Bolaning ismi şarifini özgartiriş tartibini bilasizmi?
Ism to tuğilganimizdan boşlab, söngi manzilimizgaça bizga hamroh böladigan muhim vosita. Xalq orasida ism taqdirga taʼsir ötkazadi, şu sababli bolaga aytilişi va maʼnosi murakkab bölmagan, yengil va sodda ismlar qöyilgani maʼqul, degan gaplar yuradi. Nima bölganda ham, ne-ne orzu-umidlar bilan dunyoga keltirgan farzandiga ism tanlaş, familiya va şarif beriş bu har bir ota-otaning şaxsiy işi. Bu borada biror nasihat berişdan yiroqmiz. Söz yuritmoqçi bölganimiz ana şu ism, familiya va şarifni agarda özgartirişga ehtiyoj tuğilganida fuqarolar buni qanday tartibda amalga oşirişi kerak? degan savolga javob bermoqçimiz.
Familiya, ism va ota ismini özgartiriş haqidagi ariza ariza beruvçi 16 yoşga tölgaç, uning doimiy (vaqtinça) röyxatdan ötgan joyidan qatʼi nazar, FHDYo organi tomonidan körib çiqiladi. Agar 16 yoşga tölgan şaxs fuqarolik pasporti (identifikatsiyalovçi ID-kartasi) yoki fuqarolik pasporti örnini bosuvçi, şaxsni tasdiqlovçi boşqa hujjat olgunga qadar familiyasi, ismi, ota ismini özgartiriş haqida ariza bersa, u holda arizaga tuğilganlik haqida guvohnoma ilova qilinadi.
Özbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni 15-moddasiga muvofiq, sudning hal qiluv qarori asosida, agar familiya va ism eşitilişida yoqimsiz bölsa, agar familiya va ism millatiga töğri kelmasa, xohişiga qarab nikohgaça bölgan familiyaga (nikohda turgan davrida ham, nikohdan ajratilgandan keyin ham) qaytişda, oila uçun umumiy familiyada böliş istagi paydo bölganda (agar nikoh tuziş paytida er-xotin umumiy familiya qabul qilişmagan bölsa), bolalarning ota yoki ona bilan bir xil familiyada böliş, onasining nikohgaça bölgan familiyasida böliş, ögay otaning yoki vasiysining familiyasida böliş istagi paydo bölganda, şuningdek, 16 yoşga tölgan şaxsga otalikni belgilaşda körib çiqiladi.
Familiya, ism va ota ismini özgartiriş töğrisidagi arizaga ariza beruvçining tuğilganlik haqidagi guvohnomasi, agar ariza beruvçi nikohda turgan bölsa, u holda nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomasi, agar nikohdan ajratilgan bölsa, nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnomasi, agar ariza beruvçining voyaga yetmagan bolalari bölsa, u holda bolalarining tuğilganlik haqidagi guvohnomalari, ariza beruvçining fuqarolik pasporti (identifikatsiyalovçi ID-kartasi) yoki şaxsini tasdiqlovçi boşqa hujjatidan köçirma, agar ariza beruvçi voyaga yetmagan yoki sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bölsa, u holda ota-onasining yoxud vasiy yoki homiyning arizasi hamda 1 dona (3x4 ölçamli) fotosurat ilova qilinadi.
Özgartirişlar kiritilişi uçun zarur bölgan dalolatnoma yozuvlari yöqolgan taqdirda, familiya, ism, ota ismini özgartiriş uşbu hujjatlar tiklangandan keyin amalga oşiriladi. Şu bilan birga, familiya, ism va ota ismini özgartirganlik uçun belgilangan tartibda davlat boji undiriladi.
Bahrom Sobirov, Amudaryo tumani FHDYo bölimi inspektori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶