida 2013-yil davomida ota-onalari yöq, qarovsiz qolgan bolalar qayd qilinmadi. Vasiylik va homiylik organiga kelib tuşgan ariza, xat va hujjatlar öz vaqtida körib çiqilib, xulosalar va tavsiyanomalar berib borildi.
2013-yil davomida vasiylik va homiylik organi tomonidan 12 nafar bola vasiylikka (şundan 6 nafari qizlar), 3 nafar bola homiylikka (şundan 2 nafari qizlar) olindi.
«Oila kodeksi»ga köra, farzandlikka oliş bolani farzandlikka olişni istagan şaxslarning (şaxsning) arizasiga köra, vasiylik va homiylik organlarining farzandlikka olişning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bola manfaatlariga töğri kelişi haqidagi xulosasi hisobga olingan holda sud tomonidan amalga oşiriladi. Şundan kelib çiqqan holda bolalarni farzandlikka oliş va oilaga tarbiyaga beriş bilan boğliq işlar ham amaldagi qonunçilik asosida körib çiqilmoqda. 2013-yil davomida 11 nafar bola farzandlikka olinib (şundan 1 nafari qiz), oila tarbiyasiga (patronatga) bola oliş holati qayd qilinmadi.
Vasiylik va homiylik organi aʼzolari tomonidan ovul va mahallalar oqsoqollari hamda maslahatçilari bilan birgalikda farzandlikka, vasiylik yoki homiylikka olingan bolalarning keyingi hayoti örganilib borilmoqda. Umumtaʼlim maktablarida taʼlim olayotgan, maʼlum sabablarga köra tuğilganligi töğrisida guvohnoma olinmagan bolalarga tuğilganlik töğrisida guvohnoma olişlarida amaliy yordamlar körsatilib, bayramlar munosabati bilan ota-onasi qaramoğidan, ularning mehr va eʼtiboridan mahrum bölgan bolalarga sovğalar beriş yölga qöyilgan.
Jumladan, 2013-yil davomida 1 nafar bolaga tuğilganlik haqidagi guvohnoma olişda yordam berilib, yangi yil munosabati bilan ota-onasi yöq 3 yoşdan 15 yoşgaça bölgan yetim bolalar hamda ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalardan 62 nafariga Prezident sovğasi tantanali ravişda topşirildi. Bayram munosabati bilan umumtaʼlim maktablarida taʼlim olayotgan yarim yetim va kam taʼminlangan öquvçilarning 600 nafariga homiy taşkilotlar va maktab maʼmuriyatlari tomonidan sovğalar berildi.
Xulosa örnida aytiş kerak-ki, xalqimizning azaliy qadriyatlaridan sanalgan ota-ona mehridan bebahra bolalarning boşini silaş, ularning holidan xabar oliş, moddiy va maʼnaviy qöllab-quvvatlaş, jamiyatda özlarining munosib örinlarini topişlariga şaroit yaratiş masalasi mustaqillik yillarida yangi bosqiçga kötarildi. Yaqindagina "Vasiylik va homiylik töğrisida”gi Qonunning qabul qilinişi ham ularning huquq va erkinliklarini taʼminlaş, qonuniy manfaatlarini himoya qilişda muhim hujjat böldi.
Mazkur Qonunning "Soğlom bola yili” deya eʼlon qilingan joriy yilning dastlabki kunlarida qabul qilinişida ham maʼno bor. Zero, mamlakatimizda yoşlar tarbiyasi, ularning taʼlim olişi, sport bilan şuğullanişlari, kasb-hunar örganişlari, şu bilan bir qatorda, ularning bandligini taʼminlaş orqali jamiyatda özlarining munosib örinlarini topişlariga berilayotgan eʼtibor jamiyatimizda tuğilib voyaga yetayotgan har bir bolaga tegişli.Axir, bolaning begonasi bölmaydi, deydi dono xalqimiz.
Gulya MUXANOVA,
Tuman xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlaş va taşkil etiş bölimining bolalarni ijtimoiy himoya qiliş böyiça mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶